Reja: Urchuqsiz yigirish usullari va pnevmomexanik yigirish mashinasining oddiy sxemasi


Turli rusumdagi pnevmomexanik yigirish mashinalari texnologik yangiliklari



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#163396
1   2
1523986222 71237

Turli rusumdagi pnevmomexanik yigirish mashinalari texnologik yangiliklari


Pnevmomexanik yigirish mashinalarining texnologik yangiliklari asosan yigirish kamerasi aylanishlar chastotasining oshganligi bilan bog’liq. Riter firmasining R60 pnevmomexanik yigirish mashinasi 540 tagacha yigirish kamerasi o’rnatilishi mumkin. Mashina to’rtta yuqori tezlikga ega bo’lgan robotlar bilan jihozlangan hamda Amsler Texting integrallashgan qurilma o’rnatilishi mumkin.
Mazkur qurilma va jihozlar yigirish samaradorligi hamda ip sifatini oshirib, twistunit qurilmasidan foydalanish buram yo’qolishi oldini oladi. Yigirish chastotasining maksimal aylanishlar chastotasi 170000 min-1 ga teng.
Pnevmomexanik yigirishda ko’zga tashlanadigan narsa Saurer Schlafhorst firmasining Autocoro 8 mashinasidir. Mazkur mashina diametri 23 mmli yigirish kamerasi bilan jihozlanib, kameraning aylanishlar chastotasi 200000 min-1 ga teng. Mashinada 480 ta individual harakatga keltiriladigan yigirish kameralari o’rnatilgan. O’rash tizimini rivojlantirib, yigirish mashinasining unumdorligi 20% ga oshirilgan.
Italiyaning Savio S.P.A. kompaniyasi o’zining Flexi Rotor S 3000 mashinasida Suessen SC-S Spin Box kameralaridan foydalanib, ko’rgazmalarda namoyish etdi. Paxtadan unda 25 teksli ip kameraning 130000 min-1 aylanishlar chastotasida yigirilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan mashinalarning hammasi katta tezlikda ishlovchi, energiya tejamkor hamda kopyuterlashgan hisoblanadi. Ularning tashqi ko’rinishi deyarli bir xil (5-rasm).

a b c
5-rasm. Turli firmalarning pnevmomexanik yigirish mashinalari
a) Savio S.P.A. FlexiRotor S 3000, b) Schlafhorst Autocoro 8, c) Riter R60 Mazkur mashinalar asosan kameraning aylanishlar chastotasi yuqoriligi (180000 min-1gacha) mashinadagi yigirish kameralarining ko’pligi (600 tagacha) bilan tavsiflanadi. Yigirish kameralari bunday katta tezlikda harakatlanishi uchun magnit yuritmalari o’rnatilgan (6-rasm a). Alohida yuritmalari mavjudligi tufayli Autocoro 8 pnevmomexanik yigirish mashinasining imkoniyatlari kattaroqligini ta‟kidlash kerak. Shuning uchun bitta mashinada har xil assortimentdagi iplarni yigirish mumkin. Riter R60 mashinasida buram naychasi “Twist unit” ni tez almashtirish mumkin. Bundan tashqari aero ulash qo’llanishi natijasida uloq uzunligi qisqargan (6-rasm b).

a b
6-rasm.Magnit yuritma a), aero ulash natijasi b)
Savio S.P.A. FlexiRotorS 3000 mashinasining xususiyatlaridan biri shundaki, undagi mavjud E.P.B.(Electronic Package Building) qurilmasi yordamida ip o’ramlari o’lchamlarini o’zgartirib iste‟molchi talablarini darhol qondirish mumkin (7-rasm, a). Ushbu mashinaning yigirish kameralarini harakatga keltirish uchun qo’shaloq disklar qo’llaniladi (7-rasm, b).

a b
7-rasm. Ip o’ramlari o’lchamlarini o’zgartirish a), qo’sh diskli yuritma b)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G’afurov J.Q., Yigirish texnologik jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olib ipning mexanik ko’rsatkichlarini prognoz qilish va baholash, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati, Toshkent-2016
2.Pirmatov A.P.va boshqalar, Yigirish texnologiyasi, leksiyalar matni,
TTESI, 2015y.;
3.Hwanki Lee, Yigirish jarayonlari sifat nazorati va to’qimadagi nuqsonlarning oldini olish, Thinkbook Company, Seoul, Korea, 2015 4. www.rieter.com, R35 va R60 mashinalari pasportlari;
5. AUTOCORO-8 mashinalari pasportlari.
Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə