Shavkat mirziyoyev


«Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - farovon hayot garovi»



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə44/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

«Konstitutsiya va qonun ustuvorligi - farovon hayot garovi» degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman.
Birinchidan, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizim- li muammolami oldindan ko‘ra bilish, qonun buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali to‘liq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.
Shu yilning o‘zida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uchun
va nima maqsadda qabul qilinmoqda? Albatta, xalqimiz farovonligi uchun.
Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti bo Igan «Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy bo Idi. Ko‘pdan buyon kutilgan, hayotning o‘zi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ushbu hujjat fuqarolaming davlat va jamiyat vazifalarini bajarishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmidir.
Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha loyihalami amalga oshirish boshlandi. Ammo sog‘liq- ni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi, kommunal xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilmayapti.
Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurishi, odamlarda tashabbus uyg‘otish qiyin bo‘ladi.
Hududlardagi ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, o‘zbo- shimchalik bilan qurilish qilish, bino-inshootlami betartib bu- zish kabi noxush holatlar qonunlar ijrosini nazorat qilish ishlari oqsayotganidan dalolat beradi. Shu bois Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmlarini qo‘Hashi zarur.
Bu borada kadrlami o‘qitish va malakasini oshirishga, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazishga, qonunlami bilish va qoHlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishga birinchi darajali e’tibor qaratish lozim.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə