Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

insoniyat jamiyatini
ijtimoiy-madaniy sifatlarda olib qarashdan 
unga sivilizatsiyaviy yondashish lozimligi kelib chiqadi. bunga ko‘ra, 
jamiyat rivojlanishi to‘g‘ri chiziqli tarzda yuz beradi, deyish bir 
yoqlama fikr va shu jihatdan marksistik ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
to‘g‘risidagi qarashlar o‘z qiymatini yo‘qotdi;

 tarixiy jarayon
– bu sivilizatsiyalarning kelib chiqishi, mavjud 
bo‘lishi va rivojlanishidan hamda umrini yashab, so‘ng sahnadan 
ketishidan iboratki, bundan insoniyat yashash makonining istagan 
joyida taraqqiyot boshlanishini istisno etib bo‘lmaydi. albatta, bu 
jarayon birdan, kutilmagan tarzda yuz bermay, balki tegishli obyektiv 
va subyektiv shart-sharoitlar natijasi o‘laroq amalga oshadi;
– sivilizatsiyaviy yondashish tamoyili mantiqiy ravishda sivi-
lizatsiyalarning, dastavval, 
Sharq
va 
G‘arb
tiplarini, so‘ngra bular-
ning har biridagi kichik tiplarini farqlashni taqozo etadi. binobarin, 
sharq sivilizatsiyasi tarkibida hind, xitoy, turkiy, arab musulmon 
va boshqa sivilizatsiya kichik tiplari mavjudligidan ko‘z yumib 
bo‘lmaydi;
– o‘zining sivilizatsiyaviy tavsifiga ko‘ra 
Turon – Movarounnahr– 
Turkiston–O‘zbekistonning
qadimgi o‘tmishidan hozirga qadar ming 
yilcha davrni qamragani, ayniqsa, e’tiborlidir. bu mingyilliklar boshida 
zardushtiylik dini maydonga keldi, ilk davlatlar shakllandi, shaharlar 
qurildi, sug‘orma dehqonchilikka asoslangan qishloq xo‘jaligini 
cho‘l-u sahro chorvachiligi o‘zaro to‘ldirdi va hokazo;
– 
Movarounnahrning
arab-islom xalifaligiga qo‘shib olinishi 
bu yerda, musulmon dinining va hududiy tarqoqlikka (yigirmatacha 
beklikka) barham berib, uyg‘onishning (renessans) birinchi davri 
boshlanishiga yo‘l ochdi. natijada amudaryo va sirdaryo mintaqasi 
umumiy islomiy sivilizatsiya miqyosida yetakchi o‘ringa chiqdi. 
movarounnahrdan chiqqan olim-u fozil, donishmand-u ilohiyotchilar 
xalifalik markazida ham peshqadamlik qilganlar;
– 
mo‘g‘ullar hukmronligiga chek qo‘yib, yurtda davlat 
mustaqilligini tiklagan Amir Temur
va uning yetuk izdoshlari o‘z 
Xotima
www.ziyouz.com kutubxonasi


213
yaratuvchilik faoliyatlari bilan bu yerda renessansning ikkinchi 
bosqichini ta’minladilar. lekin dashti qipchoqdan temuriylar sulolasi 
o‘rniga kelgan ko‘chmanchilar hozirgi O‘zbekiston hududini ma’lum 
yillarda bir davlat ostiga birlashtirgan bo‘lsa-da, sivilizatorlik rolini 
bajara olmadilar. keyinroq bu hududda uchta mustaqil xonlik qaror 
topdi, ijtimoiy turg‘unlik uzoq davom etdi;
– 
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlaka 
qilinishi
mavjud ijtimoiy turg‘unlikni chuqurlashtirdi, barqarorlashtirdi. 
Olib borilgan muayyan ishlar (masalan, temiryo‘llar qurilishi) 
metropoliya maqsadiga eng ko‘p darajada mos kelgan. Rossiyadagi 
inqilobiy o‘zgarishlar ham turkiston ahvolini yaxshi tomonga 
o‘zgartirmadi. sovet hokimiyatining zo‘ravonlik bilan o‘rnatilishi esa 
chinakamiga kataklizmni eslatadi. O‘zbekiston bolsheviklar boshlagan 
eksperimentdan dahshatli zarar ko‘rdi;
– 
jahoniy jarayonlarning sivilizatsiyaviy talqini
shuni ko‘rsata-
diki, avvalboshdan turli sivilizatsiyalar beshigi bo‘lgan sharqda 
hayot o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan sug‘orma dehqonchilikka, 
chorvachilikka asoslanganidan kishilar turmushida axloq-odobning 
o‘ziga xos qoidalari hamda urf-odatlari va an’analarining barqarorligi 
qayd etiladi. shunga ko‘ra, kishilar taqdirida, avvalo, tabiat, sotsium 
jihatidan esa davlat belgilovchi rol o‘ynagan;
– 
Sharq buddaviylik, nasroniy va islom kabi jahoniy dinlar vatani 
ekanligidan
bu xil sivilizatsiyalar harakatlantiruvchi kuchlari ham 
tegishli tarzda ayni shu e’tiqod shakllari bo‘lgan. bu yerda islomiy 
bag‘rikenglik, halollik, tijoratga asoslangan diniy iqtisodiyot yangi 
sivilizatsiya asosi bo‘lgan. islomda tasavvuf alohida hodisa hisoblanib, 
unda targ‘ib qilingan antropotsentrizm, aql bilan qanoatlanmay ruhni 
chiniqtirish orqali poklik va kamolotga erishish g‘oyalari hozirgi davr 
sharoitlarida ham katta ahamiyatga molikdir;
– 
G‘arb sivilizatsiyasi jarayonlari kechishidagi antik, nasroniylik 
o‘rta asrlari va renessans davrlari
qanchalik o‘z zaminlariga 
tayanganliklari bilan tavsiflanmasin, yunon-rim bosqichidan boshlab 
Sharq sivilizatsiyalari ta’sirida bo‘lgan.
xususan, islomiy sivilizatsiya 
yevropa o‘rta asrlarida kechgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarga 
sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
– 
reformatsiya va ma’rifatparvarlik davrlarida shakllangan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


214
sivilizatsiya
maqomatiga ko‘ra jahoniy miqyosda bo‘ldi. Fan-texnika 
o‘zgarishlari asosida sanoat inqilobi shaklida namoyon bo‘lgan bu 
sivilizatsiya, ayni vaqtda, mustamlakachilikni berdi, o‘zining shimoliy 
amerika variantida qulchilik mehnatidan keng foydalandi;
– 
hozirgi jahoniy sivilizatsiya g‘arb-industrial tipining
asosiy 
tavsiflari tahlili ko‘rsatadiki, uning ratsional-texnikaviy asoslarida 
ma’naviyat yetarli darajada o‘z ifodasini topmagan. bu ma’noda 
sharqona sivilizatsiyalar ajralib turadi;
– 
O‘zbekiston davlatining jahoniy maqomini belgilashda hamisha 
uning sharqqa mansubligidan va markaziy Osiyoda sivilizatorlik 
rolini o‘ynaganligidan kelib chiqmoq kerak. ayni vaqtda, hozirgi 
g‘arb sivilizatsiyasi ratsionalizmi yutuqlarini (sanoatlashganlik, 
kompyuterlashganlik, siyosiy demokratiya, inson hayotining oliy 
qadriyatligi va hokazolarni) ijodiy o‘zlashtirishga erishish zarurligi 
ham ravshandir;
– 
global muammolar asosiy jihatlari
(ekologiya, yadro quroliga 
ega bo‘lgan davlatlar bilan mintaqaviy yaqinlik, «uchinchi dunyo»ga 
mansublikni ifodalaydigan ijtimoiy muammolar va hokazolar) bilan 
O‘zbekistonni o‘z girdobiga tortdiki, ularni bartaraf etishda mamlakat 
Jahon hamjamiyati bilan doimiy va samarali hamkorlik qilmog‘i o‘z-
o‘zidan ma’lum.
– 
shakllanib kelayotgan axborot-texnikaviy jamiyatda 
inso-
niyatning umumsayyoraviy taqdirini ifodalash imkoniyatlari oshib 
borishini bashorat qilish mumkin. bu jarayon ikki tomonlama – salbiy 
va ijobiy kechayotgan globalizatsiyadan iboratdir. bunda salbiy 
jihatlarning o‘rnini mumkin qadar qisqartirish, ijobiy, bashariyat 
istiqboliga daxldor jihatlarni ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanadi.
yuqoridagilardan kelib chiqib: mazkur «shaxs va jamiyat» fanini 
o‘rganish natijasida o‘quvchi, ya’ni, shaxsda atrofidagi ijtimoiy 
jarayonlar va kishilarning o‘zaro munosabatlariga mustaqil va ongli 
yondashish ko‘nikmasi va malakasi hosil bo‘ladi. bu ko‘nikma va 
malakalar har bir shaxsning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘llashga xizmat 
qiladi. pirovard natijada inson va jamiyatning yashashi, rivojlanishi 
bir-biriga bog‘liqligi tushuniladi.
Xotima
www.ziyouz.com kutubxonasi


215
ilOva

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə