Shayboniylar harbiy qo`shining tuzilishi reja


QO’QON XONLIGIDA DINIY UNVON VA MANSABLAR



Yüklə 83,32 Kb.
səhifə6/13
tarix06.09.2023
ölçüsü83,32 Kb.
#121400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
10 ta mavzu

QO’QON XONLIGIDA DINIY UNVON VA MANSABLAR
XIX asr birinchi yarmida Qo’qon xonligi hududiy jihatdan O’rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo’qon xonligi sharqda Sharqiy Turkiston, g’arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan chegaradosh edi. Xonlik hududi shimolda uchchala qozoq juzlarini batamom o’ziga bo’ysundirib olgan Rossiya bilan chegaralanardi. Xonlikning janubiy chegaralari Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non singari tog’li hududlarni o’z ichiga olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo’lar, ular qo’ldanqo’lga o’tardi. Qo’qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan farqli o’laroq sersuv daryolari, so’lim vodiylari, serhosil erlari ko’p edi. Xonlikning markazi Qo’qon, Marg’ilon, O’zgan, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar joylashgan Farg’ona vodiysi edi.
Qo’qon xonligida notinchlik, xokimiyat uchun ichki kurash avj olib ketdi. Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841) taxtga o’tirgandan boshlab 1834 yilgacha Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatiga to’xtovsiz yurishlar qilib, ularni Qo’qon xonligiga bo’ysundirdi. 1826-1831 yillar davomida esa bir necha marta Qoshg’arga bostirib bordi, xitoyliklar bilan urush qildi, ming-minglab kishilarning qirilib ketishga sababchi bo’ldi.
Muhammad Alixon o’z atrofidagilarning ta’siriga tushib, hatto o’z otasining eng obro’li a’yonlarini ta’qib qildi, xon hokimiyati bilan mahalliy amaldor-zodagonlar o’rtasida tarkib topgan ittifoqni buzdi. Ularning ayrimlari qatl etildi, surgun qilindi, ba’zilari Buxoroga qochib ketishdi. Omon qolganlar xondan norozi bo’lganlarni o’z atrofiga to’plab, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Xonning engiltakligi, aysh-ishratga berilishi aholini o’ziga qarshi qilib qo’ydi. Ruhoniylar xonni axloqsizlikda, shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ’ibot olib borishdi.
Xondan norozi bo’lganlar 1839 yilda o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo xuzuriga yuborib, yordam so’raydi. Bu vaqtda Buxoro amiri bilan Qo’qon xoni o’rtasida Jizzax, O’ratepa va Xo’jand uchun urush borayotgan edi. Amir Nasrullo Qo’qon qo’shinini tor-mor etib, Jizzax, O’ratepa va Xo’jandni o’z tasarrufiga kiritadi. Endi Qo’qon sari otlandi. Ayni paytda, 1841 yilda Muhammad Alixonning zulmiga qarshi Qo’qon shahar aholisi qo’zg’olon ko’tardi. Xon O’rdadan qochib ketdi.
Qo’zg’olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor shaxslar qatl etildi. Xalq Buxoro amiri Nasrulloning Qo’qonga xujum qilmoqchi bo’lganligini eshitgach qo’zg’olonni to’xtatdilar. Buxoro amiri o’z qo’shinlari bilan Qo’qonga yaqin joylashgan Beshariqqa kelganda Muhammad Alixon elchilar orqali amir Nasrulloga qimmatbaho sovg’alar yuborib, Xo’jandni amirga topshiradi va o’zini Buxoro amirining noibi deb tan oladi.
Amir Nasrullo esa Buxoroga qaytib ketadi. O’z taxtini saqlab qolgan Muhammad Alixon o’ziga yoqmagan kishilarni yana ta’qib etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poytaxtda yana norozilik kuchayib, qo’zg’olon boshlandi. Nihoyat, 1841 yil noyabr oyida Muhammad Alixon taxtdan voz kechishga majbur bo’ladi va uning ukasi Sulton Mahmud xon bo’ladi. 1842 yili Buxoro amiri Nasrullo Qo’qonga qarshi o’z qo’shinlarini safarbar etdi. Qo’qon qo’shinlari tor-mor etildi. Qo’qon xonligi Buxoro amirligiga bo’ysundirildi. Qo’qonnning taslim bo’lishiga xonlikdagi parokandalik va xalqning o’z hukmdoridan noroziligi sabab bo’ldi. Muhammad Alixon o’z a’yonlari bilan tutib olindi va amir Nasrullo buyrug’iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodiraga ham shafqat qilinmadi.

  • Amir Nasrulloning Qo’qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho’zilmadi. Amirning Qo’qondagi noibi Ibrohim dodxohning Qo’qon xonligi aholisini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo’shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham majbur qilishi natijasida butun Qo’qon xonligi xududida 1842 yili katta qo’zg’olon ko’tarildi. Uning oqibatida amirning Qo’qondagi noibi va beklari hokimiyati ag’darildi. Buxoro amirligi hokimiyatiga qarshi kurashda Qo’qon aholisining qo’zg’olonini tashkil etgan maxalliy kuchlar Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo’qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Xondan norozi bo’lganlar 1839 yilda o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo xuzuriga yuborib, yordam so’raydi. Bu vaqtda Buxoro amiri bilan Qo’qon xoni o’rtasida Jizzax, O’ratepa va Xo’jand uchun urush borayotgan edi. Amir Nasrullo Qo’qon qo’shinini tor-mor etib, Jizzax, O’ratepa va Xo’jandni o’z tasarrufiga kiritadi. Endi Qo’qon sari otlandi. Ayni paytda, 1841 yilda Muhammad Alixonning zulmiga qarshi Qo’qon shahar aholisi qo’zg’olon ko’tardi. Xon O’rdadan qochib ketdi.



Yüklə 83,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə