Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 450,5 Kb.
səhifə29/75
tarix01.06.2023
ölçüsü450,5 Kb.
#115031
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Nazorat savollari.
1. Lya major sonatasi qachon yozilgan?
2. Birinchi qismning tuzilishi qanday?
3. Uchinchi qism qanaqa shaklda yozilgan?
4. Sonatalardan tashqari Motsart klavesin uchun yana qanaqa asarlar yozgan?


Topshiriqlar.

1. Mahruza matni bo’yicha konspekt yozing.


2. Lya major sonatasidagi asosiy mavzularni chalishni o’rganing.
Adabiyotlar.
1. I. Proxorova. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M. 1985.
2. B. Levik. Istoriya zarubejnoy muziki. M. 1982.


Mavzu: V. A. Motsartning "Rekviem" asari.
Rejasi:

1. Motsartning vokal-simfonik asarlari.


2. Rekviem asari haqida.


Bayoni:

Ijodiy yo’li davomida Motsart vokal-simfonik asarlar yozishga ham katta e’tibor bergan. Bu asarlar xor, orkestr va yakkaxon qo’shiqchilar uchun yozilgan kantatalar, motetlar, messalardir. Rekviem asari - Motsartning vokal-simfonik musiqa yaratish borasida olib borgan izlanishlarining eng yuksak natijasidir. Motsartning bu asarlari diniy mavzularda bo’lib, cherkovda ijro etish uchun yozilgan. Lekin diniy tekstlarga yozilgan bo’lishiga qaramay bu asarlar musiqasi ibodat paytida ijro etiladigan cherkov musiqasidan keskin farq qiladi. Ularda kompozitorning boshqa asarlaridagi kabi hayotga, insonga muhabbat, kayfiyati ustundir. Lotin tilidagi diniy tekstlar chuqur mazmunli, umuminsoniy xarakterdagi musiqani tushunishga xalaqit bermaydi. Asarlarning bunday sifatlarga ega bo’lishiga asosiy sabab kompozitorning dunyoqarashidir. Albatta Motsartning xudojo’y, taqvodor kishi bo’lganligini inkor etib bo’lmaydi. Lekin ma’rifatparvar kompozitorning xudojo’yligi diniy aqidaparastlik ruhida emas, balki ma’naviy-falsafiy xarakterda edi. Shuning uchun bu asarlarda ham kompozitor insonning boy ichki dunyosini, qayg’uli va quvonchli kechinmalarini, ma’naviy barkamollikni tarannum etgan. Ana shunday asarlardan biri – Motsartning so’nggi asari «Rekviem» - jahon madaniyatining eng noyob durdonalaridan biridir.





Yüklə 450,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə