Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə103/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182
to\'plam tayyor

References:

  1. Brown, J. M. (2013). Fantasy literature for children and adolescents. ABC-CLIO.

  2. Kolpas, S. L. (Ed.). (1986). The Slavic heritage: An Introduction. Transaction Publishers.

  3. Al-Mutawa, A., & Al-Hassan, R. K. H. (Eds.). (2015). Arabian Peninsula affairs yearbook, Volume 39. Routledge.

  4. Liu, X. W. Y. (Ed.). (2014). Cognitive perspectives on Chinese naming practices. John Benjamins Publishing Company.

  5. Feddern, H., & Feddern, H.-W. (2017). Animals on stage: An anthology of best contemporary plays. Peter Lang.

  6. Chen, E. N. F. (2014). The legendary creature in modern popular culture. McFarland.



O’ZBEK VA NEMIS TILLARIDA UNVONNI IFODALOVCHI MUROJAAT SHAKLLARI
FarDu nemis tili o’qituvchisi
D. Haydarova
Nemis va o’zbek tillarida yakka va bir necha so’zlarni qo’shilishidan iborat namunaviy murojaat shakllari mavjud. Gisela Zifonun, Ludger Hoffmann, Bruno Streckerning (va boshqalar ) “Grammatik der deutschen Sprache“ nomli kitobida murojaatni ifodalovchi so’z va so’z birikmalari turli jihatlardan quyidagicha tasnif etadi.

  1. DU du/sen

  2. SIE Sie/siz

  3. VN Vornamen/Ismlarni ifodalovchi murojaat shakllari

Konrad, Erika

  1. ZN Zunamen/Familiyalarni ifodalovchi murojaat shakllari

Adenauer, Pluhar, Graf Lambsdorff, von Einem

  1. KN Kose- und Spitznamen/Laqablarni ifodalovchi murojaat shakllari

Schatz, Hansi, Dicker, Mausi, Bruderherz, Uschilein

  1. VB Verwandtschaftsbezeichnungen/Qarindoshlik munosabatini

ifodalovchi murojaat shakllari
Mama, Vati, Oma, Onkel+VN, Tante+VN

  1. H/F [Herr/Frau] Herr, Frau, Fräulein

  2. T Titel/Unvon ma’nosini ifodalovchi murojaat shakllari

  1. Doktor (Dr), Professor, Major, Minister, Bundeskanzler, Generalsekretär, Direktor, Studienrat

  2. Magnifizenz, Hochwürden

  1. R/F Rollen- und Funktionsbezeichnungen/ Bajarilayotgan vazifa,

amal-mansab, kasb-xunarni ifodalovchi murojaat shakllari

  1. Wirtin, Schaffner, Lehrer, Richter, Ober, Doktor

  2. Kollegin/Kollege; Vorsitzende/Vorsitzender; Schwester (VN), Meister, Chef

  3. der /mein Herr, die/meine Dame, junger Mann, junge Frau

  1. GA Gruppenanrede/Guruhlarni ifodalovchi murojaat shakllari

meine Damen und Herren, verehrte Zuhörer! Gäste/ Anwesende, (meine) Herrschaften, Leute

  1. KF Kontaktformeln/ Munosabatlarda turg’un murojaat shakllari

he, hallo, Achtung, Onkel, Mensch, Mann, Entschuldigen Sie, junger Mann, junge Frau
Ushbu tadqiqot ishimizda unvon ma‘nosini ifodalovchi murojaat shakllarini o’zbek va nemis tillarida qiyosiy tahlil qilib chiqamiz. Unvon vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va boshqa malakalari rasman e’tirof etilganligini tasdiqlaydi. Ma’rufov o’zining „O’zbek tilining izohli lug’ati“ nomli kitobida unvonga quyidagicha ta’rif bergan.
Unvon – biror ish-faoliyat sohasidagi xizmat yoki mutaxassislik darajasini belgilovchi maxsus ta’sis qilingan nom.
O’zbek tilida unvonlar haqida so’z yuritishdan avval nemis tilida unvonlarning qo’llanilishi, turlari haqida to’xtalib o’tamiz.
Nemis tilida bir qancha unvonlar „Herr/Frau“ terminlari bilan uyg’unlashgan tarzda namoyon bo’ladi.
„Eminenz – Titel der Kardinäle”, “Magnifizenz – Titel für Rektor”, “Hochwürden – Titel für (katolische) Priester” kabi unvonlar „Herr/Frau“ terminlarisiz qo’llaniladi.
Ko’pchilik aslzodalarga xos unvonlar (Adelstitel) „Herr/Frau“ terminlarisiz familiyalar bilan ifodalanadi. Quyidagi misollarni kuzatamiz:
nicht – Herr Graf, sondern – Graf Bismarck, Gräfin Bismarck
Baron Eggstayn, Baronin Eggstayn Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, Germaniyada Graf, Baron, Freiherr singari aslzodalarga mansub unvonlar ham ismlarning bir qismi, ham murojaatning tarkibiy qismi sifatida harakterlanadi. Nemis millati ayollariga mansub unvonlar butunlay joriy qilinmagan bo’lib, ularga „Frau+weibliche Titelform+ZN“ yoki „Frau+weibliche Titelform“ shaklida murojaat qilinadi.
Masalan: Frau Minister(in) Wilms! shuningdek:
Frau Ministerin!
Ko’p hollarda „Frau“ termini erkak kishiga mansub unvonlar bilan qo’llaniladi:
Masalan: Frau Direktor(in)! ammo: Frau Vorsitzende!
Frau Professor(in)! Frau Abgeordnete!
O’zbek tilida harbiy, ilmiy, faxriy, maxsus unvonlar mavjud bo’lib, qo’llanilish doirasiga ko’ra harbiy va ilmiy unvonlar keng tarqalgan.
Harbiy unvonlar – qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, o’tagan xizmat muddati, qaysi qo’shin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, ko’rsatgan xizmatlariga ko’ra berilgan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning o’zaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi, shuningdek, o’zaro munosabatda ushbu unvonlarga „o’rtoq“ so’zini qo’shgan holda murojaat etiladi. Masalan, „O’rtoq leytenant“, „o’rtoq kapitan“, „O’rtoq mayor“, „O’rtoq polkovnik“. „O’rtoq mayor, sizdan iltimos, bolalarning sho’xligini afv eting. Qaytib borganimda siz bilan bafurja gaplashaman“.
Ilmiy unvonlar – oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon. Oliy o’quv yurtlarida – dotsent, professor, ilmiy tadqiqot muassasalarida – katta ilmiy xodim, professor unvonlari joriy etilgan. Tildagi har bir so’zning o’z o’rni, o’z me’yori bor. Masalan, ilmiy unvonni anglatuvchi “professor” degan so’z rasmiy uslub uchun me’yor hisoblansa, norasmiy uslub uchun me’yor emas: , „Professor parrak bo’lmasa, ishning loyqasi chiqadi, – deya u qing’ir burnini jiyirdi“. Ko’chada, uyda yoki choyxonada – me’yor emas. O’rtoq professor sizni Aziz Po’latovich huzuriga chaqiryapti – me’yor.
Faxriy unvonlar – fuqarolarning sport, san’at, ilm-fan, iqtisodiyot va shu kabi boshqa sohalarni rivojlanishiga qo’shgan salmoqli hissalari, ijtimoiy faol ishtroklari uchun beriladigan unvon hisoblanib, odatda ushbu unvonlar bilan murojaat qilish tadbirlarda qo’llaniladi. Masalan, sport sohasida „O’zbekiston iftixori“, „O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi“, san’at sohasida „O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti ”, “ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist ”, ilm-fan sohasida „“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, iqtisodiyot sohasida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” va boshqalar.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə