Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə37/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:
1. Burxonovich, M. R., & Ortiqaliyevna, B. M. (2022). Conditions for improving the standard of living of the population. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(09), 44-48.
2. Baltabayeva, M. (2022). SANOATNI RIVOJLANTIRISH-DAVR TALABI-UY MAISHIY TEXNIKALARINING FOYDALARI. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(5), 29-32.
3. Baltabayeva, M. O. (2023). Using the Mechanism of Social Partnership to Ensure the Employment of Women. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(3), 65-69.
4. Балтабаева М.О. (2023). ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЗАНЯТОСТИ ЖЕНЩИН, ПРЕДЛАГАЕМЫЕ РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМЫ. Экономика и социум, (4-1 (107)), 471-476.
5. Yuldasheva, G. A., & Boltaboyeva, М. (2023). INVESTMENT MANAGEMENT IS AN IMPORTANT FACTOR OF ECONOMIC DEVELOPMENT. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 299-302.

6. Махсудов, Ш. С. (2022). Эркин иқтисодий зоналарнинг мамлакат иқтисодиётини ривожлантиришдаги ўрни. Scientific progress, 3(4), 159-166.
7. Махсудов, Ш. С. (2022). Ўзбекистонда эркин иқтисодий зоналарни ривожлантиришнинг самарали йўналишлари.
8. Махсудов, Ш. С. (2022). Развитие свободных экономических зон в условиях трансформации рыночных отношений. Бюллетень науки и практики, 8(5), 450-456.
9. Махсудов, Ш. С. (2022). ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ ЗОНАЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА БОШҚАРУВ ОРГАНЛАРИНИНГ ЎРНИ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(9), 370-375.

KAPITAL BOZORI VA UNING SHAKLLANISH YO‘NALISHLARI
Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o’qituvchisi Raximova Kizlarxon Ne’matjon qizi
Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o’qituvchisi Erkinjon Mamarasulov
Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim
Iqtisodiyot yo’nalishi 3-kurs talabasi Oxunova Ra’noxon
Kapital bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ehtiyojini ta’minlab, uning yuqori va barqaror o‘sishiga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Bu soha moliyaviy resurslarning jamg‘aruvchilar va investorlardan qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan xususiy sektor vakillari, banklar, davlat korxonalari va hukumatga bozor mexanizmlari asosida transmissiya qilinishiga xizmat qiladi.
Buning natijasida mazkur resurslar mamlakat taraqqiyotida katta salohiyatga ega bo‘lgan soha, tarmoqlar o‘rtasida oqilona va samarali taqsimlanib, foydalanilmayotgan jamg‘armalar foydali investitsiyalarga aylanadi hamda iqtisodiyotda kapital shakllanadi. Bu, o‘z navbatida, yuqori iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi.
Kapital bozori rivojlanishi uchun barqaror makroiqtisodiy muhit, izchil taraqqiy etayotgan moliyaviy tizim va mustahkam huquqiy asos zarur. Ana shu jihatlar Prezidentimizning 2021 yil 13 apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida o‘zining ifodasini topgan va uning yaqin kelajakdagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Hujjatga ko‘ra, sohaning raqobatbardoshligini oshirish asosida uning kapitallashuvi 2023 yil yakuniga qadar 45 trillion so‘mga yetkaziladi, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmi yaratiladi.
Ana shu vaqt mobaynida respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismi 5 foizga yetkaziladi. Bu jarayonda xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash yordamida barcha toifadagi investorlar uchun qulay muhitni vujudga keltirishga alohida ahamiyat qaratiladi, qonunchilik bazasi takomillashtiriladi. Zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash, istiqbolli yoshlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlar yaratiladi.
Ushbu Farmon bilan 2021—2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Yalpi ichki mahsulotda erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar umumiy hajmini kamida 5 foiziga yetkazish uning asosiy maqsadi hisoblanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra, xorijiy fond bozorlariga ham qo‘yishlari mumkin. Endilikda korxonalardagi davlat ulushi aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) usulida taqsimlash qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida amalga oshiriladi.
Shu kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga binoan, bu borada hozirga qadar faoliyat yuritib kelayotgan agentlik tugatilib, uning barcha vazifa va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad sohani rivojlantirishga yangicha ruh berish, mavjud institutsional salohiyatdan foydalangan holda, islohotlarni jadallashtirish hamda ularni moliya sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan uyg‘unligini ta’minlashdan iborat.
Xalqaro tajribaga ko‘ra, mamlakatdagi moliya bozorlarining rivojlanish darajasi mavjud institutsional salohiyatga qarab hukumat yoki mustaqil idoralar tomonidan tartibga solinadi. Rivojlanayotgan davlatlar orasida Malayziya, Vyetnam va Kolumbiyada Moliya vazirligi yoki uning tarkibida bo‘lgan davlat idorasi, Rossiya, Gruziya va Vengriyada Markaziy bank kapital bozori regulyatori bo‘lsa, bu dastakni nisbatan rivojlangan Singapur, Argentina va Braziliyada hukumatdan mustaqil bo‘lgan muassasasi yuritadi.
Dastlabki bosqichlarda kapital bozorini rivojlantirish uchun asosiy drayver bo‘lib davlat qimmatli qog‘ozlarining (DQQ) chiqarilishi xizmat qiladi. Xususan, DQQ makroiqtisodiy va fiskal riskni boshqarish uchun vosita bo‘lib xizmat qilishi barobarida tashkilot va korxonalarning mahalliy kapital bozordagi qarzli qimmatli qog‘ozlari uchun benchmark daromadlilik chizig‘ini yaratadi. Inglizcha benchmark so‘zi o‘zbek tiliga o‘girilganda, etalon, yo‘nalish marrasi, degan ma’nolarni bildliradi
Ma’lumki, DQQ – kapital bozori qatnashchilari uchun kredit xatari mavjud bo‘lmagan qarz instrumentining turli muddatlardagi narxini aniqlaydi va haqiqiy ma’noda, kapital bozori uchun benchmark vazifasini o‘taydi.
Moliya vazirligi tomonidan DQQ bozorini rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSH G‘aznachiligi bilan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018 yil dekabr oyidan boshlab milliy valyutada davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyoti qaytadan tiklandi. Natijada 2019 yilda chiqarilgan DQQ hajmi 1,5 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilda mazkur ko‘rsatkich 3 barobardan ziyodga ortib, 5 trillion so‘mga yetdi.
Erkin bozor munosabatlariga o‘tish va iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi tufayli “investitsion chanqoqlik”ni tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirishni taqozo etmoqda. Bu ehtiyoj inobatga olingan holda, Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilda 1 milliard va 2020 yilda 750 million AQSH dollari ekvivalentidagi xorijiy hamda milliy valyutadagi ilk suveren xalqaro obligatsiyalar, shu bilan birga, vazirlikning bevosita ko‘magida “Sanoat qurilishbank”, “O‘zmilliybank” va “Ipotekabank” larning ilk korporativ xalqaro obligatsiyalari xalqaro moliya bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirildi.
Mazkur tajribalar zarur infratuzilma shakllantirilgan taqdirda xorijiy investorlarni mahalliy kapital bozoriga jalb qilishga zamin yaratadi. Bu bozorni isloh qilish va rivojlantirishning Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilishi sohani davlat korxonalari hamda bank tizimi, pensiya, sug‘urta, soliq tizimidagi islohotlar bilan hamohang olib borilishini ta’minlaydi.
Davlat ulushi mavjud korxonalarning aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif usullari yordamida sotish orqali ularni xususiylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ishlab chiqilgan dasturning muvaffaqiyati mahalliy kapital bozorining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Moliya vazirligi kapital bozori infratuzilmasini taraqqiy ettirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni unga kengroq jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni xalqaro moliya tashkilotlari, chet ellik investorlar, brokerlar, ekspertlar va boshqalar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ham mas’ul hisoblanadi.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə