Lavuaze-Laplas qonuni
|
. Тermokimyoga oid ikkita qonun kashf etilgan bo’lib, biri Lavuaze-Laplas va ikkinchisi Gess qonunlaridir. Lavuaze-Laplas qonuniga muvofiq, ma’lum bir murakkab moddaning oddiy moddalarga ajralish issiqligi miqdor jihatidan o’sha moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish issiqligiga teng, ishora jihatidan qarama-qarshidir
|
Gess qonuni
|
Reaksiyaning issiqlik effekti jarayoninng qanday usulda olib borilishiga bog’liq emas, balki reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq
|
Moddaning yonish issiqligi
|
uning bir moli to’liq yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
|
Тermodinamikaning ikkinchi qonuni
|
G.Lyuis tomonidan quyidagicha ta’riflanadi: o’z holatiga tashlab qo’yilgan har qanday sistema o’z holatini maksimal ehtimollikka ega bo’lgan yo’nalish tomon o’zgartiradi. Sistema eng yuqori ehtimollikka ega bo’lgan holatda eng kam tartibni kasb etadi.
|
Тermodinamik potensiallar
|
Berilgan sharoitdagi qaytar jarayonda sistema bajargan ishni hisoblashga yordam beruvchi, sistemaning holatini belgilovchi o’zgaruvchilar asosida olingan funksiyalar termodinamik potensiallar deyiladi
|
Тermodinamikaning uchinchi qonuni
|
temperatura absolyut nolgacha pasaytirilganda kimyoviy jihatdan bir jinsli har qanday kondensatlangan moddaning entropiyasi nolga yaqinlashadi.
|
|