Sitologiya va genetika


Embrional rivojlanish davri



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə62/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
9-sinf biologiya

Embrional rivojlanish davri. Ko'pchilik jinsiy yo'l bilan ko'payadigan ko'p hujayrali organizmlarning tuzilish darajasi qan­day bo'lishidan qat’i nazar embrionnning rivojlanish bosqichlari o'zaro o'xshash bo'ladi.
Embrional rivojlanish davri uchta bosqichga bo'linadi: may- dalanish, gastrulyatsiya va birlamchi organogenez. Bu davr zigo­ta hosil bo'lishidan boshlanib, embrionning shakllanib tug'ilgunga yoki tuxum qobiqlaridan chiqqunga qadar davom etadi.
Maydalanish. Zigota - tuxum va urug' hujayralarining qo'shi- lishi natijasida hosil bo'ladi. Zigota davrida sitoplazma moddala- rining qayta taqsimlanishi, qutblanishi va oqsil sintezi kuzatiladi.
Urug'langan tuxum (zigota) - ko'p hujayrali organizmlarning bir hujayralilik va dastlabki rivojlanish bosqichidir. Bir hujayrali or- ganizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan ko‘p hujayra­li organizm hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hujayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, ya’ni ikkita blastomerga bo‘linadi. Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘li- nadi. So‘ngra blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘linadi, natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘linish ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hu­jayra hosil bo‘ladi. Keyin meridianal va ekvatorial bo‘linish navbat- lashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar hosil bo‘ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har bo‘linishdan keyin paydo bo‘lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun bu jarayon maydalanish deb ataladi.
Maydalanish bosqichida hujayralar keyingi rivojlanish uchun to‘planib boradi (41- rasm).
Maydalanish ko‘p hujayrali embrion - blastula hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo‘lib, uning devori bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuq- lik bilan to‘lgan bo‘ladi, bu bo‘shliq birlamchi tana bo‘shlig‘i - blastosel deb ataladi.
Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘s- maydi va ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. Har xil turlarda maydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə