Sitologiya va genetika


Biologiya fanlari sistemasi



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə2/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
9-sinf biologiya

Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya tadqiqot va tekshirish obyek- tiga ko‘ra bir qancha sohalarga botanika, zoologiya, anatomiya, siste- matika, sitologiya, gistologiya, genetika, seleksiya, embriologiya, paleon- tologiya, ekologiya va boshqalarga bo‘linadi. Botanika — o‘simliklar, zoo­logiya — hayvonlar to‘g‘risidagi fan. Odam va uning salomatligi — odam organizmi va organlar hamda organlar sistemasining tuzilishini o‘rgana- di. Sistematika — o‘simlik va hayvon I arning sistematik guruh l ari va ular­ning o‘zaro qarindoshlik munosabatlari haqidagi fan ekanligi siz I arga, 5-, 6-, 7-, 8- sinflardan ma’lum. Hozirgi vaqtda biologiyaning asosiy yo‘na- lishlaridan biokimyo, molekular biologiya, biofizika, genetik injeneriya, bi- otexnologiya kabi fanlar jadal rivojlanib bormoqda. Biokimyo — organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jarayonlar haqida­gi, biofizika — tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko‘rsatkichlarni tadqiq qiluvchi fandir. Biologiyaning asosiy vazifasi, hayot mohiyati, un­ing tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Biologiya — sitologiya va genetika, evolutsion ta’limot, ekologiya, paleontologiya, embriologiya, molekular biologiya, biokimyo, biofizika, bi- ogeotsenologiya hamda tabiatshunoslikning boshqa sohalaridagi bil imlar asosida shakllangan kompleks fandir.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullariga kuzatish, taqqoslash, tarixiy, eksperimental usullari kiradi.
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo‘lib, biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo‘llanilgan. uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Kuzatish usuli bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu usuldan tirik orga- nizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ta’riflashda foydalaniladi.
Taqqoslash usuli tirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, or- ganizmlar, biogeotsenozlarning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va far- qini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usulda olingan ma’lumotlar bilan hujayra nazariyasi, biogenetik va irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilgan.
Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi Ch.Darvinning nomi bilan bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarning vujudga keli- shiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Tarixiy usul hayotiy hodisalar- ni o‘rganishning asosiga aylangan. Mazkur usul yordamida organik dunyoning evolutsion ta’limoti yaratildi.
Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada 0‘rta asrlarda (Abu Ali ibn Sino) boshlangan bo‘lsa, fizika va kimyo fanlarining ravnaqi tufayli keng qo‘llanila boshlandi. Bu usul bilan organizmlardagi voqea-hodisalar boshqa usullarga nisbatan chuqur o‘rganiladi.
Bugungi kunda yuqorida berilgan usullar biologiyaning tegishli so- halarida foydalanib kelinmoqda va ular bir-birini to‘ldiradi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə