Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə9/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
9-sinf biologiya

Ko‘k-yashil suvo‘tlar. Bu bo lim- ga kiruvchi suvo'tlar o'simliklar dunyo- sining eng qadimgi vakillari bo‘lib, o‘zining juda sodda tuzilishi bilan boshqa suvo‘tlardan farq qiladi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar bir hu- jayrali va koloniya hosil qiluvchi organizmlar bo‘lib, ko‘p hujayrali vakillari to‘g‘ri yoki bukilgan, hatto spiralsimon shakllari mavjud- dir. Hujayrasida xilma-xil pigmentlar uchraydi, lekin ular orasida ko‘k fikotsian va yashil xlorofill pigmentlari ko‘proq bo‘ladi. Ko‘k- yashil suvo‘tlar bakteriyalarga o‘xshash hujayrasining tiriklik qis- mi yadro va boshqa hujayra organoidlariga ajralmagan. Hujayra po‘sti pektindan iborat. Hujayrada fotosintez mahsuli sifatida oqsil donachalari zaxira moddalar sifatida to‘planadi. Ko‘k-yashil suv- o‘tlar hujayrasi odatda ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bun- dan tashqari, ipsimon vakillari iplarining bir necha qismlarga ajrali- shi, ya’ni gormogoniylar yordamida ko‘payadi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limining bir hujayrali vakillariga xrokokk (Chroccoccus), ipsimon holdagi vakillariga ossillatoriyani (ossillatoria), koloniyali holdagi va- killariga esa nostok (Nostoc)ni misol qilish mumkin. Ossillatoriya oddiy ipsimon, shilimshiq pardasi bo‘lma- gan hujayrasining eni bo‘yidan bir necha marta katta. ossillatoriya ipi tanasi bo‘ylab bir xilda tuzilgan hu- jayralardan iborat (15- betdagi 6- rasm). Sitoplazmada rangsiz sen- troplazma va uni o'rab olgan rangli xromatoplazma ajratiladi. ossilla- toriya ipi alohida gormogoniylarga ajralib ketish yo‘li bilan ko‘payadi.
Tabiatda ossillatoriyani sholi- poyalar, ko‘lmak suvlar, hovuz va ko‘llarda ko‘plab uchratish mumkin.
Nostok koloniya holda
yashovchi suvo‘ti bo‘lib, koloniyasi yong‘oq yoki olxo‘ri donasidek kattalikda bo‘ladi. U shilimshiq po‘st bilan qoplangan. Koloniyada sharsimon hujayralar marjonsimon, xilma-xil buralgan, ipsimon ko‘rinishlarda joylashgan. Nostok koloniyasi ko‘pincha tog‘li tu- manlarda buloq, soy va ariqlarda keng tarqalgan (7- rasm).
Tashqi ko‘rinishi jihatdan sodda tuzilgan ko‘k-yashil suvo‘tlar tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ancha moslashuvchan. Shuning uchun ham ularni chuchuk va sho‘r suvlarda, tuproq va uning yuzasida hattoki qaynar buloqlarda ham uchratish mumkin.
Markaziy Osiyo cho‘llarida ko‘k-yashil suvo‘tlar tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida qatnashadi. Ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega va tuproqni azotga boyitadi. Yapo- niya va Xitoyda nostokning ba’zi turlari ozuqa sifatida ishlatiladi.



Prokariotlar deb qanday organizmlar aytiladi?
Bakteriyalar qanday tuzilishga ega?
B
E

JT
2.
3.
akteriyalarning qanday foydali va zararli tomonlarini bilasiz?
Oziq-ovqat mahsulotlarini bakteriyalarning zararli ta’siridan qanday saqlash mumkin ekanligi to‘g‘risida fikr bildiring. Bakteriyalar ta’sirida qanday kasalliklar kelib chiqishi va ularga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligini tushuntiring. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini yetishtirishda bakteriyalarning roli haqida yozma ma’lumotlarni tayyorlang.



  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə