Sitologiya va genetika


O‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə11/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
9-sinf biologiya

O‘simliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. O'simliklar qoplami biosferada hayotni boshqarishda muhim rol o'ynaydi. U yerning gazlar almashinuvi, suv muvozanati, iqlimi- ga ta’sir etadi, tuproqning hosil bo'lishida ishtirok etadi. Tuproqni yemirilishdan saqlaydi. Hayvonot dunyosining yashashini belgilab beradi. O'simlik biologik doirada moddalarning aylanishida, ya’ni atmosfera — tuproq — tirik organizm tizimida faol ishtirok etadi. O'simliklar atrof-muhit tozaligini saqlashda nihoyatda katta aha- miyatga ega.
O'simliklar dunyosi turli xomashyolar (oziq-ovqat, yem-xa- shak, dorivor, qurilish materiallari va hokazolar) manbaidir. Inson qadimdan yovvoyi o'simliklardan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanib kelgan. Natijada tabiiy o'simliklar qoplami doimo buzil- gan, foydali o'simliklarning zaxiralari esa kamayib borgan.
Hozirgi davrdagi eng katta muammolardan biri tabiatni muho- faza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanishdir. Ushbu muammo ayrim davlatlar hududida emas, balki barcha mamlakat- lar tomonidan hal etilishi zarur. Mustaqil Czbekiston Respub- likasida tabiatni muhofaza qilish, jumladan, o‘simliklar dunyosi- ning xilma-xilligini saqlash davlat tomonidan himoyalangan va bir qator qonunlar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
E
1.
2.
3.
ukariotlar deb qanday organizmlarga aytiladi? o'simliklarni qanday guruhlarga bo'lish mumkin?
Tuban va yuksak o'simliklarga qaysi o'simliklar kiradi?

  1. §. Zamburug‘lar dunyosi

Z

Ko‘p

Ay Bir hu- / V

hujay­

/•/ jayrali /« /

rali

Д./ oq po‘- / /

peni-

/ . \ panak / *

tsill




i ' Л*\




l\\

\ \ \*\

/ 9 /

\ • \

\ *
/ \ * \




Y' /•

\* )













8- rasm.







V




Zamburug1 lar mitselliysi-

ning mikroskop ostidagi

ko'rinishi.






amburug‘lar plastidalari yo‘q geterotrof organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Zamburug‘larning 100 000 ga yaqin turlari mavjud. Zamburug‘lar suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteri- yalardan esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug'lar- ning vegetativ tanasi mitselliy deb atalib, u alohida ipchalar, ya’ni gi- falar yig‘indisidan tashkil topgan.
Zamburug1 mitselliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi.
Ko'payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi.
Mitselliyning tuzilishi va ko‘pa- yish usuliga qarab zamburug‘lar tuban va yuksak zamburug'lar- ga bo‘linadi. ^ban zamburug‘lar mitselliysida to‘siqlar bo‘lmaydi (oq
po‘panak), jinsiy ko‘payish suv o‘tlaridagidek boradi. Yuksak zam- burug‘lar (penitsill) mitselliysi to‘siqli, ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi (19- betdagi 8- rasm).
Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo‘ladi. Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Kurtaklanish natijasida hosil bo‘lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi. Ular shakarli muhitda yashaydi (9- rasm). Achit­qi zamburug‘larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo, vino va non- voychilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Spirtli achish jarayonida
D“l
ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Non- voychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi xamir ko‘pchishini, ya’ni yengil va g‘ovak bo'lishini ta’minlaydi.
Qo‘ziqorin zamburug‘i tabiatda keng tarqalgan qalpoq- chali zamburug1 hisoblanadi. Uning ichi bo‘sh, meva tanasi 10—12 cm bo'lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (10-, 11- rasmlar). Qo‘ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprofit holda hayot kechiradi. Tuproq ostidagi ko‘p yillik mitselliysi yoz fasli- da zaxira sifatida oziq moddalar to'plab, kuzdan boshlab meva tanachalar shakll ana boshlaydi. Ular kelgusi yili bahorda yetilib tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Qo'ziqorin shartli iste’mol qilinadigan zamburug'lar guruhiga kiradi. Eng yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug'larga oq zamburug', oq qayin bilan birga o'sadigan zamburug' va boshqa zamburug'lar kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mineral moddalar hamda inson organizmi uchun zarur elementlardan esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə