Sitologiya va genetika



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə14/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
9-sinf biologiya

13- rasm.
ishayniklar barcha joylarda o'sadigan o'simliklar bo'lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular tosh va qoyalarda, cho'l va dashtlarda, daraxt va buta po'stloqlarida o'sadi.

24

ORGANIK OLAM HAQIDA MA'LUMOT

I BO‘LIM




Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. Ular- dan (Kladoniya turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foy- dalaniladi. Unumsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘sim- liklar hamjamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioak- tiv moddalarni ham to‘plash xususiyatiga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan atmosfera havosining ifloslanganlik dara- jasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin.


Shuningdek, o‘rmonlarda ayniqsa, qarag‘ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bun- da kladoniyaning (Kladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt po‘stlog‘ida soqolli usneya (Usneya barbata), tasmasimon ever- niya (Evernia prunastri)lar yashil-sarg‘ish hamda tillarang — Xan- toria pariyentina sariq qoplam hosil qiladi.
Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixe- nin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar masalan: amila-
za, ko‘plab aminokislotalar, vitaminlardan esa C, B6, B12 kabilar uchraydi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Lishaynik- lardan ajratib olingan ekstraktlar atir-upa mahsulotlariga, kos- metika mahsulotlariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalanila- di. Cho‘llarda uchraydigan lishaynik manna iste’mol qilinadi. Lishaynik cho‘llarda, qoya toshlarda paydo bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. Yemirilgan tog‘ jinslaridan yupqa tuproq qatlami hosil bo‘ladi.
Zamburug‘lar qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? Zamburug‘lar qanday usullarda ko‘payadi?
Tuban va yuksak zamburug‘lar bir-biridan qanday farq qiladi?
Lishayniklar qanday organizmlar hisoblanadi?
Simbioz hayot kechirishning ahamiyati qanday?


  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə