Sitologiya va genetika


Bir hujayralilar; 2. Ko‘p hujay- ralilar



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə16/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
9-sinf biologiya

Bir hujayralilar; 2. Ko‘p hujay- ralilar. Hayvonlarni yana umurtqa pog'onasining rivojlanishiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilar (xor- dalilar)ga ajratiladi.

H
ORGANIK OLAM HAQIDA MA’LUMOT

I BO‘LIM

27
ayvonlarni xordalilar tipidan boshqa barcha tiplarining vakil- lari umurtqasiz hayvonlar hisoblanadi.
Bir hujayralilar tabiatda keng tarqalgan. Odatda bir hujayrali- larning tanasi sitoplazma va bir yoki bir necha yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma yupqa tashqi membrana bilan o‘ralgan (26- betdagi 15-rasm).
Ko‘p hujayrali hayvonlarda hayotiy jarayonlar maxsus or- ganlar, to‘qima va hujayralarda amalga oshirilsa, bir hujayralilar- da esa hujayralardagi organoidlar yordamida boradi. Ular soxta oyoqlar, xivchinlar yoki kiprikchalar yordamida harakatlanadi. Ko‘pchilik sodda hayvonlar organik moddalar bilan oziqlanadi.
Sodda hayvonlar hujayrasi bo‘linish yo‘li bilan, ya’ni jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Тashqi muhitning har xil ta’sirlariga sodda hayvonlarning beradigan javob reaksiyasi asosan harakat­lanish orqali amalga oshirilib, u taksis deyiladi. Sodda hayvonlar­ning muhim biologik xususiyatlaridan biri noqulay sharoitda sista hosil qilishidir.
Ko‘p hujayrali hayvonlarning tanasi xilma-xil tuzilishdagi va turli vazifalarni bajaradigan son-sanoqsiz hujayralardan tash­kil topgan. Ular mustaqillikni yo‘qotib yaxlit organizmning ayrim tarkibiy qismlari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘p hujayralilar mu- rakkab individual rivojlanish bilan tavsiflanadi. Urug‘langan tuxum hujayradan (partenogenezda urug‘lanmagan tuxum hujayrasidan) voyaga etgan organizm shakllanadi. Bunda urug‘langan tuxum maydalanib, hosil bo‘lgan hujayralarning ajralishi natijasida homila varaqalari va boshlang‘ich organlar shakllanadi (IV bo‘limga qa- rang).
Hayvonlar boshqa tirik organizmlardan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
Hayvonlarning tabiat va inson hayotidagi roli nimalardan iborat?

  1. Hayvonot dunyosi qanday guruhlarga ajratiladi?

28

ORGANIK OLAM HAQIDA MA’LUMOT

I BO‘LIM





Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə