Sitologiya va genetika


Viruslarning kelib chiqishi



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə8/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
9-sinf biologiya

Viruslarning kelib chiqishi. Viruslar avtonom genetik tuzil- malar bo‘lib, hujayradan tashqarida rivojlana olmaydi. Taxminl arga ko‘ra viruslar va bakteriofaglar hayotning hujayraviy shakllari bi­lan birgalikda rivojlangan hujayraning maxsus irsiy elementlari hi- soblanadi. Hozirgi vaqtda genetik injeneriya sohasida viruslardan keng foydalanilmoqda.
Viruslar qanday tuzilishga ega?
Virus hujayraga qanday yo‘llar bilan o‘tadi?
Viruslar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Viruslar va bakteriyalar orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar haqida ma’lumotlar to'plang va kasalliklarni oldini olish bo'yicha qanday chora-tadbirlar ko'rish haqida tavsiyalar tayyorlang.

  1. §. Prokariot hujayralar

organik olam ikkita katta dunyoga, ya’ni prokariotlar va euka- riotlarga bo‘linadi.
Prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir. Irsiy belgilar nukleotid- larda joylashgan. DNK — dezoksiribonuklein kislota halqasimon shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ip bo‘lmaydi. Hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriya kabi asosiy organoidlar uchramaydi. Hu­jayra qobig‘i murein yoki pektin moddasidan tashkil topgan. odat- da xivchinli prokariotlarning ba’zi vakillaridagi xivchin oddiy tu- zilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish xusu­siyatiga ega.
oziqlanishi oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi, ba’zan gazli vakuolalar uchraydi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k- yashil suv o‘tlari kiradi.
Bakteriyalar. Bakteriyalar yer sharidagi sodda tuzilgan eng qadimgi va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlar hi- soblanib, hujayrasida yadro rosmana shakllanmaganligi hamda oddiy ko‘payishi (bo‘linish yo‘li) bilan xarakterlidir, jinsiy ko‘payish uchramaydi. Ba’zi avtotrof bakteriyalarni hisobga olmaganda, ular geterotrof oziqlanadi. Hujayra po‘sti murein moddasidan iborat. Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloni- yali organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan uch guruhga ajratilgan:

  1. Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan- vibrionlar, spirillalar (4- rasm).

Bakteriyalar noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyati-
ga ega. Sporalar tashqi omillar ta’siriga ancha chidamli bo‘lib, bakteriyalar spora holatida bir necha yilgacha o‘z hayotchanligini saqlab qoladi. Ular asosan shamol va suv yordamida tarqaladi. Shuning uchun ham suv, tuproq, ozuqa mahsulotlarida va turar joylarda bakteriyalar ko‘p uchraydi. Shuningdek, bakteriyalarning erkin kislorodli muhitda yashovchi aerob va kislorodsiz muhitda yashovchi anaerob hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya turlari ham mavjud.
Xavfli kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar orasida o‘pka sili kasalligini qo‘zg‘atuvchi tayoqchasimon bakteriyaga qarshi davo- lash usullari va tegishli dori-darmonlar yaratilgan. Vatanimizda sil kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida max­sus dispanserlar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Sil kasalligi sekin rivojla- nadigan kasallik hisoblanadi, bakteriyalar orqali tez tarqaladigan xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi kabi kasalliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ularni ma’lum turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. O‘lat kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalar sich- qon va kalamushlarda yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xav- fi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qat’iy nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan o‘tkaziladi. Dez i nfeksiya ishlari keng ko‘lamda olib boriladi. Bu borada sani- tar epidemiologik stansiyalar faollik ko‘rsatib kelmoqda. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri oldindan emlash hisoblanadi. Em- lash orqali ichburug1, bo‘g‘ma, qoq- shol kabi xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
Bakteriyalar tabiatda va inson hayotida juda muhim rol o'ynaydi.
Ularning foydali va zararli tomon- lari mavjud. Foydali jihatlari — or- ganik moddalarning parchalanishi, chirishi va achishini amalga oshiradi. Turli achish jarayonlaridan amalda sut mahsulotlarini tayyorlashda, bodring va karamlarni konservalashda, yem-xashak o'simliklaridan silos bostirishda foydalaniladi. Shuningdek, spirt va sirkalar olishda, tolalarni ajratishda ham bakteriyalarning faoliyati- dan foydalaniladi.
Tabiatda avtotrof bakteriyalar ham mavjud. Avtotrof bakte­riyalar organik moddalar to'plash xusu- siyatiga ega. Buning uchun quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan foydalaniladi. Ba’zi turlari tuproqda yashagan holda erkin azotni o'zlashti- ra oladi. Tugunak bakteriyalar yiliga bir gektar maydonda 200 kg gacha azot to'playdi (5- rasm). Bakteriyalar fao- liyati natijasida tabiatda azotning davriy aylanishi amalga oshiriladi.
Bakteriyalarning zararli tomonlari — odamlarda, o'simlik va hayvonlarda turli xil xavfli kasalliklarni keltirib chiqa- radi va tarqatadi (parazit bakteriyalar), ozuqa mahsulotlarini esa buzilishiga sababchi bo‘ladi (saprofit bakteriyalar).

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə