Sitologiya va genetika


Viruslarning hujayralar bilan o‘zaro ta’siri



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə7/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
9-sinf biologiya

Viruslarning hujayralar bilan o‘zaro ta’siri. Hujayra oralig i muhitidagi suyuqlikdan hosil bo'lgan pinositoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hu- jayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi maxsus oq- sil-retseptor bilan bog'lanish sodir bo'ladi. Ushbu bog'lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni “tanib olish” xususiyatiga ega. Virus bilan bog'langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib, vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig'i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo'shiladi. Ana shunday yo‘l bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin.
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini kel­tirib chiqaradi. Chunonchi, sariq kasalligini qo‘zg‘atuvchi A va B
viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko‘paya oladi.
Virus zarrachalarining to‘planishi ularning hujayradan chiqib ketishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba’zi bir viruslar- da “portlash” tarzida ro‘y beradi. Natija- da hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa tur- dagi viruslar kurtaklanishga o‘xshash yo‘l bilan ajraladi. Bunda organizmning hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtga- cha saqlab qoladi.
B
T

3- rasm.

Bakteriofag virusi tuzilishi.
akteriya virusi
— bakteriofaglar- ning hujayraga kirishi biroz boshqacha- roq. Bakteriyalarning qalin hujayra qo- big‘i hayvon hujayralaridek oqsil-retsep- torli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasi- ga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan DNK (yoki RNK) itarib kiritiladi (3- rasm). Bakteriofagning genomi sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiya- si boshlanadi hamda oqsil sintezlanib, uning kapsidi shakllanadi. 0radan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bakteriya hujayrasi nobud bo‘ladi. Yetilgan fag zarrachalari esa tashqariga chiqadi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə