Sitologiya va genetika


Biologiyaning inson hayotidagi roli



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə3/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
9-sinf biologiya

Biologiyaning inson hayotidagi roli. Umumbiologik qonuniyat- lardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida xilma-xil muammolar yechimi- ni topishda keng foydalaniladi. Kelajakda biologiyaning amaliy ahamiyati yanada ortib boradi. Chunki yer yuzida aholining soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa aholini oziq-ovqat va kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyoji- ni ortishiga sabab bo‘lib boradi. Bu borada mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlarning yuqori mahsuldor shtammlari, navlari va zotlarini yaratish katta ahamiyat kasb etadi.

  1. Biologiya fanining o'rganish obyekti nimalar hisoblanadi?

  2. Biologiya fanlar sistemasiga qaysi fanlar kiradi?

  3. Biologiya fanining o'rganish usullari haqida ma’lumot bering.

H
Q Hayotning umumiy qonuniyat- lari
С Organizmlarning xilma-xilligi

ORGANIK OLAM HAQIDA MA’LUMOT

I bob
AYOTNING UMUMIY QONUNIYATLARI


  1. §. Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari

v i
Tirik organizmlar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ularning bar- chasi hujayraviy tuzilishga ega hamda o‘xshash kimyoviy ele- mentlar va moddalardan iborat. hujayra tiriklikning barcha xos- salarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik birlikdir.
organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Tirik organizmlarning muhim xossasi oziq va quyosh nuridan tashqi energiya man- bai sifatida foydalanishidir. Energiya bir organizmdan ikkinchi organizmga organik modda ko‘rinishida beriladi. organizmdagi moddalar almashinuvi asosini assimilyatsiya va dissimilya- tsiya jarayonlari tashkil etadi. Ba’zi bir moddalar organizm to- monidan o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar aksincha, tashqi mu- hitga chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.
Barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. oziqlanish tashqi mu- hitdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. ozuqa barcha tirik or­ganizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, modda va energiya almashinuv manbai hisoblanadi.
Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. energiya nafas olish ja- rayonida ozuqa moddalarning asosan kislorod ta’sirida parcha-
lanishidan ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizml arda keraksiz moddalar ham to‘planishi mumkin. Bun- day moddalar odatda zaharli moddalardir, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi. Tirik organizmlar o‘sadi va rivojlanadi. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizm­lar uchun xos xususiyatdir. O‘sish organizmlar tomonidan ozuqa moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi.
Organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘sim- liklarning quyosh nuri ta'siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo‘zg‘aluvchanlik xususi- yati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar o‘zini-o‘zi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruv- chan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab tu- rish, ya'ni gomeostaz bilan bog‘liq. Bunda tashqi muhitdan qan- daydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o‘zi- ning ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha mod­dalarni zaxira sifatida saqlashi mumkin.
Ko‘pincha biz turmushda hayot doimiy harakatda degan ibora- ni ishlatamiz. Haqiqatdan ham shunday. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa, barcha hayvonlar doimiy harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga ozuqa topish va xavf-hatardan saqlanishi uchun faol hara­katda bo‘lishi zarur. Harakatlanish — tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir.
O‘simliklar ham harakatlanish xususiyatiga ega. Ammo ular- ning harakati juda sekin ro‘y bergani uchun deyarli bilinmaydi.
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri ko‘pa- yishdir. Ushbu xususiyat tiriklikning eng zaruriy omili hisoblanadi va shuning uchun ham sayyoramizda hayot davom etib kelmoqda (1- rasm). Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan yana bir muhim xususiyat — irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga oshiradi. Irsiyat tufayli tur turg‘unligi ta'minlanadi. O‘zgaruvchanlik natijasida esa tur xilma-xilligi ortadi.
Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan nimasi bilan farq qiladi?
Tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari:
M
0rganizmlarning o‘zini-o‘zi tiklashi
jinsiy va jinssiz ko‘payish jarayonl arida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, tirik organizmlar ko‘pay- ganida odatda avlodlar ota-onalarga o‘xshash bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘payish organizmlarning o‘ziga o‘xshashlarni qayta tiklash xossasidir. Qayta tiklash tufayli nafaqat organizmlar, balki hujayralar ham ularning organoidlari (mitoxondriyalar, plas-
0DDALAR ALMASHINUVI
T
tidalar va boshqalar) bo‘linganidan keyin avvalgilarga o‘xshash bo‘ladi.
Shuningdek, o‘zini o‘zi tiklash barcha organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, u irsiy xususiyatlar bilan chambar- chas bog‘liq.
irik organizmlar jonsiz tabiatdan nimasi bilan farq qiladi? Jonsiz tabiatdagi jismlarga tashqi muhit ta’sir etganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
B
3.
4.
5.
rn
archa tirik organizmlar tuzilishidagi umumiylik nimadan iborat?
Tiriklikning asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi?
Modda va energiya almashinuvi deganda nima tushuniladi?
Nima uchun assimilyatsiya va dissimilyatsiya bir-biriga uzviy bog‘liq?
Nima uchun bir organizmdan ikkinchi organizmga energiya organik modda ko‘rinishida o‘tadi? Javobingizni izohlang.




  1. Yüklə 244,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə