Sitologiya va genetika


§. Tiriklikning tuzilish darajalari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə4/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
9-sinf biologiya

§. Tiriklikning tuzilish darajalari

Biologiya fanining so‘ngi yutuqlari tufayli tirik organizm­lar - hayot har xil darajada tuzilganligi aniqlandi. Tiriklikning tu­zilish darajalarini hozirgi zamon biologiya fani molekula, hujay- ra, organizm, populyatsiya-tur, biogeotsenoz va biosfera dara- jalariga bo‘lib o‘rganadi. Keling, quyida tiriklikning asosiy tuzilish darajalarini ko‘rib chiqaylik.
Molekula. Har qanday biologik sistema tuzilishi jihatidan qan- chalik murakkab bo‘lmasin makromolekulalar, ya’ni: oqsillar, nuk- lein kislotalar, lipidlar va uglevodlar kabi boshqa bir qator organik moddalardan iboratdir. Molekula bosqichida aynan tirik materiya uchun xos bo‘lgan quyosh nuri energiyasining organik modda- larda bog‘lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi, ya’ni modda va energiya almashinuvi, irsiy axborot berilishi boshlanadi.
H
ORGANIK OLAM HAQIDA MA'LUMOT

9

I BO'LIM
ujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligidir. Tiriklik tuzilishining hujayra darajasida irsiy
axborot berilishi, modda va energiya almashinuvi va tiriklikning bir butunligi ta'minlanadi. Hujayraviy tuzilish darajasiga ko‘ra barcha tirik organizmlar bir va ko‘p hujayralilarga ajraladi.
Organizm. Organizm mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. Ko‘p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to‘qima va organlardan tashkil topadi. Tiriklikning organizm darajasining birligi individ hisoblanadi.
Populyatsiya — tur. Bir tur arealida uzoq muddatdan beri yashab kelayotgan, boshqa populyatsiyalardan nisbatan alohida- lashgan, erkin chatishib, serpusht nasl beradigan individlar yig‘in- disiga — populyatsiya deyiladi. Populyatsiya — tur bosqichida dastlabki evo l utsion o‘zgarishlar kuzatiladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə