Sitologiya va genetika


II bob ORGANIZMLARNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə6/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
9-sinf biologiya

II bob

ORGANIZMLARNING XILMA-XILLIGI

Sayyoramizdagi tirik organizmlar nihoyatda xilma-xildir. Ular yer sharining turli joylarida tarqalgan. Hozir ko‘pchilik olimlar tirik- likni shartli ravishda ikkita guruhga: hayotning hujayrasiz va hu- jayraviy shakllariga ajratmoqda. Hayotning hujayrasiz shakllariga viruslar misol bo‘lsa, hayotning hujayraviy shakllari esa ikkita kat- ta dunyoga, ya’ni yadrosiz - prokariotlar va yadroli - eukariotlarga ajratiladi.



  1. §. Hayotning hujayrasiz shakllari

Viruslar. 1892- yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simli- gida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar bakteriyali filtrdan o‘ta olish xusu- siyatiga ega. Natijada sog‘lom tamaki o‘simligini filtrdan o‘tgan suyuqlik bilan zararlash mumkin. oradan bir necha yil o‘tgach F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil ka- salligini qo‘zg‘atuvchilar ham bakteriyali filtrdan o‘tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat, 1917- yil kanadalik bakterio- log F.de Erell bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o‘simlik, hayvon va mikroorganizm- larda viruslar kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar hayotning hujayra­siz shakllari, ya’ni yangi fan sohasi — virusologiya (viruslarni o‘rganuvchi) fanini vujudga kel ishiga sabab bo‘ldi.
Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi. Ular bir necha yuqumli kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizil- cha va boshqalar)ning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hu- jayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega emas (2- rasm). Viruslar hujayraviy tuzilish- ga ega organizmlardan farq qilib, o‘z metabolizimiga, ya’ni mus- taqil oqsil sintezlash xususiyatiga ega emas.
Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuk- lein kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mum­kin. Shunga ko‘ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi. Bakteriofag, adenovirus kabi viruslar DNK ga ega, en- sefalit, qizamiq, qizilcha, qutirish, gripp kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan viruslarda RNK bo'ladi. Viruslar nukleoproteinlar- ga o'xshash bo‘lib, ular nuklein kislota (DNK yoki RNK) va uning atrofini o‘rab turadigan virus qobig‘ini hosil qiladigan oqsillardan iborat. Virus qobig'i kapsid deb ataladi.

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya