Biokimyo pmd



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/273
tarix26.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#131048
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’IM VAZIRLIGI
R.A. Sobirova, O.A. Abrorov
F.X. Inoyatova, A.N.Aripov
BIOLOGIK KIMYO
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim
vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari
uchun darslik sifatida tasdiqlangan
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2006


A.A. XODJIMETOV,
TTA bioorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiri,biologiya
fanlari doktori, professor
R.S. SALIHOV,
O‘zR FAga qarashli biokimyo instituti Hujayra biologiyasi
laboratoriyasining mudiri. Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya
fanlari doktori, professor
Mazkur darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan lotin
grafikasida birinchi o‘quv adabiyoti bo‘lib, umumamaliyot shifokorlar
tayyorlashning zamonaviy konsepsiyasiga tayanilgan va biologik kimyo
fanining yangi rejasi asosida yozilgan. Darslikda oqsillar, nuklein kislotalar,
karbon suvlar va yog‘larning struktura va funksiyasi to‘g‘risida hamda fanga
oid bir qator yangi ma’lumotlar kiritilgan. Biokimyo fanining nazariy va
amaliy tibbiyotdagi ahamiyatini e’tiborga olib, darslikda karbon suvlar,
yog‘lar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvini buzilishida nasliy va
orttirilgan kasalliklar asoslari ko‘rib chiqilgan.
Darslik sog‘liqni saqlash ta’limi tizimida tahsil olayotgan bakalavr,
magistr va aspirantlar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek, barcha
yo‘nalishdagi shifokorlar uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-08-010-2
© R.A. Sobirova, O.A. Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik
kimyo». «Yangi asr avlodi», 2006 yil


3
KIRISH
Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning
kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zo
va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan.
Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam
va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga
bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan
barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning
turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar
organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul
qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari
murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul
qilishi kerak.
Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy,
umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga
bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan
muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak.
Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat:
1. Statik biokimyo.
2. Dinamik biokimyo.
3. Funksional biokimyo.
Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning
kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy
masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi.
Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan
boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan
barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi.


Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq
ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi.
Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va
zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi.
Agarda ilgari biologik kimyo o‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun
organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va
submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning
yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi
kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom
faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar
asoslari va boshqalar.
Tibbiyot institutlarida klinik biokimyo alohida o‘rin tutadi. Bo‘lajak
umumamaliyot shifokori patologik jarayon rivojlanishining
mexanizmlarini to‘liq o‘zlashtirishi muhim ahamiyatga ega. Turli
kasalliklar asosida metabolik jarayonlarning buzilishi yotadi. Sog‘lom
organizmda katabolizm va anabolizm jarayonlari uzviy bog‘langan.
Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib
keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa,
u yoki bu moddalarning to‘planishiga olib keladi va o‘z navbatida
to‘planish kasalliklarini rivojlantiradi (glikogenoz, sfingolipidoz va
boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o‘rinni egallaydi, chunki ularda,
hujayra genetik apparatida u yoki bu moddalar sintez nazoratining
buzilishi mavjud. Shuning uchun, bo‘lajak shifokor, tirik organizmda
ularning rivojlanish mexanizmini tushunish uchun biokimyoviy
jarayonlarni yaxshi bilishi kerak. So‘nggi paytlarda klinik biokimyo
jadal rivojlanmoqda, klinik laboratoriyalarda kasalliklarning kelib
chiqish sabablarini aniqlash uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tashxis
usullari takomillashtirilmoqda.


I BOB

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə