Biokimyo pmd


OQSILLAR VA ULARNING FUNKSIYASI



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/273
tarix26.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#131048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo (1)

OQSILLAR VA ULARNING FUNKSIYASI
Oqsillarning tirik tabiatdagi muhim ahamiyatini hisobga olib,
shuningdek, oqsillarning tirik organizm massasining yarmini tashkil
etishi va qator ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lishi, oqsil strukturasi va
funksiyasini tushunish, biologiya va tibbiyot uchun muhim
muammolarni yechishda asos bo‘lishi, tibbiyot institutlarida biokimyo
kursini o‘rganishni – shu sinf, organik moddalardan boshlashni taqozo
etadi.
Tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan turli-tuman va juda ko‘p
funksiyalarni oqsillar bajaradi, biz ularning ba’zilari bilan kursni
o‘rganish davomida tanishamiz.
Shved kimyog‘ari I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi organik
birikmalarni o‘simlik va hayvon to‘qimalaridan ajratib olib, uni
proteinlar
deb nomlagan (grekcha protos – birlamchi, muhim
demakdir).
Hozirgi tibbiyot adabiyotlarida azot saqlovchi yuqori molekulali
birikmalarni 
oqsillar 
deyiladi. Oqsil termini – tuxum oqsilini
qizdirilganda oq rang hosil bo‘lishiga asoslangan. Oqsillar har qanday
tirik organizm to‘qimasining asosiy qismi hisoblanib, to‘qimada
bo‘ladigan turli jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oqsillar tirik
organizmlar ham strukturasi, ham funksiyasining asosini tashkil etadi.
Molekulyar biologiya asoschilaridan bo‘lgan F.Krikning ta’biri
bo‘yicha, oqsillar juda muhim moddalar bo‘lib, turli funksiyalarni juda
yengil va nozik bajarishlari mumkin. Tabiatda taxminan 10
10
-10
12
turli
oqsillar bo‘lib, 10
6
turli tirik organizmlar, viruslardan boshlab
odamgacha, faoliyatini ta’minlab beradi. Bugungi kunda, ko‘p sondagi
tabiiy oqsillardan juda kam qismining tuzilishi va strukturasi aniqdir.
Har bir organizm o‘ziga xos oqsillar to‘plami bilan xarakterlanadi.
Fenotipik belgilar va funksiyalarning turli-tumanligi bu oqsillarning
spetsifikligi, ko‘pchilik holda multimolekulyar strukturaga ega bo‘lishi
bilan belgilanadi.
5


6
E.coli hujayrasida 3000 ga yaqin, odam organizmida esa 100000
dan ortiq turli xil oqsillar mavjuddir. Barcha tabiiy oqsillar ko‘p
bo‘lmagan oddiy struktur bloklardan tashkil topgan bo‘lib, monomer
molekulalar aminokislotalardan iboratdir. Aminokislotalar polipeptid
zanjirda bir-biri bilan bog‘langan. Tabiiy oqsillar 20 xil
aminokislotalardan tashkil topgan. Bu aminokislotalar turli ketma-
ketliklarda bog‘lanishlari mumkin. Shuning uchun ular, juda ko‘p
miqdordagi, turli-tuman oqsillarni hosil qiladilar. Ko‘rsatilgan sondagi
aminokislotalarni polipeptidda turlicha joylashtirish orqali har xil
izomerlarni hosil qilish mumkin. Agar 2 ta aminokislotadan faqat 2
izomer hosil qilish mumkin bo‘lsa, 4 aminokislotadan, nazariy jihatdan,
24 izomer hosil qilish mumkin. DNK molekulasida nukleotidlarning
ketma-ket joylashishi sintezlanayotgan oqsil polipeptid zanjiridagi
aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligini belgilaydi. Hosil bo‘lgan
polipeptid zanjiri funksional axborotga ega bo‘lib, unga mos ravishda
o‘z-o‘zidan stabil uchlamchi strukturaga ega bo‘ladi.
Oqsil inson organizmi massasining 25% gacha, quritilgandan keyin
esa 45-50% ni tashkil qiladi. Oqsillarning turli a’zo va to‘qimalardagi
miqdori turlicha bo‘ladi (1-jadval). Oqsil inson va hayvon
organizmlarida quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Strukturali funksiya – barcha to‘qimalar, hujayralar va
organoidlar oqsildan tashkil topgan. Bu yerda fibrillar oqsillar (kollagen,
keratin, elastin va boshqalar) muhim vazifani bajaradi.
2. Katalitik funksiya – organizmdagi biokatalizatorlar – fermentlar
oqsil tabiatiga ega va barcha biokimyoviy reaksiya sodir bo‘lishini
boshqaradilar, ya’ni reaksiyalar tezligini ma’lum tartibda borishiga va
boshqarilishiga imkon beradi.
3. Energetik funksiya – oqsillar oshqozon ichak traktida
parchalanib, oddiy aminokislotalar shaklida so‘riladi.
Aminokislotalarning ma’lum qismi oksidlanib energiya hosil qiladi.
4. Transport vazifasi. Oqsillar suvda, qonda yaxshi eriydigan
xususiyatga ega va suvda, qonda erimaydigan moddalar bilan kompleks
hosil qilib ularning eruvchanligini, tashilishini ta’minlaydi. Masalan:
qon plazmasi oqsili albumin yog‘ kislotalar, lipidlar, boshqa oqsillar
temir, mis, vitamin, gormonlarni nishon a’zolarga tashiydi.
5. Qisqaruv funksiyasi – mushak oqsillari tarkibiga kiruvchi aktin,
miozin, troponinlar qisqaruv qobiliyatiga ega. Bu oqsillar muskullar
tarkibiga kirib mexanik ish bajarishda qatnashadi. Qisqarish funksiyasi
sitoskelet oqsillariga ham xosdir, ular hujayra hayot faoliyati
jarayonlarini (mitoz jarayonida, xromosomalar ajralishida) ta’minlaydi.


7

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə