Biokimyo pmd


Oqsillarning fizik va kimyoviy xossalari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/273
tarix26.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#131048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo (1)

Oqsillarning fizik va kimyoviy xossalari
Oqsillar optik faol moddalar bo‘lgani uchun, ular qutblangan nur
sathini ma’lum burchak hosil qilib buradi. Oqsil eritmalari yorug‘lik
nurini sindirish, tarqatish, ultrabinafsha nurlarini yutish qobiliyatiga ega.
Oqsillarning bu fizik xossasidan foydalanib ularning miqdorini,
molekulyar massasini va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin.
Oqsillarning molekulyar massasi yuqori bo‘lganligi uchun eritilganda
kolloid eritmalar hosil qiladi. Oqsillar suvda eriganda suvning qutbli
molekulalarining oqsil zaryadiga qarama-qarshi joylashib suv qobiq‘i
hosil qiladi. Oqsilning suvdagi zarrachalari diametri 0,001 mkm dan
yuqori bo‘lgani uchun kolloid eritma hosil bo‘ladi va yorug‘lik sochish
(Tindal effekti) xususiyatiga ega bo‘ladi. Oqsillar molekulasi hayvon
va inson membranasining mayda teshiklari orqali o‘ta olmaydi.
Oqsillarning bu xossasidan foydalanib yarim o‘tkazgich
membranalar yordamida ularni kichik molekulali moddalardan tozalash
mumkin. Bu usul 
dializ
deyiladi.


17
Gidrofil kolloidlarning eng muhim xususiyatlaridan biri gel hosil
qilishdir. Kolloid zarrachalari o‘zaro yopishib to‘rsimon g‘ovak
struktura hosil qiladi. Hosil bo‘lgan struktura bo‘shliqlariga suv
molekulalari yig‘ilib oqsilni turli darajada bo‘ktirishi mumkin.
Oqsillarning molekulasida -NH
2
va COOH- guruhlari borligi uchun
amfoterlik xossasini namoyon qiladi. Oqsil molekulasida erkin karboksil
guruhi kislotali, aminogruppa esa asosli xossasini namoyon qiladi. Uni
quyidagicha ifodalash mumkin:
COO 
-
R
NH
3
+
Oqsil molekulasining zaryadi tarkibidagi zaryadlangan
aminokislotalarga bog‘liq. Monoaminomonokarbon aminokislotalar
oqsil molekulasiga neytral zaryad belgilaydi. Aksincha,
monoaminodikarbon aminokislotalar oqsil molekulasini manfiy
zaryadlaydi. Diaminomonokarbon aminokislotalar oqsil molekulasini
musbat zaryadlaydi.
Oqsil molekulasining zaryadi zaryadlangan guruhlarining yig‘indisi
bilan belgilanadi. Bir vaqtda erkin manfiy va musbat zaryad saqlagan
oqsillar 
amfoter
xususiyatga ega.
Erkin karboksil guruhning dissotsiatsiyalanish darajasi
aminogruppaga nisbatan ozgina yuqori bo‘lganligi uchun bu funksional
guruhlarning miqdori teng bo‘lganda oqsil molekulasining zaryadi
manfiy bo‘lishi mumkin. Eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasini,
ya’ni muhitning pH ko‘rsatkichini o‘zgartirish orqali oqsil
molekulasidagi amino- va karboksil guruhlarning dissotsiatsiyalanishini
kuchaytirish yoki pasaytirish mumkin.
Eritma pH ko‘rsatkichini o‘zgartirish yo‘li bilan oqsil molekulasining
zaryadini nolga keltirish mumkin, bunda oqsillar elektr maydonida anod
yoki katod tomon harakatlana olmaydi. Bu holat oqsilning 
izoelektrik
nuqtasi
deyiladi. Oqsil izoelektrik holatda bo‘lgan eritmaning pH
ko‘rsatkichini shu oqsilning izoelektrik nuqtasi (IEN) deb ataladi.
Oqsillar izoelektrik nuqtada eng beqaror holatda bo‘ladi. Turli ta’sirlar
yordamida oqsillar eritmadan juda oson cho‘kmaga tushadi. Shu usul
bilan turli biologik aralashmalardan oqsillarni toza holda ajratib olinadi.
Ya’ni izoelektrik nuqtada oqsilni cho‘ktirish qulay hisoblanadi (
4-jadval)
.


18

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə