Biokimyo pmd


Oqsillarni ajratib olish va tozalash



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/273
tarix26.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#131048
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo (1)

Oqsillarni ajratib olish va tozalash
Oqsillarni hayvonlar to‘qimasidan, makroorganizmlardan maxsus
usullar yordamida ajratib olinadi.
1. Oqsillarni ajratib olishda gomogenizatsiya usuli.
Oqsillarni hayvonlar to‘qimasidan, makroorganizmlardan ajratib
olish uchun avvalo to‘qimalar yaxshilab maydalaniladi, ya’ni
gomogenizatsiyalanadi. Bunda hujayra strukturasi buziladi oqsillar
eritmaga o‘tadi. Gomogenizatsiya qilish uchun quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1. Chinni hovonchada to‘qimani qum bilan ezish (maydalash).
2. Potter-Elvegay gomogenizatorida maydalash.
3. Sharsimon tegirmonchalarda maydalash.
4. Kuchli ravishda muzlatib, keyin eritish yo‘li.
5. Ultratovush ta’sirida maydalash.
6. Bosim ta’sirida (muzlatilgan to‘qimani mayda teshikli po‘lat
to‘rdan o‘tkazish).


31
7. Azot gazi yordamida (azot gazini bosim ostida to‘yintiriladi
keyin keskin bosim pasaytiriladi. Natijada azot hujayrani oson
parchalab oqsilni eritmaga o‘tkazadi).
Yuqoridagi usullar bilan hosil qilingan gomogenatdan oqsillarni
ajratib olish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Olingan
gomogenatni 8-10% li tuz eritmasida eritiladi. Oqsillarni
ekstratsiyalash uchun ko‘pincha ma’lum pHga ega bo‘lgan bufer
eritmalardan, organik erituvchilardan va ionsiz detergentlardan
foydalaniladi. Bu maqsadda organik moddalardan ko‘pdan beri ishlatib
kelinadigan eritmalar – glitserinning suvdagi eritmasi, saxaroza
eritmasi, limon kislota va borat bufer aralashmalar, tris-bufer
eritmalardan foydalaniladi.
Qon zardobi oqsilini ajratish uchun etil spirti, atseton, butil spirti
ta’sirida cho‘ktiriladi. Gomogenatdan toza holda oqsillarni olish uchun
har xil detergentlar ishlatiladi. Ular oqsil-yog‘ kompleksini va oqsil-
oqsil bog‘larini yaxshi parchalaydi. Oqsillarni (fermentlarni)
tozalashda mitoxondriya biomembranasi bilan yoki hujayra
organoidlari bilan mustahkam birikadigan modda triton X-100, natriy
dodetsilsulfat va natriy dezoksixolat ishlatiladi. Bu detergentlar oqsil-
oqsil komplekslarini parchalaydi va oqsillarning to‘rtlamchi
strukturasini buzadi.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə