Biokimyo pmd



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/273
tarix26.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#131048
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo (1)

3-rasm. 
A. Peptid sintezi B.Peptid bog‘i mezomeriyasi
Undan tashqari aminokislotalar sis- va trans- izomer shaklda ham
uchraydi. Fazoda aminokislotalar o‘zaro vodorod bog‘i hosil qilish
xossasiga ega. Oqsil molekulasida polipeptid zanjirining -NH
2
tutgan
oxiriga N- oxiri va -COOH tutgan oxiriga esa C-oxiri deb ataladi.
N - oxirgi aminokislota qoldig‘ini Sanger va Edman usullari bo‘yicha
oqsil dinitroftorbenzol (DNFB) bilan reaksiyaga kiritiladi. Bu reaktiv
erkin holdagi aminoguruh bilan reaksiyaga kirishadi va DNF-oqsil
birikmasini hosil qiladi.


21
Hosil bo‘lgan DNF-oqsil gidrolizlanganda N-oxirgi aminokislota
qoldig‘i ajralib chiqadi. Shunday qilib, oqsilning birlamchi strukturasini
o‘rganish mumkin.
Edman usuli bo‘yicha oqsil fenilizotiotsionat reaktivi bilan
reaksiyaga kiritiladi. Fenilizotiotsianat oqsilning N - oxirgi
aminokislotasi bilan birikadi.


22
Hosil bo‘lgan birikmaga suvsiz HCl ta’sir ettirilsa oxirgi
aminokislota feniltiogidantoinga aylanadi. Oqsil molekulasining qolgan
qismi erkin holda ajralib chiqadi.
C-oxiri aminokislota qoldig‘ini aniqlashda yapon olimi Akabori
tomonidan gidrazinoliz usuli taklif etilgan. Bu usul bo‘yicha oqsilga
gidrazin ta’sir etib, hosil bo‘lgan birikmani dinitrobenzol bilan
reaksiyaga kiritiladi.
Hosil bo‘lgan aminokislota gidrozidi ikki molekula DNFB bilan va
C-oxiri aminokislota esa bir molekula DNFB bilan birikadi.
DNF aminokislota gidrazidi DNF aminokislotadan sirka - etil-efir
yordamida ekstraksiya qilib ajratib bo‘linadi. DNF-aminokislota
xromatografik usul bilan aniqlanadi.
Oqsillardagi C-oxirgi aminokislotani karboksipeptidaza fermenti
yordamida aniqlanadi. N- va C-oxirgi aminokislotalar aniqlangandan
keyin ularning miqdoriga qarab oqsil molekulasi polipeptid zanjiridagi
aminokislotalar soni aniqlanadi. Oqsil molekulasidagi polipeptid zanjiri
yoyilgan hamda o‘ralgan holda bo‘ladi.
O‘ralgan polipeptid zanjirini ayrim qismlari o‘zaro disulfid (S-S)
bog‘i yordamida bog‘lanadi (4-rasm). Masalan: ribonukleaza bitta
polipeptid zanjirdan tashkil topgan oqsil bo‘lib, 4 joyidan disulfid
bog‘lar orqali bog‘lanadi. Disulfid bog‘lar oksidlanish va qaytarish
reaksiyasi yordamida isbotlanadi.


23

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə