Sitologiya va genetika


Zamburug‘larning ahamiyati



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə13/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
9-sinf biologiya

Zamburug‘larning ahamiyati. Ular tabiatda keng tarqal- gan va katta ahamiyatga ega bo'lib, moddalar aylanishida ishti- rok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o'simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zambu- rug'lar ishtirokida boradi.
Mikoriza — yuksak o'simliklar ildizi bilan zamburug'larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko'pchi- lik o'simliklar tuproqdagi zamburug'lar bilan ana shunday hamkor- likda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko‘ra ikki asosiy turi ajra- tiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o'simlik ildizining uchki qismini zich g'ilof ko'rinishida zamburug' mitselliysi o‘rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug' ildizning ichki to'qimalariga kirib oladi.
Тashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug' daraxt ildizidan karbon suv va vitaminlarni o'zlashtiradi. Shu bilan birga tuproq gumusi
tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislota- larning bir qismi o'simlik tomonidan o'zlashtiriladi. Bundan tash- qari zamburugi daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshirib, unumsiz tuproqlarda o'sayotgan o'simlik uchun muhim ahamiyat- ga ega bo'ladi. Ichki mikoriza ko'pincha o't o'simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi bir zamburug'lar parazit organizmlar sifati- da o'simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug'lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zam- burug'larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, shuningdek, achitqilardan esa turmushda keng foydalaniladi.
Lishayniklar. Lishayniklar tirik organizmlarning o'ziga xos guruhi bo'lib, zamburug'lar va bir hujayrali suv o'tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan organizmlardir (13- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek, vegetativ yo'l bilan ko'payadigan avtotrof organizm­lardir. Lishayniklar tashqi ko'rinishiga ko'ra uchta turga bo'linadi (14- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon.
L
С


Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə