Sitologiya va genetika


Mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari



Yüklə 244,49 Kb.
səhifə87/100
tarix22.12.2023
ölçüsü244,49 Kb.
#154335
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
9-sinf biologiya

Mutatsiyalarning paydo bo‘lish darajalari. Mutatsiyalarning paydo bo'lish darajalariga qarab gen va xromosoma mutatsiyalari- ga ajratiladi. Bir gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotid- larning o'zgarishi yoki almashinishi bilan bog'liq mutatsiyalar gen yoki nuqtali mutatsiyalar deb ataladi. Ular oqsillar tuzilishiga
o'zgarishlar kiritadi, ya’ni polipeptid zanjirdagi aminokislotalarning ketma-ketligi yangilanadi va shu bilan oqsil molekulasining funk- sional faolligini o'zgartiradi.
Xromosoma tuzilmasining o'zgarishi xromosoma mutatsiya- si deb ataladi. Bunday mutatsiyalar xromosomaning ma’lum bir qismining yo'qolishi tufayli vujudga keladi.
Ayrim hollarda xromosomadan ajralgan qism gomologik bo‘l- magan xromosoma bilan birikib, genlarning yangi kombinatsiyasi- ni paydo qiladi va ularning o‘zaro ta’sir xarakterini o'zgartiradi.
Urug'lanish davrida bunday gametalarning normal gaploid gameta bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan zigotada mazkur turga xarakterli bo'lgan diploidli to'plamga nisbatan xromosoma­lar soni bittaga ko‘p yoki kam bo'ladi. Bunday holatlarda genlar muvozanatining buzilishi organizm rivojlanishining buzilishiga olib keladi.
Sodda hayvon va o'simliklarda ko'pincha xromosomalarning gaploid to'plamga nisbatan karra ortishi kuzatiladi. Xromosoma­lar to'plamining bunday o'zgarishi poliploidiya deb ataladi. Poli- ploidiyaning darajasi har xil bo'ladi. Sodda hayvonlarda xromo­somalar soni bir necha yuz barobarga ko'payishi mumkin. Poli­ploidiya hodisasi yuksak o'simliklarda keng tarqalgan. Kariotipda xromosomalar sonining ko'payishi bilan organizmning genetik barqarorligi ortadi, mutatsiya jarayonida hayotchanlikning pasa- yishi xavfi kamayadi. Poliploidiya organizmlarning hayotchanligi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini oshiradi. O'simlikshunos- likda poliploidiyadan keng foydalaniladi. Chunki madaniy o‘sim- liklarning sun’iy olingan poliploid navlari yuqori hosildorligi bilan farqlanadi (167- betdagi 60- rasm).

Yüklə 244,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə