Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 427,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü427,98 Kb.
#110806
1   2   3   4   5   6
53 Sultonova Ugilshod Saitmuradovna 426-431

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
430 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
biz Boburning nafaqat jismonan balki ma’nan ham yetuk inson ekanligiga amin 
bo’lamiz. U opasi bo’mish Xonzoda begimning xohishiga qarshi borolmaydi chunki 
bu yerda ko’ngil ishi turganini u ich-ichidan his qila oladi va yagona egachisining 
baxtli bo’lishini har nedan ko’p xohlardi. 
Asar 
davomida 
Xonzoda 
begim 
tomonidan 
ko’rsatilgan 
ko’plab 
qahramonliklarga duch kelishimiz mumkin. Ulardan biri, Bobur Samarqandda hayot 
va o’lim orasida behush bo’lib yotgan paytida bundan xabar topgan Andijon qal’a 
himoyachilarining bir qismi fitnachilar tomonga o’tib ketadi, aynan shu paytda 
Andijonga yov bostirib kelayotganini ko’rgan Xonzoda begim erkakcha to’n va bo’rk 
kiyib, beliga kamar bog’lab, xanjar osib hayot- mamotlari qil ustida turgan qal’a 
himoyachilariga ko’makka boradi. Bu harakati bilan u xatto ko’p yigitlarning 
qo’lidan kelmaydigan qahramonlikka qo’l urib oz sonli jangchilar bilan qal’ani 
himoya qilishga urinadi. Xonzoda begimni biz To’marisga qiyoslasak bo’ladi, chunki 
har bir o’zbekda Amir Temur,Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo, Alisher Navoiy, 
To’maris, Bibixonimlarning qoni oqmoqda ekan, har bir o’zbek o’g’il va qizlari o’z 
yurti uchun Xonzoda begim kabi jonini garovga qo’yib bo’lsa ham o’z yurtini 
himoya qilishga tayyordirlar. 
Asar davomida Xonzoda begim inisi Boburni va oila a’zolarini himoya qilib 
Samarqanddan sog’-salomat chiqib olishlari uchun o’z orzulari va baxtini qurbon 
qiladi va yovuz shoh bo’mish Shayboniyxonga turmushga chiqadi. “Yulduzli yunlar” 
asari bunday qahramonliklarga juda boy asardir. Lekin ulardan eng ta’sirli 
qahramonlik Xonzoda begimning o’g’li bo’lgan Hurramshoh tomonidan ko’rsatilgan 
bo’lib hali 10 ga ham kirmasdan tog’asi Bobur uchun o’z jonini xatarga qo’yib 
jangga kiradi va bir daydi o’q tufayli vafot etadi. 
Bobur garchi bobosi Amir Temur davlatini qayta birlashtirolmagan bo’lsada 
Hindistonda tinch va osuda hayot tarzili davlatni tuzishga muvaffaq bo’ladi. Bu 
haqida ko’plab atoqli olimlar va yozuvchilar o’z fikrlarini bildirib o’tishgan: Rumer 
Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon 
mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz saltanatining sultoni, buyuk imperatori 
darajasiga koʻtarildi. Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik 
bilan idora qildi. Bu oʻlkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk 
sulolaga asos soldi”. 
XULOSA 
Adib asarning oxirini ham ta’sirli qahramonliklar bilan yakunlagan. Asarning 
oxirida Bobur o’g’li Humoyunni dardini o’ziga oladi va shu kundan boshlab 



Yüklə 427,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə