Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7



Yüklə 427,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü427,98 Kb.
#110806
1   2   3   4   5   6
53 Sultonova Ugilshod Saitmuradovna 426-431

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
"Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu 
ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu 
majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
428 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid 
tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha 
zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Bobur mirzo temuriylar 
sulolasini 
halokatdan 
qutqarib, asrdan-asrga, 
mamlakatdan-mamlakatga 
olib 
o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi 
o‘sha yillardayoq dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi", deb yozadi adib 
roman so'zboshisida. Bu asar Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib 
ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, 
bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks 
ettirilgan. 
voqealari orqali 
Roman 
o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, 
fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida 
behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli 
va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani 
bilan tanishadi. Roman ikki qismdan iboratligi, birinchi qismda Movarounnahr 
voqealari, ikkinchi qismda Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan hodisalar 
aks etishini Bobur shaxsiyati birlashtiradi. Syujet, kompozitsiya va qahramon 
hayotining bunday dedektiv xususiyati qiziqarli va nishob ekanligi uning o’ziga xos, 
ziddiyatli dialoglar, nafis, halokatli tasvirlar va psixologik monologlarni kashf qiladi. 
Avvalgi muvaffaqiyatsizlik va keyingi muvaffaqiyatlarning sabablari yorqin
ko’rsatiladi. 
Adib 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish, 
Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida 
hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“romanini yozgan.„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir 
necha tiliga, jumladan, rus,qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, urdu, turkman, hind hamda 
bengal tillariga tarjima qilingan.
Zahiriddin Muhammad Bobur 14 fevral 1483-yildaAndijonda tugʻilgan va Amir 
Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning eng katta o’g’il 
farzandi edi. Boburning onasi — Qutlug‘ Nigorxonim o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, 
Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida 
unga hamrohlik qilgan. Bobur otasi Umarshayxning erta o’limi tufayli 12 yoshda 
taxtga chiqdi.
Boburning birgina maqsadi bobosi Amir Temur barpo etgan davlatni qayta 
tiklash va u bu yo’lda avvalo ko’hna shahar Samarqandni bosib olishga harakat qila 
boshladi. Samarqandni qo’lga kiritish yo’lida olib borilgan bir nechta janglardan 
so’ngina Bobur Samarqandni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi.



Yüklə 427,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə