Soliqlar va soliqqa tortish” ta'lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun “Moliyaviy tahlil” fanidan 1-joriy nazorat uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarish yuzasidan yo‘riqnoma



Yüklə 56,72 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü56,72 Kb.
#165875
növüReferat
1   2   3   4   5   6
SST-01-21 JN topshiriqlari va yo'riqnoma 1 semestr (1)

3. Ustuvorliklar. Mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishda fanga oid mahalliy va xorijiy adabiyotlardan keng foydalanish, ilmiy maqola va tezislardan iqtiboslar keltirish, qonun hujjatlari, prezident asarlariga murojaat qilish, xo‘jalik yurtuvchi sub'ektlar faoliyati misolida vaziyatli masalalar tuzishga alohida e'tibor qaratish lozim. Test, glossariy va krossvord (ko‘rgazmali material yoki biror amaliy keys) tuzishda kreativlik, talabaning ijodiy yondashuvi, originalligiga ustuvorlik beriladi.
4. Mustaqil ta'lim topshiriqlarining har bir qismi alohida fayllarda, titul qilingan holda talabaning guruhi, ismi va sharifi bilan nomlangan holda 1 ta papkada umumlashtirilib (Zip fayl) topshiriladi.
5. Baholash mezonlari. Mustaqil ta'lim topshiriqlarining har bir qismi 5 balldan baholanadi. Bunda har bir topshiriqning bajarilganligi va texnik talablarga javob berishiga 3,5 ball, ustuvorliklarning mavjudligiga 1,5 ball ajratiladi. Har bir topshiriqdan maksimal 5 ball to‘planib, 3 ta topshiriq bo‘yicha umumiy 15 ball to‘plash mumkin.
Mustaqil ta'lim topshiriqlarini himoya qilish – 15 ball. Bunda talaba bilan savol-javoblar mustaqil ta'lim topshiriqlari hamda fan bo‘yicha ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda o‘tilgan mavzular doirasida amalga oshiriladi. Professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning ijodiy yondashuv darajasi yuqori, boshqa manbalardan ko‘chirilmagan, original, barcha talablarga javob beradi deb topilgan mustaqil ishlarga qo‘shimcha savol-javoblarsiz yuqori ball qo‘yilishi mumkin.
6. Ogohlantirish. Mustaqil ta'lim topshiriqlari bo‘yicha berilgan variantlardagi mavzular bir xil yoki o‘xshash bo‘lganda, talabalar tomonidan ko‘chirmachilik holatlari (ko‘pi bilan 70 foizgacha o‘xshashlik bo‘lishi mumkin) aniqlansa, o‘sha topshiriq bo‘yicha talabaga 0 ball qo‘yiladi!!!

SST-01-21 akademguruh talabalari uchun “Moliyaviy tahlil” fanidan


1-semestr 1-joriy nazorat doirasida mustaqil ta'lim
TOPShIRIQLARI
1-variant
1. Moliyaviy tahlilning predmeti va ob'ektining tavsifi va tasnifi.
2. Moliyaviy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish.
3. Buxgalteriya balansi bo’yicha mоl – mulk tarkibining tahlili



Yüklə 56,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə