Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 30,12 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü30,12 Kb.
#146826
  1   2   3
Mavzu Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmag-fayllar.org


Mavzu: Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan hisobotlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH ” KAFEDRASI
‘‘AUDIT ”

FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


MAVZU: Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi
Bajardi:IX-50-2 guruhi IV-kurstalabasi Fozilov Bobur Shuhrat O’g’li
TOSHKENT – 202


Mavzu: Auditor xulosalarini ko‘rib chiqish. Auditdan o‘tkazilmagan hisobotlar.
Reja:
Kirish

1.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi


2.Auditorlik xulosasi.
3.Auditdan o‘tkazilmagan hisobotlar.
Adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo`limlari bo`yicha o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi. Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;


- aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
- auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;
- faoliyat ko`rsatayotgan korxona prinsipi bilan bog`liq omillarni baholash;
- buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
- hisobot tuzilganidan so`ng sodir bo`lgan hodisalarni baholash;
- tekshiruv natijalari bo`yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
- auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o`tkazish mobaynida asosan tekshirilayotgan xojalik yurituvchi subyektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar. Ta'kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xojalik yurituvchi subyekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma'lum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.


Yüklə 30,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə