Soliqqa tortish


) m oliyaviy faoliyatdan daromadlar



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

3) m oliyaviy faoliyatdan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibiga 
quyidagi daromadlar kiritiladi:
a) olingan royalti;
94


b) 
0 ‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqari- 
da boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulushli 
ishtirok etishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar hamda mikrofirma va kichik korxonaga tegish­
li boTgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha daromadlar;
d) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan 
daromad (maija);
e) chet el valutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi 
farqdan daromadlar;
f) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga 
qo‘yilgan mablagTami qayta baholashlami o ‘tkazishdan 
daromadlar;
g) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar.
4) favqulodda daromadlar.
Tovarlar (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish) bepul 
berilganda soliq solish obyektiga ularning qiymati ham ki- 
ritiladi, bu qiymat ulami ishlab chiqarishga ketgan amalda- 
gi xarajatlardan, mol-mulk bepul berilganda esa balansda 
qayd etilgan qoldiq qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra soliq solinadigan yalpi tushum 
hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi tushum sifatida 
qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu 
jumladan, aksiyalami (ulushlami) joylashtirish bahosining 
ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq 
summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birgalikdagi 
faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag'- 
lar;
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda 
(chiqarilayotganda), shuningdek, tugatilayotgan yuridik 
shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) 
o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitali­
ga) hissalar doirasida olingan mablagTar (mol-mulk yoki 
mulkiy huquqlar);
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mul- 
kidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘- 
lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishti- 
rokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablagTar 
(mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
uchun oldindan haq toTash (bo‘nak) tariqasida boshqa
95


shaxslardan olingan mablagTar (mol-mulk yoki mulkiy 
huquqlar);
5) mulk huquqi ularga o‘tgan paytga qadar majburiyat- 
lami qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash sifatida garov 
yoki zakalat tarzida olingan mablagTar (mol-mulk yoki 
mulkiy huquqlar);
6) budjetdan berilgan subsidiyalar;
7) agar mablagTami (mol-mulkni yoki mulkiy huquq- 
lami) o‘tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Prezidenti yoki 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshi- 
rilsa, tekin olingan mablagTar (mol-mulk yoki mulkiy 
huqlar), ishlar va xizmatlar;
8) olingan grantlar;
9) aksiyador - yuridik shaxsning o‘tgan yillaming taq- 
simlanmagan foydasi ustav fondini (ustav kapitalini) 
ko‘paytirishga yo'naltirilganda qo‘shimcha aksiyalaming 
qiymati yoki aksiyalaming nominal qiymatini ko‘paytirish 
tariqasida ohngan daromadlari;
10) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni 
(sug'urta summasi) tariqasida olingan mablagTar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachi- 
lik va topshiriq shartnomalari yoki vositachilik xizmatlari 
ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo'yicha majburiyat- 
lami bajarish munosabati bilan, shuningdek, vositachi yoki 
boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud o‘zga 
ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlami 
qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan 
mustasno);
12) obyekt qiymatining ijaraga bemvchi (lizing beruv- 
chi) tomonidan olingan ijara (lizing) toTovining bir qismi 
tarzida qoplanishi;
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv 
tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shu­
ningdek, mazkur vositalardan foydalanishga va ulaiga xiz­
mat ko'rsatishga doir xizmatlar;
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektining 
muassislaridan (ishtirokchilaridan) ulaming majburiyatlari- 
ni bajarish uchun olingan mablagTar. Ixtiyoriy tugatish 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan 
yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tik-
96


langan taqdirda ushbu mablagTar soliq solish obyektiga ki- 
ritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
15) 
investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha 
vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan shartnomaga 
muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan 
mol-mulk.
Balansning valuta moddalarini qayta baholash chog‘ida 
kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o'rtasidagi saldo soliq solish 
obyekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs 
farqi summasidan ortiq boTgan taqdirda oshib ketgan 
summa yagona soliq toTovini hisoblab chiqarishda soliq 
solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Soliq kodeksining 356-moddasiga ko‘ra soliq solinadi­
gan bazani aniqlash uchun yalpi tushum summasidan 
quyidagilar chegirib tashlanadi:
1) davlat qimmatli qog'ozlari bo‘yicha daromadlar;
2) toTov manbayida soliq solinadigan dividendlar va 
foizlar tariqasida olingan daromadlar;
3) dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxs- 
dan olingan boTsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga 
(ustav kapitaliga) yo'naltirilgan daromadlar. Muassislar 
(ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqib ketgan- 
da) yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki 
imtiyoz qoTlanilganidan so‘ng bir yil ichida uning ishtirok­
chilari o'rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan 
bazadan chegirilgan daromadlarga toTov manbayida umu­
miy asoslarda soliq solinadi;
4) hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi daromad­
lar. Mazkur daromadlarga ular qaysi davrda paydo boTgan 
boTsa, o'sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar 
va boshqa majburiy toTovlar bo'yicha o'tkazilgan hisob- 
kitoblar inobatga olingan holda soliq solinishi kerak;
5) ko'p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar 
uning qiymati tovarlami (ishlar va xizmatlami) realizatsiya 
qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan 
bo‘Isa;
6) mahsulot yetkazib beruvchilaming siylovi (skidka) 
tariqasida va asosiy vositalami tugatish (hisobdan chiqarish) 
natijasida olingan boshqa daromadlar.
Chegirmalardan tashqari soliq solinadigan baza quyi­
dagilar uchun kamaytiriladi:
4 - 4 7 7 7
9 7


1) avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun:
— jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 
summasiga;
— benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning avtomobillarga 
yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan eng yuqori 
ustam adan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi 
o ‘rtasidagi mahalliy budjetga o ‘tkazilishi lozim boTgan farq 
summasiga;
2) lotereya o ‘yinlarini tashkil etish b o ‘yicha faoliyatni 
amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun — yutuq 
(mukofot) fondining summasiga, biroq tarqatilgan chipta- 
larga chiqqan yutuqlam ing (m ukofotlarning) umumiy sum- 
masidan ortiq boTmagan miqdoriga;
3) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan 
biijaga oTkaziladigan vositachilik yigTmi summasiga;
4) vositachilik, topshiriq shartnom asi b o ‘yicha vosi­
tachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — 
realizatsiya qilingan tovar ulushida tovarlam i im port qilish- 
da toTangan bojxona toTovlari summasiga;
5) yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, lekin soliq 
solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga. Soliq solinadi­
gan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalam i foy- 
dalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil 
mobaynida amalga oshiriladi;
6) yosh oilalar jum lasidan boTgan xodimlarga ipoteka 
kreditlari bo’yicha badallar toTashga va (yoki) mulk qilib 
uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablagTar summasiga, 
lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 10 foiziga.
Yagona soliq toTovini yuridik
belfi-
langan soliq stavkalandan kelib 
chiqib hisoblaydilar. Yagona soliq toTovi stavkalari 2009-yil 
uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 
29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
boTib, u quyidagi 3.2.1.1-jadvalda tabaqalashtirilgan.
Bundan tashqari, alohida toifadagi korxonalar jum lasi- 
ga kimvchi lotereyalar o ‘yinlarini tashkil etish b o ‘yicha 
faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar soliq solinadigan 
bazaga nisbatan 33 foiz, xususiy amaliyot bilan shug‘ullana- 
digan notariuslar 50 foiz stavka miqdorida soliqqa tortiladi- 
lar.



Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə