Sotsial psixologik treningni asosiy etaplari



Yüklə 58,17 Kb.
səhifə1/8
tarix21.06.2023
ölçüsü58,17 Kb.
#118349
  1   2   3   4   5   6   7   8
Qosimov Sirojiddin Psixologik trening asoslari

Buxoro davlat uneversiteti tarix va yuridik fakulteti 5-2 PSI 21 guruh talabasi Qosimov Sirojiddinning Psixologik trening asoslari fanidan mustaqil ishi

Mavzu: Sptning asosiy bosqichlari va etaplari

Reja:

Sotsial psixologik treningni tashkil qilish.

Sotsial psixologik treningning asosiy bosqichlari.

  • Sotsial psixologik treningni asosiy etaplari.

Sotsial psixologik treningni tashkil qilish va paydo bo’lishi. Sotsial psixologik treningni asosiy usullari. Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.

Guruhni tashkil etish yoki yig’ish bosqichi.

Boshlang’ich bosqich.

Ishni olib borish bosqichi.

  • Yakunlash bosqichi.

Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:

Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.

Guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul.

Ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).

  • Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi

Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e’tibor berish lozim bo’ladi:

Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim. Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyastiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga xalaqit bermasligi kerak.


Yüklə 58,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə