Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

«Pedagogik texnologiya
— psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi
bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalaming maxsus
to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham
bildiradi» (B.Lixachev).
«Pedagogik texnologiya
— o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy
texnikasi» (V.P. Bespalko).
«Pedagogik texnologiya

rejalashtirilgan o ‘qitish natijalariga erishish
jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov).
«Texnologiya

ishlov berish, holatni o ‘zgartirish san'ati, mahorati,
malakasi va metodlar yig‘indisi» (V.M. Shepel).
«Pedagogik texnologiya
— talaba va o ‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish
orqali o ‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o ‘tkazish bo'yicha ular
pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir.» (V. M. Manaxov).
«Pedagogik texnologiya
— bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini
ko‘zlagan o ‘qitish va bilimlarni o ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va
inson omillarida va ulaming birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish
va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO).
«Pedagogik texnologiya

pedagogik maqsadlarga erishishda
foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda
boMishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Clarin).
«Pedagogik texnologiya

o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha
ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi».(G.K.
Selevko).
Texnologiyalar va pedagogik texnologiyalarga quydagicha ta’riflar berilgan:
- “Faoliyatda, biror ishda, mahoratda, san’tda qo’llaniladigan usullar
yig’indisidir” ( Izoxli lug’at ta’rifi)
- “Texnologiya – ishlov berish, axvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati,
metodlari yig’indisidir” ( V. M. Shepelh)


11
- “Pedagogik texnologiya ta’limni rejalashtiriladigan natijalarga erishish jarayoni
tafisloti” ( I. P Volkov ta’rifi)
- “Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi” ( M.
Chorshanov ta’rifi)
-
“Pedagogik texnologiya- muayyan vaziyatlarda pelagogik maslaxatlarni
yechishning optimal usuli” ( A. Kushnir)
- “ Aniq natijani qo’lga kiritishga yo’naltirilgan aniq faoliyat” ( V. P. Yudin
ta’rifi)
- “O’qituvchining
mahoratiga 
bog’liq 
bo’lmagan 
holda 
pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlaydigan, ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirish jarayonning
loyixasidir” ( V.P. Bespalhko ta’rifi)
- “O’qituvchining o’qitish ( tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchilarga
muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish xamda mazkur faoliyatning maxsuli
sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakillantirish jarayonidir” (N.
Saidaxmedov ta’rifi.)
Texnologiya va pedagogik texnologiyaga berilgan tahrif mazmunidan mahlumki
mahorat sanhat bilan ta’lim jarayonini tashkil etish boshkarish amalga oshirish
ma’nolari kelib chikadi.
Faqat, V.P.Bespalkoning ta’rifida pedagogik texnologiyani o’qituvchining
mahoratiga bogliq bo’lmay ammo pedagogik jarayonning ijobiy muvaffaqiyatli
bo’lishini taminlashini, ta`lim oluvchilar shaxsini esa ijobiy tomonga shakllantirishini
ta’kidlagan. Bizningcha, olim Ta`lim beruvchimahoratiga bogliq bo’lmay deganda
mulhtimediyani nazarda tutgan bo’lsa ajab emas. Chunki, mulhtimediya asosida dars
o’tish jarayonida Ta`lim beruvchiboshqaruvchi rolini o’taydi, asosiy vazifani, dars
loyixasini mulhtimediya (ovozli, rejali, ko’rgazmali, ma’lum bir soatga muljallangan,
DTS ga mos keladigan dars shakli) boshqaradi ya’ni dars mulhtimediya asosida
tashkil etiladi. Unda Ta`lim beruvchideyarli boshqaruvchi rolini o’taydi va passiv
ishtirok etadi.Ta’kidlash joizki mulhtimediya asosida o’tilgan darslar yuqori saviyada
bo’ladi.Unda ta`lim oluvchilarning ilmiy saloxiyati, bilish faoliyati shakllanadi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi turli davrlarda turlicha
ko’rinishlarda bo’lagan.
Masalan, pedagogik texnologiya-1940-1950-yillarda “ta’lim texnologiyasi”deb
nomlanib ta’lim jarayonida texnik vositalardan (diafilm kineskop magnit metalari va
boshqalar) dan foydalanib dars o’tishga nisbatan pedagogik texnologiya deb atalgan.
1950-1970-yillarda bilimlarni o’zlashtirishning barcha tomonini qamrab olib
kompleks integrativ jarayonga nisbatan qo’llanilgan ta’lim turiga pedagogik
texnologyalar deb atalgan.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deb ta’limning komphyuterli va
axborot texnologiyalarini yaratish va dars jarayonida ulardan foydalanishga nisbatan
aytiladi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar bu ta’lim jarayonini tubdan islox
etish, yangicha shakl, usul, vositalar asosiga qurish boshqarish va tashkil etishning
mexanizmi va loyixasidir.


12
Klaster usulining mazmuniga ko’ra texnologiya va pedagogik texnologiyani
quyidagicha izoxlash mumkin.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə