Soxibaxon ped texnologiya doc


Ta’lim texnologiyasi asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlar an’anaviy



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Ta’lim texnologiyasi asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlar an’anaviy
pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko'ra farq qiladi:
-
mashg'ulotlar ta`lim oluvchi-talabalarning o'quv maqsadlarini oydinlashtirishdan
boshlanadi;
- ta’lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo'ljallab tashkil etiladi;
- har bir ta`lim oluvchi-talaba o'z faoliyati xususiyatlariga mos keladigan sur'atda
ishlaydi;
- jamoa a’zolarining har bin o'zlari erishgan natijadan tez-tez ogohlantirib turiladi;
- erishilgan natija ta ’limning har bir bosqichida etalonga birlashtirib turiladi;
- natija ta`lim oluvchi-talabalaming asosiy o'quv maqsadlariga ko'ra aniqlanadi;
- o'quv materialini to'liq o'zlashtirgan
ta`lim oluvchi-talaba keyingi mavzuni
o'rganishga o'tadi;
- etalondan past o'zlashtirgan ta`lim oluvchi-talabalar uchun ta ’lim o'xshash
sharoitlarda takrorlanadi;
- ta`lim oluvchi-talaba uchun o'qish-o'iganish harakatiga teng maqsadlami amalga
oshirishdan boshlanadi;
- ta`lim oluvchi-talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga — bilimlarga,
undan umumiy o'quv maqsadiga qarab boradi;
- harakatga teng maqsaddan umumiy o'quv maqsadiga qarab borish o'qish-
o'rganishning sikliyligini ta ’minlaydi;


62
- yakuniy (nazorat) baho o'quv kursi to'liq o'rganilgach chiqariladi.
Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzakilikda emas, balki rejalashtirilgan
natijani amalga oshirish imkonini, beruvchi konstruktiv, ko'rsatmali sxemada o'z
ifodasini topadi. Maqsadga yo'naltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshiruv,
ta’limni alohida o'rgatuvchi epizodlarga bo'lish, o'quv jarayonining barcha
bunday qirralarini bugungi kunda ta ’limni qayta ishlab chiqish sikli g'oyasiga
mujassamlashtirish imkonini tug'diradi.
U asosan o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- ta’limda umumiy maqsadning qo'yilishi;
- tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o'tish;
- ta`lim oluvchi-talabalarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
- bajariladigan o'quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog‘lanish asosida
zudlik bilan ta ’lim jarayoniga tuzatish kiritish imkoniyati bo'lishi lozim);
- natijani baholash.
O‘quv maqsadlarining to‘liq standartlashtirilishining me’yori quyidagicha
bo'lishi mumkin:
a) yuqori, ammo mutlaq emas:
b) mutlaq.
Birinchi holatda maqsadning murakkabligi tufayli uni to'liq kuzatuvchan xatti-
harakatlar tipigaaylantirish imkonini bermaydi, sikl to'laligicha qayta ishlab
chiqilmaydi.
Ikkinchi holatda konveyerli jarayon bo'lgan ta’limning reproduktiv tipi bilan
ish yuritiladi.
O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning
rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagog olimlar, metodist o'qituvchilar
pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va prinsiplari asosida uslubiy materiallami
islilab chiqish paytlarida ulardan yuksak malaka talab etiladi. Materiallar tayyor
bo'lgach, pedagog, asosan, tashkiliy va konsultativ (ijodiy qo'shimchalar kiritish
imkonini saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
O'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik
jihati

o'quv jarayonining so'nggi natijalariga yo'naltirilganligini kuzatish
mumkin.
Umumiy ko'rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
- identifikatsiyalangan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish;
- o'quv maqsadlari taksonomiyasi;
- o'quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadga erishish usullari;
- erishilgan o'quv maqsadlarini baholash.


63
Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo'li aniq belgilangan
maqsadlarga qaratilganlik, ta ’lim oluvchi bilan muntazam o'zaro aloqani
o'rnatishdir. O'zaro aloqa pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qilib, o'quv
jarayonini to 'liq qamrab oladi.
Ta`lim beruvchi (pedagog) o'z oldiga
ta`lim oluvchi-talabalar o'quv
materialining mazmunini tushunib, o'zlashtirib olsin, ma’lum bilimlarni egallab,
amaliyotga qo'llashga o'rgansin degan maqsadni qo'yadi. Biroq o'zlashtirish,
tushunish, qo'llash nimani anglatadi?
Ta`lim beruvchi (pedagog)
o'z oldiga
qo’ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?
Pedagogik maqsadga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari
bo`lgandagina, ta`lim beruvchi (pedagog) o’zining mehnati samarali ekanligiga
va tanlagan metodlarining maqsadga muvofiqligiga, yoki, aksincha, samarasiz
ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin.
M.V.Klarin fikri bo'yicha, ta`lim bervchi (pedagog)lar tomonidan maqsadlarni
belgilashning tipik usullari quyidagicha:
1. O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.
2. Maqsadni o ‘qituvchi (pedagog) faoliyati orqali aniqlash.
3. Ta`lim oluvchi-talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanish ichki
jarayonlari va qonuniyatlari orqali o ’quv maqsadini qo‘yish.
O’qitishning maqsadi va ta’lim mazmunini ta`lim bervchi (pedagog) yoki
ta`lim oluvchi-talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar
haqida aniq taassurotga ega bo’lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida ta`lim
oluvchi-talabalar faoliyatining faqat tashqi tomondan namoyon bo’lishini kuzatish
mumkin. Bu maqsadga erishishning juda sodda va samarasiz yo'lidir.
Rivojlangan davlatlarda o ’quvchi-talaba va ta`lim beruvchi (pedagog)lar uchun
maqsadlarni alohida-alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bu mantiqan to’g’ri,
chunki o’qitish jarayoni pedagog va ta`lim oluvchi- talabaning o’zaro hamkorlikdagi
faoliyati hisoblanadi. Bunda maqsadlar ta`lim beruvchi (pedagog)ning faoliyatidan
kelib chiqqan holda qo'yiladi (o‘rgatish, tushuntirish, ko'rsatish, aytib berish va
hokazo), ta`lim oluvchi -talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar esa
ta’limning vazifalari deyiladi. Bunday ma’noda ta’lim vazifalari ta`lim oluvchi-
talaba mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo’lgan narsani
anglatadi.
Umuman olganda, ta ’lim jarayonida vazifalarni o’lchash, aniqlash, o'qitishni
qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini
bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishganlik
haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’lsin.


64
Xullas, Professor N.Saydahmedov yuqorida bayon qilingan fikrlarini hisobga
olgan holda
ta`lim oluvchi-talabalarning o'quv materiallarini o'zlashtirish
faoliyatini quyidagi 4 daraja asosida ko'rsatgan:
I daraja: tashqi ko'rsatma ta’siridagi harakat. Bu faoliyat tanishuv darajasi
deb nomlangan. Tanishuv darajasida ta`lim oluvchi-talabaning bilim olish, eslash
qobiliyati oldindan o'zlashtirilgan materiallar matni bilan qayta tanishish asosida
amalga oshishini tavsiflaydi Ta`lim oluvchi-talabada o'ziga tanish materiallarni
faqat ma’lum vaziyatlarda, ya’ni bu materiallar oldida turgan taqdirda eslash
imkoni bo'ladi. O'zlashtirishning birinchi darajasi obyektlar, hodisalar, jarayonlar
to'g'risida umumiy tasaw ur hosil qilish bilan chegaralanadi va ularni ta`lim
oluvchi-talabaning bilib olishi noma’lum obyektlar qatorida kechadi.
II daraja: xotira asosidagi harakat. Bu faoliyatning algoritni darajasi deb
nomlanadi. Algoritm darajasida ta`lim oluvchi-talabaning qobiliyati materiallarni
yoki uning alohida qismlarini tashqi ko'rsatmasiz mustaqil ravishda qayta tiklay
olishi bilan tavsiflanadi. Bu ta`lim oluvchi- talabalar o'zlashtirish darajasining
birmuncha yuqori pog'onasi bo'lib, ta`lim oluvchi-talabalar o'z xotirasiga tayangan
holda
ta`lim beruvchi (pedagog) o'rgatgan yoki adabiyotlardagi mavjud
materiallarni ma’lum algoritm bo'yicha tushuntirib bera oladi.
III daraja: nostandart vaziyatlardagi mahsuldor harakat. Bu faoliyatning
evristik darajasi deb nomlanadi. Evristik darajada ta`lim oluvchi-talabaning aniq
masalalarni yechish qobiliyati o'rganilayotgan mavzu bo'yicha materiallarni tanish
va notanish vaziyatlarda mustaqil qayta tiklash evaziga yangi axborotlarni qo'lga
kiritishi bilan xarakterlanadi. Bilimlarni ko'chirish ma’lum masalalar sinfi bilan
chegaralangan va butun bir o'quv predmeti bo'yicha tarqalmagan bo'ladi.
IV daraja: faoliyatning yangi qirralarini tadqiq qiluvchi mahsuldor harakat.
Bu faoliyatning ijodiy darajasi deb nomlanadi. Ijodiy darajada ta`lim oluvchi-
talabaning materiallami mustaqil o'rganish va qayta ishlash qobiliyati mavjud
axborotlarni yangi vaziyatlarda keng doiradagi masalalar yechimiga ko'chirish bilan
tavsiflanadi. Faoliyatning bu darajasi izlanuvchanlik, ijodkorlik xarakteriga ega
bo‘lib, turli vaziyatlarda o'zlashtirilgan keng doiradagi bilimlarni qator
obyektlarda qo'llash bilan amalga oshiriladi.
Umuman olganda, bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish sifati bo'yicha ta'lim
maqsadlarining 
tashxislanuvchanligi 
o'zlashtirishning 
zaruriy 
darajalarini
aniqlashtirishni talab etar ekan. Demak, birinchi navbatda
ta`lim oluvchi-
talabalarning bo'lajak faoliyatiga va mutaxassislik mahoratiga qo'yilgan talablar
e'tiborga olinadi.
Ta`lim oluvchi -talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish,
baholash - pedagogik texnologiyaning qadimiy usullaridandir. Nazorat va baholash
maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun


65
ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar davom
etmoqda. Bahoning: ta'lim oluvchining o'zlashtirish darajasini qat'iy belgilovchi -
sifat ko'rsatkichi, yoki;
u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini
ko'rsatuvchi ko'rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.
Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash
tekshirish deb ham ataladi. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning
asosiy didaktik vazifasi ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar o'rtasida teskari aloqani
ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida ob'ektiv axborot
olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashni ta'minlashdir.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə