So’z boshi



Yüklə 267 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2023
ölçüsü267 Kb.
#102906
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Moliyaviy tahlilning mazmuni predmeti va vazifalari

2. Detallashtirish-tahlilni har tomonlama chuqur o’tkazish uchun uni vaqt bo’yicha (yil, oy, dekada), harakat joyi bo’yicha (ceхlar, bo’limlar) va ta’sir etuvchi omillar bo’yicha detallashtiriladi.
3. Bir guruхdagi ko’rsatkichlarni turkumlash-ushbu ko’rsatkichlar orasida va o’zaro bog’liqlekni o’rganish ularni birinchi va ikkinchi darajalarga bo’lishga imkon beradi.
4. O’rtacha va nisbiy miqdorlardan foydalanish-tahlil davomida o’rtacha va nisbiy ko’rsatkichlar foydalaniladi. O’rtacha ko’rsatkichlar taxminan o’rtacha; nisbiy ko’rsatkichlar % hisobida bo’lishi mumkin.
5. Zanjir usuli-bu usul yordamida ko’rsatkichlarning o’zgarishlarga, unga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir darajasi o’rganiladi (%, yoki qiymat ifodasida bo’ladi).
Moliyaviyotni o’rganish uni yana rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanish, yerishilgan muvaffakiyatlarni keng yoyish va yo’l quyilgan kamchiliklarning sabablarini o’rganish hamda uni imkoniyati boricha tugatishga yordam berishdan iboratdir.
Shunday qilib Moliyaviy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • buхgalteriya va statistika hisobotlari asosida yerishilgan muvaffaqiyatlar va yo’l quyilgan kamchiliklar sabablarini o’rganish;

  • korxonaning har tomonlama faoliyatini, Moliyaviyotning rivojlanish darajasini hamda sur’atini o’rganish;

  • yutuqlardan unumli foydalanish va kamchiliklarni o’z vaqtida oldini olish;

  • ayrim olingan xo’jalikning ishini batafsil o’rganish asosida rejaning bajarilishiga baho berish;

  • tahlil yakuniga ko’ra ish natijalariga ta’sir qilgan omillar va sabablarni o’rganish;

  • imkoniyatlarni kidirib topish va ulardan faoliyat jarayonlarida to’liq foydalanish;

  • past ko’rsatkichli korxonalarning ishini ilg’or korxonalarning ko’rsatkichlari bilan taqqoslab, ularning tajribasiga suyangan holda xo’jalikni mustahkamlash va rivojlantirishga yordam beradigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo’yilgan shu vazifalarning bajarilishini ta’min etish uchun Moliyaviy tahlil ob’ektiv va konkret bo’lishi kerak.
Tahlil ob’ektini tanlash va maqsad rejasini tuzish tahlil mavzui, o’tkazish muddatlari, tarkibi va ijrochilari, shuningdek tahlil vazifalarini belgilashni o’z ichiga oladi. Tahlil uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bazasini yig’ish ularni qayta ishlash va tarkiblash bosqichida tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda axborotlar to’planib saralangan holda tekshiriladi. Bunda ularning to’liqligiga va sifat tamoyillariga ahamiyat beriladi.
Tahlilning keyingi bosqichida ko’rsatkichlarni tanlash, ular orasida aloqadorlikni belgilash, analitik jadvallar tuzish, ma’lumotlar bazasini taqqoslash holatiga keltirish va uning davriyligi belgilash, baholashni amalga oshirishga e’tibor beriladi. Ko’rsatkichlarni tassoslash, tahlil qilish asosida korxonaning ishlab chiqarish tijorat va moliya faoliyatiga baho beriladi. Biznes rejasining bajarilishi o’rganiladi. Yerishilgan natijalar ularning o’zgarish sabablari va omillar ta’siri tahlil qilinadi. Tahlilning yakiniy bosqichida natijalar umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi va korxona faoliyatiga qisqacha tashxis qo’yiladi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’zasidan taklif va tavsiyalar beriladi. Tahlil yakini qisqa, lo’nda, tushunarli tarzda bayonnoma, ma’lumotnoma shaklida ifoda etiladi.
Moliyaviy tahlil tarkiblash belgisi bo’yicha quyidagi turlarga ajratiladi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə