So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi



Yüklə 45,5 Kb.
səhifə2/2
tarix03.03.2023
ölçüsü45,5 Kb.
#101842
1   2
O\'zbek tilining imlo qoidalari

QO'SHIB YOZISH VA AJRATIB YOZISH

  1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo'ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang va h.k.

  2. -r, -ar, -mas qo'shimchasi bilan yasalgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.

  3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qi-lingan qo'shma otlar va sifatlar qo'shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo'yko'z, sherdil, otquloq singari.

  4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo'ljallanganligi kabi ma'nolarni bildiruvchi qo'shma so'zlar qo'shib yozi­ladi: ko'ksulton, oqbosh, achchiqtosh, ko'zoynak, suvilon kabi.

  5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo 'jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.

6. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radio- to'lqin, elektrarra kabi.
7. Qisqartma so'zlar har doim qo'shib yoziladi: O'zMU, ToshDPU.
AJRATIB YOZISH

  1. Qo'shma fe'l, shuningdek ko'makchi fe'lli qo'shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo 'ya qoldi, o 'qib chiqdi kabi.

  2. Har, kech, bir, u, shu, o 'sha, hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan so'zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o 'sha joyda, hamma vaqt kabi.

  3. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon.

Eslatma: bilan va uchun ko'makchilarining qisqargan la va chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun singari.

  1. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to'q, och, tim, tang, jiqqa kabi so'zlar ajratib yoziladi: tim qora, och ko'k, to 'q sariq kabi.

  2. Qo'shma sonlar ajratib yoziladi: o'n to'qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va hokazo.

  3. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko'rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi.

  4. Nuqtayi nazar, tarjimayi hoi, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.

Yüklə 45,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə