Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

  individual  buxgalteriya  hisoboti

  ikkita 

axborot  va  nazorat  funktsiyalarini  bajaradi.  Bir  tomondan  u  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektning  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  va  moliyaviy  holatini  tavsiflaydi. 

Boshqa  tomondan  esa  u  har  bir  hisob  tsikli  yakunida  buxgalteriya  hisobi 

ma’lumotlarining  aniqligi  va  to’g’riligini  tizimli  nazorat  qilish  imkonini  beradi. 

Bundan kelib chiqib barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar  har bir  hisobot davri  uchun 

individual buxgalteriya hisobotlari tuzishlari shart. 

Individual buxgalteriya hisoboti quyidagilar uchun mo’ljallangan: 

-

 



Xo’jalik yurituvchi sub’ektning yakuniy moliyaviy natijasi – sof foyda (zarar)ni 

aniqlash va uni mulkdorlar o’rtasida taqsimlash uchun; 

-

 

Nazorat qiluvchi organlarga taqdim qilish uchun; 



-

 

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrotlik belgilarini aniqlash uchun; 



-

 

Statistik  kuzatish  va  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarning  yagona  davlat  bazasini 



shakllantirish uchun; 

-

 



Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektni  boshqarishda  ishlatish,  sud  ishlarida  va  soliqqa 

tortishda foydalanish uchun. 

Individual buxgalteriya hisoboti sohasida asosiy vazifa manfaatdor foydalanuvchilarni 

sifatli, ishonchli va xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqida solishtirish mumkin bo’lgan, uni 

jonli  aks  ettiradigan  axborotdan  kafolatli  foydalana  olish  imkoniyatini  yaratib 

berishdan  iborat.  Ushbu  masalani  hal  qilish  uchun  individual  buxgalteriya  hisobotini 




 

 

267 



 

xalqaro  standartlari  (IAS,  IFRS)  asosida  ishlab  chiqiladigan  buxgalteriya  hisobining 

milliy  standartlari  (BHMS)  bo’yicha  tuzish  lozim.  Kelajakda  tajribaning  ortib  borishi 

natijasida  ayrim  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  doirasi  tomonidan  individual 

buxgalteriya  hisobotini  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari  o’rniga  MHXS 

(IAS, IFRS) bo’yicha tuzish imkoniyatlarini baholash maqsadga muvofiq. 

Ayrim  hollarda  BHMS  buxgalteriya  hisobotlarida  axborotni  shakllantirish  va  taqdim 

qilishga  bir  qancha  muqobil  yondashuvlarni  ko’zda  tutishi  mumkin.  Shunday  bo’lsa 

ham,  turli  xil  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  buxgalteriya  hisobotlarini  solishtirish 

imkoniyatini  oshirish  uchun  yuqoridagi  holatlar  cheklanishi  va  kelgusida  uzluksiz 

qisqartirib borish lozim. 

BHMS  ayrim  toifa  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  tayyorlanadigan 

individual  buxgalteriya  hisobotida  ochib  beriladigan  turli  xil  hajmdagi  axborotni 

nazarda tutishi mumkin, jumladan, soddalashtirilgan buxgalteriya hisoboti tuzishni. 



Jamlangan  moliyaviy  hisobot, 

buxgalteriya  hisobotlarining  bir  turi  bo’lib,  nazorat 

qilish  munosabatlariga  asoslangan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  guruhi  faoliyatining 

moliyaviy  natijalari  va  moliyaviy  holatini  tavsiflash  uchun  mo’ljallangan.  Jamlangan 

moliyaviy  hisobot  faqat  axborot  funktsiyasini  bajaradi  va  u  manfaatdor  tashqi 

foydalanuvchilarga  taqdim  qilinadi.  Bunday  hisobot  foydalanuvchilar  tomonidan 

iqtisodiy  qaror  qabul  qilishda  asosiy  moliyaviy  axborot  manbalaridan  biri  bo’lishi 

lozim.  


Jamlangan moliyaviy hisobotlar sohasida asosiy vazifa manfaatdor foydalanuvchilarni 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  guruhi  haqida  sifatli,  ishonchli  va  solishtirish  mumkin 

bo’lgan  axborotdan  kafolatli  foydalana  olish  imkonini  yaratishdan  iborat.  Ushbu 

vazifani  hal  qilish  uchun  jamlangan  moliyaviy  hisobotni  MHXS  bo’yicha  tuzishni 

hamda majburiy audit va hisobotlarni chop qilishni majburiy qilib belgilash lozim. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə