15-mavzu. Balans reformatsiyasi
Hisobot yili daromadlarini umumlashtirish. Moliyaviy natijalarni shakllantirish.
Xarajatlarni chegirib, foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash. Hisobot yili mobaynida olingan
foydani taqsimlash yoki yil uchun olingan zararni hisobdan chiqarish. Hisobot yilining
zararini qoplash bo‘yicha operatsiyalar hisobi. O‘tgan hisobot davrida zarar ko‘rgan
korxonalar hisobot yilida taqsimlab o‘tkazilayotgan zararlar hisobi.
2. Fanning amaliy mashg‘ulotlari mazmuni
I modul. Zamonaviy moliyaviy hisobning fundamental (tub) asoslari
1-mavzu. Moliyaviy hisob va uning kontseptual asoslari
Moliyaviy hisob yuritish maqsadlari va uning oldida turgan vazifalar.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va ularning mohiyati. Moliyaviy hisobning
asosiy tamoyillari. Turli xil moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning standartlarni
belgilashga ta’siri. Moliyaviy hisob va uning axloqiy me’yorlari. Moliyaviy hisobot
tuzish qoidalari va ularning mohiyati. Moliyaviy hisobotning kontseptual asoslari.
Buxgalteriya axborotlarining sifat ko‘rsatkichlari. Moliyaviy hisobot elementlari.
Dostları ilə paylaş: |