Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

6- misol. 

1  iyul  2011  yilda  kompaniya  2  mln.  sh.b.  ga  bino  sotib  oldi.  Foydalanish 

muddati 40 yil. Qoldiq qiymati yo’q. To’g’ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblaydi 

va  qayta  baholash  modeli  bo’yicha  hisobga  oladi.  Qayta  baholashda  jamg’arilgan 

amortizatsiya ob’ektning yalpi balans qiymatidan hisobdan chiqariladi. 

Uch yil davomida binoning 31 dekabr holatiga qayta baholash qiymati: 

2011 yil 31 dekabr     2106000 sh.b. 

2012 yil 31 dekabr     1900000 sh.b. 

2013 yil 31 dekabr     1924000 sh.b. 

2011 yil 

Olti oyda yig’ilgan amortizatsiya summasi: 2000000/40x6/12=25000 sh.b. 

Dt Jamg’arilgan amortizatsiya bino (M0220)      25000 

 

Kt Asosiy vositalar bino (M0120)             25000 



Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2011 yil 31 dekabr): 

2000000-25000= 1975000 sh.b. 

Balans qiymatini qayta baholash (2011 yil 31 dekabr): 

Dt Asosiy vosita (M0120)       131000 

 

Kt  Asosiy  vositalarni  qayta  baholash  bo’yicha  zaxira  (M8510,  M8010) 



131000 

(2106000-1975000)=131000 sh.b. 

Qayta  baholashdan  so’ng  binoning  balans  qiymati  (20x1  yil  31  dekabr): 

2106000 sh.b. 

2012 yil 

Yillik  yig’ilgan amortizatsiya summasi: 2000000/39=54000 sh.b. 

Dt Jamg’arilgan amortizatsiya bino (M0220)      54000 

 

Kt Asosiy vositalar bino (M0120)             54000 



Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2012 yil 31 dekabr): 

2106000-54000= 2052000 sh.b. 

Balans qiymatini qayta baholash (2012 yil 31 dekabr): 

Dt Asosiy vositalarni qayta baholash bo’yicha zaxira (M8510, M8010) 131000 

Dt Nomoliyaviy aktivlar qadrsizlanishidan zarar (M9440)          21000 

Kt Asosiy vosita (M0120)       131000 

 

Kt Asosiy vositalarni qadrsizlanishidan zarar (M0330)     21000 



2052000-1900000=152000-131000=21000 sh.b. 

Qayta baholashdan so’ng binoning balans qiymati (2012 yil 31 dekabr):  

1900000 sh.b. 

2013 yil 

Yillik  yig’ilgan amortizatsiya summasi: 1900000/38=50000 sh.b. 

Dt Jamg’arilgan amortizatsiya bino (M0220)      50000 

 

Kt Asosiy vositalar bino (M0120)             50000 




 

 

86 



 

Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2013 yil 31 dekabr): 

1900000-50000= 1850000 sh.b. 

Balans qiymatini qayta baholash (2013 yil 31 dekabr): 

Dt Asosiy vositalar bino (M0120)       53000 

Dt Asosiy vositalar qadrsizlanishi bo’yicha jamlangan zarar (M0330) 21000 

 

Kt    Asosiy  vositani  qayta  baholash  bo’yicha  zaxira  (M8510,  M8010) 



53000 

 

Kt Qadrsizlanish bo’yicha zararni reversirlash (M9440)  21000 



1924000-1850000=74000-21000=53000 sh.b. 

Qayta  baholashdan  so’ng  binoning  balans  qiymati  (2013  yil  31  dekabr): 

1924000 sh.b. 

Asosiy  vosita  ob’ektining  qandaydir  qismining  tannarxi  ushbu  ob’ektning 

umumiy tannarxiga  nisbatan katta bo’lganida, bunday  har bir qism bo’yicha eskirish 

alohida hisoblanishi kerak.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  asosiy  vosita  ob’ekti  bo’yicha  dastlab  tan  olingan 

summani  uning  katta  bo’lgan  qismlari  o’rtasida  taqsimlaydi  va  bunday  har  bir  qism 

bo’yicha  eskirishni  alohida  hisoblaydi.  Masalan,  samolyotning  korpusi  va  motori 

bo’yicha  eskirishni  alohida  hisoblash  to’g’ri  bo’lishi  mumkin,  bu  samolyot 

tadbirkorlik  sub’ektining  o’ziniki  bo’lishi  yoki  moliyaviy  ijaraga  olinganligidan 

qat’iy  nazar.  Shunga  o’xshash,  agar  tadbirkorlik  sub’ekti  asosiy  vositalarni  operativ 

ijaraga  berish  uchun  sotib  olsa  va  ushbu  operativ  ijarada  u  ijaraga  beruvchi  bo’lib 

hisoblansa,  ijaraning  bozor  sharoitlariga  nisbatan  ijobiy  yoki  salbiy  shartlariga 

tegishli  bo’lgan    va  ushbu  aktivning  tannarxida  aks  ettirilgan  alohida  summalar 

bo’yicha eskirishni alohida hisoblash o’rinli bo’lishi mumkin. 

Asosiy  vosita  ob’ektining  katta  qismi  bo’yicha  foydali  xizmat  muddati  va 

eskirishni hisoblash usuli ushbu aktivning boshqa katta qismi bo’yicha foydali xizmat 

muddati  va  eskirishni  hisoblash  usuli  bilan  bir  xil  bo’lishi  mumkin.  Bunday  qismlar 

eskirish xarajatlarini aniqlash maqsadida guruhlanishi mumkin. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  asosiy  vosita  ob’ektining  ayrim  qismlari  bo’yicha 

eskirishni  alohida  hisoblaganida,  u  ushbu  aktivning  qolgan  qismi  bo’yicha  ham 

eskirishni  alohida  hisoblaydi.  Qolgan  qismi  alohida  katta  bo’lmagan  qismlardan  

iborat  bo’ladi.  Agar  tadbirkorlik  sub’ektining  ushbu  qismlardan  foydalanish  rejalari 

o’zgarsa,  ob’ektning  qolgan  qismi  bo’yicha  eskirishni  hisoblash  uchun  uning 

qismlaridan  foydalanish  tarzini  yoki  foydali  xizmat  muddatini to’g’ri aks ettiradigan 

taxminiy hisoblash usullaridan foydalani zarur bo’lishi mumkin 

Tadbirkorlik  sub’ekti  asosiy  vosita  ob’ektining  tannarxi  ushbu  ob’ektning 

umumiy  tannarxiga  nisbatan  katta  bo’lmagan  qismlar  bo’yicha  eskirishni  alohida 

hisoblashga qaror qilishi mumkin. 

Har bir davr uchun eskirish xarajatlari, ular boshqa aktivning balans qiymatiga 

qo’shilmaganida, foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi kerak. 

Eskirish  xarajatlari  odatda  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan  olinadi.  Biroq, 

ba’zida,  aktivda  mujjasamlashtirilgan  kelgusi  iqtisodiy  naf  boshqa  aktivlarga  ishlab 

chiqarish  jarayonida  o’tkaziladi.  Bunday  holatda,  eskirish  xarajatlari  boshqa  aktivlar 

tannarxining bir qismini tashkil etadi va uning balans qiymatiga qo’shiladi. Masalan, 




 

 

87 



 

ishlab  chiqarish  zavodining  va  asbob-uskunaning  eskirishi  tovar-moddiy  zahiralarini 

qayta  ishlash  qiymatiga  kiritiladi  (BHXS  2  ga  qarang).  Shunga  o’xshash,  tajriba-

konstruktorlik ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi MHXS 38 

“Nomoddiy  aktivlar”  ga  muvofiq  nomoddiy  aktivning  tannarxida  hisobga  olinishi 

mumkin.  

Aktivning  eskirish  hisoblanadigan  qiymati  sistematik  tarzda  uning  foydali 

xizmat muddati davomida taqsimlanishi kerak. 

Aktivning  tugatish  qiymati  va  foydali  xizmat  muddati  kamida  har  moliyaviy 

yilning oxirida qayta ko’rib chiqilishi kerak va, kutishlar oldingi baholashlardan farq 

qilsa,  o’zgarish  (lar)  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarish  sifatida 

MHXS 8 “Hisob siyosatlari, buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishlar 

va xatolar” ga muvofiq hisobga olinishi kerak.  

Eskirish  xattoki  aktivning  haqqoniy  qiymati  uning  balans  qiymatidan  ko’proq 

bo’lganida ham tan olinadi, agar aktivning tugatish qiymati uning balans qiymatidan 

oshmaydigan  bo’lsa.  Aktivning  ta’mirlanishi  va  unga  texnik  xizmat  ko’rsatilishi  u 

bo’yicha eskirish hisoblanishi zaruratini inkor qilmaydi.  

Aktivning 

eskirish 

hisoblanadigan 

qiymati 

uning 


tugatish 

qiymati 


chegirilganidan  so’ng  aniqlanadi.  Amaliyotda,  aktivning  tugatish  qiymati  ko’pincha 

katta bo’lmaydi va shu bois eskirish hisoblanadigan qiymatni hisoblashda ahamiyatli 

bo’lmaydi. 

Aktivning tugatish qiymati aktivning balans qiymatiga teng bo’lgan yoki undan 

oshgan  summagacha  ko’payishi  mumkin.  Bunday  holatda,  aktivning  eskirish 

summasi nolga teng bo’ladi, agar uning tugatish qiymati keyinchalik aktivning balans 

qiymatidan past bo’lgan summagacha kamaymasa. 

Aktiv bo’yicha eskirish  hisoblanishi  ushbu aktiv  foydalanish  uchun  yaroqli  va 

mavjud bo’lganidan so’ng boshlanadi, ya’ni u rahbariyat tomonidan ko’zlangan holda 

foydalanish  uchun  zarru  bo’lgan  joy  va  holatiga  keltirilganida.  Aktiv  bo’yicha 

eskirish  hisoblanishi  aktiv  MHXS  5  ga  muvofiq  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  (lekin  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  chiqib  ketish 

guruhiga  kiritilgan)  sana  va  aktiv  hisobdan  chiqarilgan  sanadan  qaysi  biri  ertaroq 

keladigan  bo’lsa,  o’sha  sanada  to’xtatilishi  kerak.  Shuning  uchun,  eskirish 

hisoblanishi  aktiv  to’xtab  qolganida  yoki  faol  foydalanishdan  chiqarilganida,  toki 

aktiv  bo’yicha  to’liq  eskirish  hisoblanmaguncha,  to’xtatilmaydi.  Biroq,  eskirishni 

hisoblashning  ishlab  chiqarish  birliklari  usulida  ishlab  chiqarish  yo’qligi  tufayli 

eskirish summasi nolga teng bo’lishi mumkin. 

Aktivda  mujassamlashtirilgan  kelgusi  iqtisodiy  nafni  tadbirqorlik  su’ekti 

asosan undan  foydalanish orqali o’zlashtiradi. Biroq, boshqa omillar,  masalan texnik 

yoki  tijorat  eskirish  yoki  aktiv  to’xtab  turganida  jismoniy  eskirish  ko’pincha  ushbu 

aktivdan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy nafning kamayishiga olib keladi. Buning 

natijasida,  aktivning  foydali  xizmat  muddatini  aniqlashda  quyidagi  barcha  omillar 

hisobga olinadi:  

(a)  aktivdan  ko’zlangan  foydalanish.  Foydalanish  aktivning  hisoblangan 

quvvati yoki fizik mahsuldorligi asosida aniqlanishi mumkin. 

(b)  aktiv  foydalanadigan  smenalar  soni,  uni  ta’mirlash  va  texnik  xizmat 



 

 

88 



 

ko’rsatish  dasturi,  aktiv  to’xtab  turganida  unga  texnik  xizmat  ko’rsatish  kabi 

operatsion omillarga bog’liq bo’lgan kutilgan jismoniy eskirish. 

(v)  ishlab  chiqarishdagi  o’zgarishlar  yoki  takomillashtirishlar,  yoki  aktiv 

foydalanalishida  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  yoki  ko’rsatilayotgan  xizmatga 

bozor talabi o’zgarishi   natijasida texnik yoki tijorat eskirish. 

(g)  aktivdan  foydalanishga  qo’yiladigan  yuridik  yoki  shunga  o’xshash 

cheklovlar, masalan tegishli ijara kelishuvlari muddatining tugashi sanalari. 

Aktivning  foydali  xizmat  muddati  aktivning  tadbirkorlik  sub’ekti  uchun 

kutilgan  foydaliligi  nuqtai  nazaridan  aniqlanadi.  Tadbirkorlik  sub’ektining  aktivlarni 

boshqarish  siyosati  aktivlar  chiqib  ketishini  maxsus  vaqtdan  so’ng  yoki  aktivda 

mujassamlashtirilgan  kelgusi  iqtisodyi  nafni  ma’lum  qismi  o’zlashtirilganidan  so’ng 

ko’zda  tutishi  mumkin.  Shuning  uchun,  aktivning  foydali  xizmat  muddati  uning 

iqtisodiy  foydalanish  muddatidan  qisqaroq  bo’lishi  mumkin.  Aktivning  foydali 

xizmat  muddatini baholash tadbirkorlik sub’ektining o’xshash aktivlar bilan tajribasi 

asosida mulohaza qilgan holda amalga oshiriladi. 

Er  va binolar bir biridan ajratilishi  mumkin bo’lgan aktivlar  va ular birgalikda 

sotib  olingan  bo’lsada  alohida  hisobga  olinadi.  Ayrim  istisnolarni  hisobga  olgan 

holda,  masalan  chiqindilar  uchun  ajratiladigan  yerlar  sifatida  ishlatiladigan  karerlar 

va maydonlarni, yerning foydali xizmat muddati chegaralanmagan va shu bois uning 

eskirishi  hisoblanmaydi.  Binolarning  foydali  xizmat  muddati  chegaralangan  va 

shuning  uchun  ular  bo’yicha  eskirish  hisoblanadi.  Bino  turgan  yer  maydonining 

qiymati oshishi binoning eskirish hisoblanadigan qiymatiga ta’sir etmaydi. 

Erning  tannarxi  unda  joylashgan  asosiy  vositalarning  demontaji  va  olib 

tashlanishi, yer maydonidagi tabiiy resurslarni tiklash bo’yicha xarajatlarni o’z ichiga 

olsa,  yer  aktivining  ushbu  qismi  bunday  xarajatlarni  amalga  oshirishdan  naflar 

olinishi  davrini  qamrab  oladi.  Ayrim  holatlarda,  yerning  o’zi  chegaralangan  foydali 

xizmat  muddatiga  ega  bo’lishi  mumkin,  bunday  holatda  yer  u  bo’yicha  olinadigan 

naflarni aks ettiradigan tarzda eskirishi hisoblanishi kerak. 

Eskirish  usuli  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  aktivdan  olinadigan  kelgusi 

iqtisodiy naflar qay tarzda sarflanishini aks ettirishi kerak. 

Aktiv  bo’yicha  qo’llaniladigan  eskirish  usuli  kamida  har  moliyaviy  yilning 

oxirida  qayta  ko’rib  chiqilishi  kerak  va,  aktivda  mujassamlangan  kelgusi  iqtisodiy 

naflar  olinishi  kutilayotgan  tarzda  jiddiy  o’zgarish  paydo  bo’lganida,  ushbu 

o’zgargan  tarzni  aks  ettirish  uchun  qo’llaniladigan    usul  ham  o’zgartirilishi  kerak. 

Bunday  o’zgarish  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarish  sifatida 

MHXS 8 ga muvofiq hisobga olinishi kerak.  

Aktivning  eskirish  hisoblanadigan  qiymatini  uning  foydali  xizmat  muddati 

davomida  sistematik  tarzda  xarajatlarga  olib  borish  uchun  turli  eskirishni  hisoblash 

usullaridan foydalanish mumkin. Ushbu usullar to’g’ri chiziqli (bir tekis maromdagi) 

usul, kamaiyb boruvchi qoldiq  usuli  va  ishlab chiqarish birligi  usulini qamrab oladi. 

Eskirishni  hisoblashning  to’g’ri  chiziqli  usuli  aktivning  tugatish  qiymati 

o’zgarmaganida  aktivning  foydali  xizmat  muddati  davomida  bir  xil  (o’zgarmas) 

summasi  xarajatlarga  olib  borilishiga  olib  keladi.  Kamayib  boruvchi  qoldiq  usuli 

qo’llanilganda  aktivning  foydali  xizmat  muddati  davomida  kamayib  boradigan 



 

 

89 



 

summa  xarajatlarga  olib  borilishiga  olib  keladi.  Ishlab  chiqarish  birliklari  usuli 

kutilayotgan  foydalanish  yoki  ishlab  chiqarish  hajmiga  bog’liq  bo’lgan  summa 

xarajatlarga 

olib 

borilishiga 



olib 

keladi. 


Tadbirkorlik 

sub’ekti  aktivda 

mujassamlangan kelgusi iqtisodiy naf qay tarzda sarflanishini aniqroq aks ettiradigan 

usulni  tanlashi  kerak.  Ushbu  usul  izchil  ravishda  davrdan  davrga,  kelgusi  iqtisodiy 

naf sarflanishi tarzi o’zgarmaganida, qo’llanilishi kerak. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə