Statistik jamlash va guruhlash


Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin gu­ruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihat­dan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘l­mo­g‘i kerak



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə6/7
tarix15.05.2023
ölçüsü17,19 Kb.
#110468
1   2   3   4   5   6   7
Statistik jamlash va guruhlash-fayllar.org

Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin gu­ruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihat­dan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘l­mo­g‘i kerak.



Guruhlar soni va guruhlash oralig‘i

Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin gu­ruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihat­dan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘l­mo­g‘i kerak.

Guruhlar sonini aniqlash statistik guruhlashda katta ahami­yat­ga ega. Agar guruhlash atributiv belgilar (mollar zoti, xodim­lar kasbi) bo‘yicha amalga oshirilsa, guruhlar soni har doim bel­gilarning nomiga mos keladi. Belgilar soni qancha bo‘lsa, gu­ruh­lar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, mollar zoti uch xil bo‘lsa, guruhlar soni ham uchta bo‘ladi.

Ijtimoiy hodisalarni turli miqdoriy belgilar bo‘yicha guruh­lash­da gu­­­ruhlar sonini aniqlash asosan ikki ko‘rsatkichni nazariy ji­hatdan mantiqiy tahlil qilish zarur, ya’ni birinchidan, to‘plam­da­gi eng katta hamda eng kichik belgilar o‘rtasidagi farqni (hajmi­ni) aniq­lash zarur; ikkinchidan to‘plamdagi birliklar sonini bilish zarur. Shundan so‘ng ushbu ikki ko‘rsatkichni ichki qonuniyat­larini mantiqiy nazariy tahlil qilish orqali guruhlar soni aniq­la­nadi. Guruhlar soni aniqlangandan keyin guruhlash oralig‘i bel­gilanadi.

Guruhlash oraliqlari teng va teng bo‘lmagan, ochiq va ochiq bo‘lmagan hamda maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Guruhlash oraliqlari teng va teng bo‘lmagan, ochiq va ochiq bo‘lmagan hamda maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Teng miqdordagi oraliq deganda barcha guruhlar uchun bir xil bo‘lgan oraliqni tushunmoq kerak. Teng miqdordagi oraliq intervali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bunda: i - teng miqdordagi oraliq;

Xmax - belgining eng katta miqdori;

Xmin - belgining eng kichik miqdori;

n - guruhlar soni.



Teng bo‘lmagan oraliq deganda guruhdan guruhga ortib bo­ruv­chi yoki kamayib boruvchi oraliq miqdorlari tushuniladi. Teng bo‘lmagan oraliq miqdorlari to‘plam birliklari juda katta tar­qoq­likka ega bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Masalan, shirkat xo‘­jalik­lari ekin maydoni razmeri bo‘yicha guruhlash teng bo‘lmagan ora­­liq miqdoriga misol bo‘la oladi: 2 minggacha, 2-3 minggacha, 3-5 minggacha va hokazolar.
Oraliqlar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar ora­liq «dan – gacha» aniq berilsa, yopiq oraliq hisoblanadi. Agar oraliq «gacha» dan boshlanib, «undan yuqori» ko‘rsatkich bilan tugasa, ochiq oraliq hisoblanadi.



Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə