Statistika


Quyida berilgan masalalarni yechib referat shaklida tayyorlang



Yüklə 212,5 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2022
ölçüsü212,5 Kb.
#98078
1   2
3-Mavzu.O\'rtacha miqdorlar

Quyida berilgan masalalarni yechib referat shaklida tayyorlang.

1-masala. Aksiyadorlik jamiyatidagi 3 ta sanoat korxonasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Korxonalar

Xodimlari soni, kishi

Oylik ish haqi fondi, ming so’m

O’rtacha oylik ish haqi, ming so’m

A

1

2

3

1
2
3

270
121
229

110484
57475
97554

409,2
475,0
426,0

Jami

620

265513

?

Aksiyadorlik jamiyatida o’rtacha oylik ish haqini aniqlang:
a) 1 va 2 ustunlardagi ma’lumotlar bo’yicha;
b) 1 va 3 ustunlardagi ma’lumotlar bo’yicha.
2-masala. O’zlashtirish darajasi bo’yicha talabalarning taqsimlanishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:

Akademik guruhlar raqami

O’zlashtirish, ballda

Talabalar soni

2

3

4

5

1

2

5

15

4

26

2

1

10

12

5

28

3

-

4

14

7

25

4

3

7

11

9

30

O’zlashtirish bahosining o’rtacha balini aniqlang:
1) har bir akademik guruhdagi talabalar uchun va ularga taqqoslama tavsifnoma bering;
2) barcha akademik guruhlar uchun:
a) masalaning shartidagi bevosita ma’lumotlar bo’yicha;
b) har bir guruh bo’yicha aniqlangan o’rtacha ballar bo’yicha.
3-masala. Shahar aholisining turarjoy maydoni bilan ta’minlanganligi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Oilaning bir a’zosiga to’g’ri keladigan umumiy yashash maydoni (m2)

10 gacha

10-12

12-14

14-16

16-18

18-20

20 dan ko’p

Oilalar salmog’i (%)

11

18

25

16

15

9

6

Oilaning har bir a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha yashash maydonini “shartli moment” usulida aniqlang.
4-masala. Viloyatda o’rtacha jon boshiga to’g’ri keladigan pul daromadlari bo’yicha aholining taqsimlanishi quyidagicha bo’lgan:

O’rtacha jon boshiga to’g’ri keladigan oylik pul daromadlari, ming so’m

Jamiga nisbatan aholi soni, %

120 gacha

30,2

120-140

24,4

140-160

16,7

160-180

10,5

180-200

6,5

200-240

6,7

240-280

2,7

280 va yuqori

2,3

Jami

100,0

Viloyatda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan pul daromadlarining o’rtacha oylik miqdorini aniqlang.
5-masala. Oliy o’quv yurti talabalarining o’zlashtirishi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:

Fakultetlar

Fakultetdagi talabalarning umumiy sonida a’lochilar ulushi

OO’Yu talabalarining umumiy sonida fakultet talabalarining ulushi

1
2
3
4

0,12
0,06
0,17
0,09

0,20
0,43
0,08
0,29

OO’Yu talabalarining umumiy sonida a’lochilar ulushini aniqlang.
1-ILOVA
Misol. Kichik korxonada 10 ta ishchi ishlaydi va ular fevral oyida quyidagicha maosh olishgan (ming so’mda): 375, 373, 370, 462, 460, 455, 457, 548, 544, 560.
Yechish.
O’rtacha ish haqini hisoblash uchun variantlarning yig’indisini ularning soniga bo’lamiz:

Demak, kichik korxonada ishchilarning o’rtacha oylik ish haqi 460,4 ming so’mni tashkil etgan.




2-ILOVA
Misol. Fermer xo’jaliklarida paxta ekin maydoni va bir gektardan olingan hosil bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Hosildorlik(x), ts/ga

Ekin maydoni(f), ga

1

22

60,0

2

24

56,0

3

26

45,0

4

30

50,0

5

32

48,0

Yechish.
B archa fermer xo’jaliklari bo’yicha o’rtacha hosildorlik quyidagicha aniqlanadi:

Kko’p paytlarda o’rtacha miqdorlarni interval(oraliq)li variatsion qator ko’rsatkichlari asosida hisoblashga to’g’ri keladi.




3-ILOVA
Misol. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do’konlarda yil davomida bir sotuvchiga to’g’ri kelgan tovar aylanmasi va har qaysi guruhdagi sotuvchilar soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Bir sotuvchiga to’g’ri keladigan tovar aylanmasi bo’yicha guruhlar, mlnso’m

Sotuvchilar soni, kishi

140 gacha
140-180
180-220
220-260
260 dan yuqori

12
20
24
14
10

Jami

80



Yechish.
Bir sotuvchiga to’g’ri keladigan tovar aylanmasi bo’yicha arifmetik o’rtachani dastlab har bir guruh bo’yicha, so’ngra barcha guruhlar uchun hisoblaymiz. Misolimizda birinchi va oxirgi guruhlarning intervallari ochiq ko’rinishda bo’lganligi tufayli birinchi guruh oralig’i ikkinchi guruh oralig’iga, oxirgi guruhniki esa o’zidan oldingi guruhnikiga shartli ravishda teng, deb qabul qilinadi. Demak, birinchi guruh 100 bilan (140-40) boshlangan va oxirgi guruh 300 bilan (260+40) tugagan. U holda har bir guruh uchun o’rtacha intervallarning quyi va yuqori darajalari yig’indisining yarmiga teng bo’ladi.
va h.k.
bu yerda: – interval o’rtachasi (birinchi guruh); -intervalning quyi chegarasi; -intervalning yuqori chegarasi.
Intervalli qatorda o’rtachani aniqlash

Bir sotuvchiga to’g’ri keladigan tovar aylanmasi bo’yicha guruhlar, mln so’m

Intervalning o’rtacha qiymati (x),
mln so’m

Sotuvchilar soni (f), kishi

Variant va chastotalarning ko’paytmasi (x f)

100-140
140-180
180-220
220-260
260-300

120
160
200
240
280

12
20
24
14
10

1440
3200
4800
3360
2800

Jami:

-

80

15600

Interval o’rtachasini hisoblangandan keyin, variant (x)lar bilan sotuvchilar soni (f) o’zaro ko’paytiriladi va bu ko’paytma yig’indisi (∑x f)ni sotuvchilar soni (f)ga bo’lib, bir sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha tovar aylanmasini aniqlaymiz:


Demak, do’konlarda har bir sotuvchiga to’g’ri keladigan o’rtacha tovar aylanmasi 195 mln so’mni tashkil qilgan.


4-ILOVA
Arifmetik o’rtachaning xossalaridan foydalangan holda, intervalli qatorlarda o’rtacha miqdorni soddalashtirilgan “shartli moment”usulida hisoblash mumkin. Buning uchun to’plam guruhlangan va guruhlarning intervallari teng bo’lishi zarur. Bunda quyidagi formuladan foydalanamiz:
 ,
bu yerda A va i – lar ixtiyoriy sonlar.
Hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida A son sifatida eng ko’p uchraydigan variant qiymati, i soni etib esa interval uzunligi qabul qilinadi.
6-ilovadagi misol ma’lumotlari asosida o’rtacha miqdorni “shartli moment” usulida hisoblaymiz (A=200, i=40):
“Shartli moment” usulida o’rtachani hisoblash

Interval o’rtacha qiymati(x),
mln so’m

Sotuvchilar soni (f), kishi

x-A=x-200



( 

120
160
200
240
280

12
20
24
14
10

-80
-40
0
40
80

-2
-1
0
1
2

-24
-20
0
14
20



80

-

-

-10

Jadval ma’lumotlariga ko’ra formulaga asoslanib o’rtacha miqdorni quyidagicha hisoblaymiz:


KEYS STADINI BAHOLASH MEZONI



Me’zon ko‘rsatkichlari

Maksimal baho

Qo‘yilgan baho

1

Tayyorlanish sifati va belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashilganligi. Xulosa va tavsiyalarning asoslanganligi. Mukammal bajarilganligi.

5 (a’lo)




2

Tayyorlanish sifati va belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashilganligi.

4 (yaxshi)




3

Belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligi, mustaqil bajarilganligi va ijodiy yondashilganligi.

3 (qoniqarli)




4

Keys stadini bajarmagan holatda.

2 (qoniqarsiz)






KEYS STADINI HAL ETISHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Statistika: darslik// Shodiev X. va Xabibullayev I. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019.-454 b.

  2. Statistika bo’yicha praktikum: o’quv qo’llanma // Shodiyev X. va Xabibullayev I. tahriri ostida.. –T.: Tafakkur bo`stoni, 2015.-336 b.

  3. Statistika: darslik // Soatov N.M. – T.: Ibn Sino, 2003.

Internet saytlari:

  1. www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti.

  2. www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi hukumat portali.

  3. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

Yüklə 212,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə