Struktur sintaksis asoslari raximjonova Gulnoza Shoxnazarovna



Yüklə 326,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü326,7 Kb.
#141202
  1   2   3
Raximjonova Gulnoza Shoxnazarovna




STRUKTUR SINTAKSIS ASOSLARI 
 
Raximjonova Gulnoza Shoxnazarovna 
Farg`ona davlat universiteti. Sirtqi bo`lim 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada struktur tilshunoslik va uning shakllanishi, 
sintaktik strukturalar va sintaktik munosabat, gapning bevosita ishtirokchilar va 
transformatsion metodlar asosidagi tahlili hamda gap komponentlarining struktur-
funksional tahlili qisqacha ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar: Sintaksis, tilshunoslik, struktura, morfologiya, metod.
KIRISH 
Ravshanki, fandagi har qanday yangilik ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. 
Uning vujudga kelishi uchun muayyan asos bo‘lmog‘i lozim va bu tayanch vazifasini 
bajaradi. Struktur tilshunoslikning shakllanishi ham ana shu tamoyil bilan uzviy 
bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, uning shakllanishi asosida an’anaviy tilshunoslik 
yotadi. Fan va texnikaning uzluksiz taraqqiyoti tilshunoslik fanida ham matematik 
metodlarning qo‘llanilishiga katta ehtiyoj tug‘dirdi. Bu esa, o‘z navbatida, an’anaviy 
tilshunoslikda qo‘llanilib kelayotgan til materialining tahlili metod va qoidalarini 
zamon taraqqiyoti va talablari bilan moslashtirishga undadi. Ana shu tarzda vujudga 
kelgan struktur tilshunoslik yillar mobaynida hayotga tatbiq etila boshladi va bu 
jarayonda salmoqli nufuzga ega bo‘ldi. Ayniqsa, faktik til materiali tahliliga struktur-
sistem nuqtai nazaridan yondashilayotgan hozirgi davrda unga bo‘lgan ehtiyoj va 
e’tibor yanada oshdi [1]. 
ASOSIY QISM 
Til birliklarining ma’noga ta’sir etmay, qo‘llanishi qurshoviga ko‘ra mushtarak 
bo‘lishi 
erkin almashinuv distributsiyasi 
deb ataladi: zichlanmoq – zichlashmoq: 
nonpaz – novvoy. Distributsiyaning mazkur turini sintaktik strukturalar sathida 
so‘zlarning morfemalar bilan almashinuvida ham qayd etish mumkin: ukam uchun 
oldim – ukamga oldim. 
Distributiv tahlil metodi til birliklarining sintagmatik qatorda qaytarzda 
o‘rinlashishi haqida mukammal va aniq ma’lumot bera oladi. Biroq uning ayrim zaif 
tomonlari ham mavjud. Masalan, mazkur metod orqali so‘z birikmalari yoki gapning 
muayyan nutq muhitida qo‘llanishining distributiv xususiyatlarini yoritib berish qiyin. 
Shu bois sintaktik strukturalar materialiga bemalol qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi 
tahlil metodiga ehtiyoj tug‘ildi. Mazkur metodni amerikalik strukturalistlar 
bevosita 
ishtirokchilar metodi 
deb nomladilar. 
Sintaktik qurilmaning bevosita ishtirokchilarga bo‘linishi metodi lingvistik 
adabiyotlarda qisqa qilib BI metodi deb yuritiladi. Mazkur metod distributiv tahlil 
metodining ba’zi zaif tomonlarpini to‘ldirish, xususan, sintaktik strukturalarning 
formal-struktur tahlili uchun joriy etildi. Bu metod haqida dastlabki tushuncha L. 



Blumfildning «Til» asarida keltirilgan edi. Biroq uning mukammal tavsifi amerikalik 
tilshunoslar R. Uells hamda Yu. Nayda tomonidan berildi. BI tahlilini distributiv tahlil 
metodining bevosita davomi deb atash mumkin. Chunki distributiv tahlil metodi ham 
o‘zining keyingi taraqqiyoti bosqichiga kelib, nafaqat fonema va morfemalarning, balki 
so‘zlarning ham sintagmatik qator zanjiridagi o‘rnini va ularning boshqa so‘zlar bilan 
munosabatini ko‘rsatib bera olgan edi. Masalan: 
Juda chiroyli = V (ravish) + A (sifat) Juda chiroyli saroy = BAN 
Bunda asosiy unsur 
saroy 
(N) hisoblanadi. Chunki undan oldin kelayotgan ravish 
ham, sifat ham shu so‘zni izohlash uchun qo‘llanmoqda. Demak, bu o‘rinda N hokim 
unsur sanaladi va shu bois V va A aniqlovchilarini talab qila oladi. Bu esa formulaga 
quyidagi tartibda o‘zgarish kiritishni taqozo etadi: VA=N. Ana shu tarzda biri 
ikkinchisi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan til birliklari bog‘lanishidan nisbatan kattaroq 
sintagmatik butunlik hosil bo‘ladi [3]. 
Sintaktik strukturani gorizontal chiziq bo‘ylab BI larga bo‘lish 
analiz 
deb ataladi. 
Agar uning nimalardan tashkil topayotganini aniqlamoqchi bo‘lsak, tahlilni eng kichik 
bo‘linmas birliklarning o‘zaro birikuvidan boshlamoq kerak bo‘ladi. Bunda eng avval 
o‘ziga xos sintagmatik guruhlar shakllanadi va tahlilning oxirgi bosqichida yaxlit 
holdagi qurilma vujudga keladi. Bu usul BI 
sintezi 
deb yuritiladi. Ammo shuni alohida 
ta’kidlash kerakki, BI analizida ham, sintezida ham tahlilning har bir bosqichida faqat 
jumlani ikkiga bo‘lish, yoki faqat ikki unsurni birlashtirish mumkin. Aks holda BI 
tahlili nuqsonli bo‘ladi. 
BI tahlili metodidan fonologiya va morfologiya doirasida olib boriladigan 
tadqiqotlarda ham foydalanish mumkin bo‘lsa-da, bunday imkoniyat qo‘llanilganini 
ayrim tilshunoslardagina kuzatamiz. Mazkur metod keyingi paytlarda asosan sintaktik 
strukturalarga nisbatan qo‘llana boshladi. Undan fonologiya va morfologiyada qariyb 
foydalanilmayapti. Sintaktik strukturalarning BI tahlili metodi vositasida tadqiq 
etilishi, an’anaviy gap bo‘laklarini belgilash metodidan farqli ravishda, talay 
afzalliklarga ega. Birinchidan, BI tahlili metodi sof lingvistik tamoyillarga asoslanadi. 
Ikkinchidan, u mantiqiy qoidalar iskanjasida emas. Uchinchidan, uning yordamida 
jumla komponentlarining barchasi bir-biri bilan qaydarajada sintagmatik bog‘lanishli 
ekanligi aniq va ravshan ko‘rsatib beriladi. To‘rtinchidan, jumlaning sintaktik 
shakllanishining analizini ham, sintezini ham mukammal namoyon etish mumkin. 

Yüklə 326,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə