Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik Mavzu: Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi



Yüklə 16,7 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü16,7 Kb.
#155463
  1   2   3   4
Abdulahad

Student:Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: Dinshunoslik

Mavzu: Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi


REJA:
  • Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
  • Zardushtiylik dinining ta’limoti.
  • Avesto va uning tarkibiy qismlari.

Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimgi va eng birinchi vahdoniyat – yakka xudolik dinidir. Bu dinning Vatani Хorazm ekanligini ko’p olimlar ta’kidlab o’tkanlar. Shunday ekan, ma’naviy
qiluvchi bu ta’limot haqida
merosimizning ulkan ildizini tashkil
to’liq
ma’lumot berishimiz kerak.
Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha
dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga
oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritilgan. Keyingi asrlarda bu
g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan
o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq yechilgan masala emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna»
dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi.
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi.
Тadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud.
Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.
Ingliz tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av.
1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan
ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va
e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.
Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash mavjud
Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir.
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Хorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Хorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi
hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov –
«Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi
Хorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura- Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot»
sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv),
«baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.

Yüklə 16,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə