Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə1/6
tarix29.09.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#124702
  1   2   3   4   5   6
1.docx geo


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Kompyuter injiniring” fakulteti
Kompyuter injinering yo‘nalishi
716-20 – guruh talabasi

G‘offorova Mavludaxonning


“Geoaxborot texnologiyalar”


fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: G‘offorova M.A
Qabul qildi: Umurzakova D. M.
Farg‘ona 2023
Mavzu: Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari

Reja:

1. Geoportallar va internetga asoslangan tizim
2. GAT va multimedia vositalari
3. Mobil gat
4. Onlayn geoaxborot xizmatlari
5. Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan ekspert tizimlarning turlari
6. Uch oʻlchamli geoaxborot tizimi modellari
7. GNSS va GPS haqida tushuncha
8. Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari
9. Xulosa.

Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda. Bu, oʻz navbatida, veb-sahifada multimedia geotasvirlashning yangi koʻrinishlarini yaratishni taqozo etadi. Internet bu millionlab kompyuterlarni birlashtiruvchi ulkan aloqa tarmogʻidir. Oxirgi yillarda internet faoliyatining oʻsishi ulkan axborot oqimiga ega boʻlgan ma’lumotlarni yagona manbaga birlashtirishga olib keldi.


Multimedia turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Texnologiyani qoʻllagan holda tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi.
Mobillashgan GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin.
Geoportallar. Geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoma’lumotlar koʻlami ham kengayib bormoqda va shu oʻrinda ma’lumotlarga boʻlgan egalik huquqi, ochiq yoki bepul ma’lumotlar, pullik ma’lumotlar kabi tushunchalar paydo boʻla boshladi. Bugungi kunga kelib geoma’lumotlar birmuncha vaqt davomida pullik xizmat asosida berilayotgan boʻlsa, oʻz muddatini oʻtab boʻlganidan soʻng keng omma uchun ochiq holda berilmoqda. Chunki bunda ma’lumotlar eskirib, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻladi. Bu borada hozirda keng ravishda qoʻllanilayotgan geoportallarning oʻrni juda muhimdir. Chunki bunday portal internet tarmogʻiga asoslangan boʻlib, foydalanuvchi istalgan yerdan turib internet tarmogʻiga ulangan holda oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishi mumkin boʻlmoqda.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə