Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə6/6
tarix29.09.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#124702
1   2   3   4   5   6
1.docx geo

GNSSda ishlaydigan tizimlar



Tavsifi

GNSS turi

GPS

GLONASS

COMPASS
BEIDOU

Galileo

IRNSS

Davlat

AQSH

Rossiya

Xitoy

Yevropa
Ittifoqi

Hindiston

Ishlash
tizimi

CDMA

FDMA/
CDMA

CDMA

CDMA

CDMA

Orbital
balandligi

20,180 km

19,130 km

21,150 km

23,220 km

36,000 km

Ishlash
muddati

11 soat, 57
minut

11 soat,
16 minut

12 soat, 38
minut

14 soat,
5 minut

Mavjud emas

1 sutkada
oʻzgarishi

2

17/8

17/10

17/10

Ma’lum emas

Sun’iy
yoʻldosh-

24 ta

31 ta,
jumladan

5 ta geostatsi-
onar orbita

4 ta tajribaviy
orbita tipida,

7 ta geostatsionar
orbita tipida

lar soni




24 ta
foydalanishda,

tipida (GEO),
30 ta oʻrtacha

22 ta
budjetdagi

(GEO)







  1. ta tayyor,

  2. ta ishchi

Yer orbitasi
(MEO)

operatsion










holatda,
3 ta zaxirada
















va 1ta sinovda










Chastotasi

1.57542 GHz

Taxminan

1.561098 GHz

1.164-1.215

Mavjud emas




(L1 signal)

1.602 GHz
(SP)

(B1)
1.589742 GHz

GHz
(E5a & E5b)







1.2276 GHz
(L2 signal)

Taxminan
1.246 GHz

(B1-2)
1.20714 GHz

1.260–
1.300 GHz










(SP)

(B2)
1.26852 GHz

(E6)
1.559–













(B3)

1.592 GHz
(E2-L1-E11)




Holati

Ishchi holatda

FDMA ishchi holatda, CDMA
sinovda

15 ta yoʻldosh ishchi holatida, 20 ta rejada

Rejada

1 ta yoʻldosh
uchirilgan va 6
tasi qoʻshimcha rejada




















9.5-rasm. Sun’iy yoʻldoshlarning orbitadagi sxematik joylashuvi
(Manba http://www.grimes-surveying.com)
Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik qurilmalar bilan jihozlangan va ular jumlasiga:

  • toʻrtta atom soatlar;

  • uchta kadmiy nikelli batareyalar;

  • quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita quyosh batareyalari;

  • yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna;

  • foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli antenna.

Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va undan ham kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil telefon bilan barobar va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi balandligi kabi ma’lumotlardan tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar, transport magistrallari va boshqa koʻpgina obyektlar bilan birga kichik ekrandagi kartada ham koʻrsatib bera oladi.
Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik) aniqlashdan tashqari GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi:

    • obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash;

    • aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash;

    • obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash;

    • yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish.

Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga duch kelmoqdamiz va bu tushuncha nafaqat geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda qoʻllanilmoqda. GPS global pozitsion tizim degan ma’noni anglatadi. Bu tizim Yerga doimiy ravishda elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun’iy yoʻldoshlar tizimidan tashkil topgan. Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik (qabul qilgich)lar va qurilmalar boʻladi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, sun’iy yoʻldoshdan yer yuzidagi obyektgacha boʻlgan masofa yuqori aniqlikda (bir necha 10 km dan bir necha millimetrgacha) oʻlchanadi va natijada bunday aniqlikdagi hisob- kitoblardan olingan obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham yuqori aniqlikda oʻlchanadi.
Global pozitsion tizimni yaratish fikri oʻtgan asrimizning 50-yillarida paydo boʻldi va uni amaliyotda qoʻllash fikri Jon Xopkins Universiteti tomonidan ilgari surildi. GPS 1969-yili AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich bosqichda bu tizim dengiz sathidan 22,5 km balandlikda, 55 daraja qiyalikda, orbita boʻylab 6 marta aylanadigan 24 ta sun’iy yoʻldosh va yer yuzasida kuzatish uchun moʻljallangan hamda sun’iy yoʻldoshlarning harakatini doimiy kuzatib turuvchi, lozim boʻlsa orbitadagi yoʻnalish xatoliklarini yetkazib turuvchi maxsus yer stansiyalar tizimidan iborat boʻlgan (7.6-rasm). Sun’iy yoʻldoshlar Yerga kuchsiz signallar joʻnatadi, lekin bu obyektning joylashgan koordinatasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu antiqa tizim AQSH hukumati uchun 12 milliard dollarga tushgan.
7.6-rasmda GPS qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va koordinata aniqlash tamoyili koʻrsatilgan.
Ayni paytda Yerda GPS qabul qilgichlar bilan doimiy aloqani ushlab turuvchi va monitoringini amalga oshiruvchi beshta katta nazorat stansiyalari ishlab turibdi. Boshqaruv punkti AQSHning Kolorado shtatida joylashgan boʻlib, qolgan punktlari dunyo boʻylab: Gavayi (Tinch okeani), Vozneseniya oroli (Atlantika okeani), Diego Garsiya oroli (Hind okeani) hamda Kvajalen oroli (Tinch okeani) da joylashgan.

9.6-rasm. Sun’iy yoʻldosh tizimi va GPS qabul qilgichning aloqasi
(Manba: Internet)
GPS boshidan harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning yordamida joylarga otryadlarni bexato joylashtirish, obyektgacha boʻlgan eng qisqa masofani topish va shu kabi maqsadlar koʻzlangan edi. Oʻtgan asrning 80- yillariga kelib GPS fuqarolik maqsadlari uchun ham qoʻllanila boshlandi. Endi har bir fuqaro GPS ning funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyatiga ega.
GPS nafaqat yerda, balki dengiz va havo navigatsiyasida ham qoʻllaniladi. GPS barcha joylarda qoʻllanilishi mumkin, lekin GPS signallar olmaydigan joylar (yertoʻla, shaxta, gʻorlar)da qoʻllab boʻlmaydi. GPSning qoʻllanilish sohalari kengdir. Bunday sohalar jumlasiga harakatlanuvchi transport boʻlmish xususiy avtomobil, harbiy va ichki ishlar mashinalari, kema va samolyotlar navigatsiyasi kiradi. Yer tuzish va kartografiya sohalarida qoʻllaniladigan GPSlar yer yuzasining koordinatalarini aniqlash uchun nafaqat qabul qilgichlardan, balki qoʻshimcha kompyuter qurilmalari va dasturlaridan ham tashkil topgan boʻladi, chunki bu sohaga yanada aniq ma’lumotlar va kartalar zarur.
GPSning qoʻllanilish sohalari kengayib borishi bilan bu tizimdan kelib tushadigan pul aylanmasi ham yildan yilga ortib bormoqda. Birgina 2003-yilda bu aylanma 16 milliard dollarga yetdi.
Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va muhim qism hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar ham oʻz navbatida, rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari toʻrtta tizimga boʻlinadi. Ular jumlasiga ishchi stoli kompyuterlariga, server kompyuterlariga va rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib yuriladigan qurilmalarga oʻrnatiladigan dasturlar kiradi.
Ishchi stoli kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc Reader, Intergraph Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, ESRI Arc View-ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia Professional va boshqa dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning vazifalari oddiy kartalarni koʻrish, shuningdek, professional ishlar boʻlmish ma’lumot toʻplash va tahlil qilish, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish kabilarni bajarishdir.
Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham zarur darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH dollaridan 20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan birga undan foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, foydalanuvchilar uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni bildiradi. Shu jumladan GAT dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab chiqishni koʻp emas, balki bir yilga qoʻymoqda.
Taxminlarga koʻra, server turkumidagi dasturlar ishchi stolida ishlashga moʻljallangan dasturlarga qaraganda ancha ilgarilab ketgan va bunday dasturlardan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Bu dasturlar qatoriga Autodesk MapGuide, ESRI ArcGIS Server, ESRI GE Spatial Application Server, Intergraph Geomedia WebMap, Mapinfo MapXtreme kabi dasturlarni kiritishimiz mumkin. Ushbu dasturlarning narxi hozirgi kunda 5000 AQSH dollaridan 25000 AQSH dollarigacha boradi. Mazkur dasturlarning birinchi avlodi faqat internet orqali koʻrish uchun moʻljallangan boʻlsa, ikkinchi avlodi veb-sahifadan turib ba’zi amallarni bajarish imkoniyatini beradi. Bunday veb-sahifalarga www.expediamaps.com, www.mapquest.com, www.census.gov va boshqa sahifalarni kiritishimiz mumkin.
Rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan GAT dasturlari bu ba’zi dastur ishlab chiqaruvchilarning zaruriy qismlaridan yigʻib, bir dastur shaklida ishlab chiqilgan dasturidir. Bu dasturlarning qulayligi shundan iboratki, bunda “dastur rivojlantiruvchi” kerakli buyruqlarni olib tashlashi va qoʻshib qoʻyishi hamda oʻzi xohlagan tarzda toʻgʻrilashi mumkin. Bunday dasturlar qatoriga ESRI ArcGIS Engine, ObjectFX, SpatialFX, Engenuity JLOOX kabilarni kiritishimiz mumkin. Bunday dasturlar narxi 1000 AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha boʻladi va har bir qoʻshimcha operatsiya qurilmasi uchun 100 AQSH dollaridan 500 AQSH dollarigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Oxirgi yillarda kompyuter va boshqa elektron qurilmalarning dizayni va soddalashtirilishi boʻyicha koʻpgina ishlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda GATni ham mobil va choʻntak qurilmalariga oʻrnatish imkoniyati vujudga kela boshladi. Global pozitsion tizim va simsiz aloqaning vujudga kelishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Bunday qurilmalarga dasturning barcha imkoniyatlari kiritilmaydi, xotira miqdori kichik boʻlganligi uchun kichikroq dasturlar oʻrnatiladi. Lekin oxirgi yillarda smartfon (smartphone) deb nomlanuvchi kommunikator yoki aqlli telefonlar ishlab chiqilmoqda va ularning xotirasi 64 Gbt gacha bormoqda. Bu esa koʻpgina ma’lumotlarni va mukammalroq dasturlarni kiritish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bunday dasturlar qatoriga Autodesk OnSite, ESRI ArcPAD va Intergraph Intelliwhere kabilar kiradi. Bu dasturlarning narxi 400 AQSH dollaridan 600 AQSH dollarigacha oʻzgaradi.
Geoaxborot tizimining istiqbollari mutaxassislar orasida keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda undagi texnika, texnologiyada internet tarmogʻi bilan quyidagi muhim rivojlanishlar yuz beradi:

  • Geofazoviy ma’lumotlarni yigʻishga moʻljallangan sensorlarning kundalik turmushimizdagi qurilmalarda koʻplab oʻrnatilishi sababli ma’lumotni

toʻplash dinamikasi ham oʻsib boradi va oʻzgaradi. Bunda geofazoviy ma’lumotlarning oddiy foydalanuvchilar yoki fuqarolar tomonidan toʻplanishi va yaratilishi ham oshadi.

  • Yaratilayotgan ma’lumotlar texnika rivojlanishi bilan ularning sifati va aniqligi boʻyicha ham oshib boradi va bunda ijtimoiy media va veb xizmatlarning roli muhim boʻladi.

  • Yuqori tiniqlikdagi kosmik tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan dasturlarga boʻlgan ehtiyoj yanada oshadi.

  • Tezlikda geofazoviy ma’lumot olishga moʻljallangan Odamsiz boshqariladigan aeroqurilmalar (Unmanned Aerial Vehicle – UAV)ga boʻlgan ehtiyoj ortadi.

  • Uch oʻlchamli (3D) va toʻrt oʻlchamli (4D), ya’ni vaqtni toʻrtinchi oʻlcham deb qabul qilingan geofazoviy ma’lumotlarga boʻlgan talab ortadi.

  • Ma’lumot toʻplash va uni boshqarish borasidagi oʻzaro hamkorlik rivojlanadi.

  • GNSSning paydo boʻlishi unga mos yagona tizimning yaratilishini talab etadi.

  • Geofazoviy ma’lumotlarga boʻlgan talab asosan rivojlanayotgan davlatlarda yuqori boʻladi, bunga sabab ularning turli sohalarni rivojlantirishga boʻlgan harakatidir.

  • Ta’lim va kadrlar malakasini oshirish juda muhim rol oʻynay boshlaydi va bunga sabab yuqori tashkilotlarning sifatli geofazoviy ma’lumotlar olishga boʻlgan talabi boʻladi.

  • Oddiy fuqarolar ham geofazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida axborotga ega boʻlishadi va bunda joyga moʻljallangan xizmat turlari, masalan, GNSS va GPS yordam beradi.

  • Kosmik tasvirdan tortib foydalanuvchiga tayyor holda yetkazib berish xizmatlari yanada ortadi.

  • Klaud (Cloud) xizmati geofazoviy ma’lumotni tezda yetkazib beruvchi asosiy vositaga aylanadi.

  • Texnologiya huquqiy va davlat tizimlaridan koʻra tezroq rivojlanadi.

  • Arzon va ixcham sensorlar yanada koʻproq tarqaladi.

  • Turli falokatlarning oldini olishda haqiqiy vaqt axborotlari koʻlami yanada oshadi.

  • Metama’lumot va boshqa turdagi ma’lumot olish yoʻllari yanada rivojlanadi.

  • Ochiq kodli va bepul geoaxborot dasturlari tahliliy va qayta ishlash uchun yanada rivojlanishda davom etadi.

  • Yerni oʻrganish tizimlari yanada koʻpayib, sun’iy yoʻldoshlar tasvirlari barcha joy va vaqt uchun koʻproq mavjud boʻladi.

  • Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi yanada rivojlanadi va keng omma uchun soddalashgan holda yetkaziladi.

  • GNSS ma’lumotlari aniqligi hatto qoʻl telefonlari va planshetlarda ham ortib boradi va kishilar onlayn ma’lumotlarga yanada koʻproq ega boʻlishadi.

  • Yaqin 10 yil ichida barcha telefonlar 360 gradus aylanish ostida uch oʻlchamli filmlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi va tiniqligi ortadi. Bunda foydalanuvchilar uni turli sohalarda qoʻllashlari mumkin boʻladi.

  • Bepul va ochiq ma’lumotlar barcha uchun beriladi va rivojlanishda davom etadi.

  • Ma’lumotlarni himoyalash va sir saqlash juda muhim boʻladi.

  • Ma’lumotlarning birdan koʻpayishi uning egasi kimligi, huquqi va boshqa huquqlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.

  • Qonunlar raqamli imzolarni qonuniylashtiradi.

  • Davlat geofazoviy ma’lumotlarni himoya qilish, monitoring qilish boʻyicha tashabbusni qoʻlga oladi.

  • Milliy geofazoviy ma’lumotlar markazlarini tashkil etish zaruriyati paydo boʻladi.

  • Geoaxborot boʻyicha ta’lim va oʻqitish davlatlarning ehtiyoji va sharoitiga qarab ishlab chiqiladi.

  • Milliy kartografiya tashkilotlari oʻz xodimlarini turli sohalarga moslashtirib, malakasini oshira boshlaydi.

  • Milliy kartografiya markazlarining eng aniq va ishonarli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tashkilot sifatidagi oʻrni yanada oshib boradi.

  • Milliy kartografiya markazlarining ishlari boshqa xususiy tashkilotlarga boʻlib beriladi va bunda ular faqatgina ishonchliligi va toʻgʻriligini tekshirib turuvchi tashkilot sifatida qoladi.

  • Davlat tashkilotlari geoaxborot boʻyicha oʻz talablaridan kelib chiqib, qonunlar va me’yorlar ishlab chiqadi va tartibga solib turadi.

  • Global geofazoviy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi yirik kompaniyalar soni 10 tadan oshmaydi.

  • Ixtiyoriy kiritiladigan geoma’lumotlar soni koʻpayib boradi va bunda geoportalning ahamiyati katta boʻladi.

  • Barcha uchun ochiq boʻlgan shaharlar kartalari yanada rivojlanadi va tekinligicha qoladi.

Xulosa.
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi tizim xarajatlarini qisqartirishga ham sabab bo’lishi kutilmoqda. Ahamiyatlisi, GAT endi faqat sun’iy yo’ldosh tizimiga bog’liq bo’lmagan holda ham faoliyati yo’lga qo’yildi. Geoaxborot tizimi aniq, xatosiz tarzda ma’lumot olishga va qisqa vaqt sarflanishi insoniyat uchun muhim ko’rsatkich ekanligi ayni haqiqat.
Foydalangan adabiyotlar:

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə