Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Geoportal bu internet tarmogʻi orqali geografik ma’lumotlarni olish yoki geografik xizmatlardan foydalanishga imkon beruvchi veb -portal turidir



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə2/6
tarix29.09.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#124702
1   2   3   4   5   6
1.docx geo

Geoportal bu internet tarmogʻi orqali geografik ma’lumotlarni olish yoki geografik xizmatlardan foydalanishga imkon beruvchi veb -portal turidir.












Bunda geografik xizmatlar turi deganda geoma’lumotni tasvirlash, tahrirlash va tahlil etish kabi xizmatlar nazarda tutiladi. Geoportalga ma’lumotlarni asosan geoma’lumotlar ishlab chiquvchi kompaniyalar, tashkilotlar yoki oddiy mutaxassislar joylashtirishi va aksincha, geoportal foydalanuvchilari ham aynan shular jumlasidan boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham geoportallar ma’lum bir masala yoki muammoga yoʻnaltirilishiga qarab turlicha boʻlishi mumkin.
9.1- rasm. Geoportalning umumiy arxitekturasi (Manba: Internet)
Yuqoridagi rasmdan shu narsa koʻrinib turibdiki, geoportal qanday turda boʻlishidan qat‘i nazar, 4 ta asosiy xizmat turini koʻrsatishi zarur:

  1. Portal xizmati.

  2. Tasvirli xizmat.

  3. Ma’lumot xizmati.

  4. Katalog xizmati.

Atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, tabiiy resurslarni boshqarish, demografiya va boshqa koʻpgina fazoviy ma’lumotlar bilan ishlaydigan sohalarda geoportal turlicha boʻlishi mumkin, ammo ularning eng asosiy maqsadi bu ma’lumotlar bazasi tartibga keltirilgan va mukammal boʻlgan fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini (ingl. Spatial Data Infrastructure) tuzishdan iborat. Geofazoviy ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar saqlansa, bu infratuzilmadan ma’lumotlar omma uchun tartiblashtirilgan va bir necha koʻrinishda hamda shu bilan birga ma’lumot toʻgʻrisidagi ma’lumot, ya’ni metama’lumot olish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.


    1. - rasm. Geoportalning bir necha sohada xizmat koʻrsatishi

(Manba: Internet)
Dunyoda geoinformatika sohasidagi yetakchi kompaniya hisoblangan ESRI (Environmental Systems and Research Institute)ga koʻra, geoportal bu ma’lumot manbayining qayerdan olinganligi, formati, tuzilishidan qat’i nazar, umumiy kirish nuqtasi boʻlgan fazoviy axborotdir. Hozirgi kunda ushbu kompaniya geoportal orqali barcha uchun turli ma’lumotlarni tez, oson va turli (tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa) sohalarga oid yaratmoqda hamda tarqatmoqda. ESRI kompaniyasi xizmat koʻrsatayotgan geoportal quyidagi arxitektura yoki tuzilmalar orqali ishlaydi:
ArcIMS. Geoaxborot tizimiga moslashgan portalni amalga oshirish uchun ArcIMS metama’lumot xizmati zarur boʻladi. Bu xizmat orqali ma’lumot ta’minlovchilar va foydalanuvchilar internet orqali osonlikcha metama’lumot chop etish va izlashi uchun maxsus markaziy onlayn makon yaratiladi.
ArcSDE. Bunda yaratilgan metama’lumotlar izlash va tahlil etish uchun maxsus dasturlar (Oracle, Microsoft SQL va SQL Server) orqali hosil qilingan bazada saqlaydi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə