Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə5/6
tarix29.09.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#124702
1   2   3   4   5   6
1.docx geo

AUTOMAP – joy nomlarini kiritish uchun qoʻllaniladigan avtomatik tizim dasturi. Bunda ma’lum jarayon va shartli belgilar asosida mantiqiy usullar yigʻindisining bilimlari qoʻllaniladi. Dasturga 30 ga yaqin aniq bilimlarning yigʻindisi kiritiladi va ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Birinchi navbatda joyning elementlari aniqlanadi, keyingi bosqichda nuqta va chiziqlarning xususiyati belgilanadi.
GATdagi foydalanuvchilar sonini kengaytirish maqsadida maxsus ET yaratilmoqda va ular:

  • LOBSTER – fazoviy ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga moʻljallangan foydalanuvchining intellektual interfeysi;

  • KBGIS – ulkan miqyosdagi geografik ma’lumotlar bazasida zarur boʻlgan ma’lumotlarni tezlikda izlash va topishni avtomatlashtirish dasturi;

  • SRAC ‒ fazoviy ma’lumotlarni toʻplash uchun ishchi stoli. Geografik ma’lumotlar bazasiga soʻrov aniq tilda amalga oshiriladi.

Geografik masalalarni hal qilish uchun bir qator ET lar ishlab chiqilgan:

    • ASPENEX – GAT yordamida oʻrmonchilik sohasida oʻrmon turlarini nazorat qilish uchun;

    • EXSYS – foydalanuvchi uchun interfeys, baza qonun-qoidalari va dasturlar orasidagi bogʻliqlikni ta’minlash uchun;

    • URBYS – shaharsozlikni hududiy rejalashtirish va tahlil qilish uchun;

    • AVL 2000 – avtotransportning joylashgan joyini avtomatik ravishda aniqlash va uning navigatsiyasi uchun real vaqt davomida global navigatsiya tizimi ma’lumotlari asosida ishlaydi;

    • GEODEX – yerdan foydalanishni baholash uchun ishlatiladi. Bu dastur geografik ma’lumotlar asosida yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning uchastka chegaralari joylashuvini mantiqiy buyruqlar asosida tahlil qilib, toʻgʻri yoki notoʻgʻri joylashganligini koʻrsatib beradi;

    • EIA Ekspert –atrof-muhit ta’sirini baholash amallari bajariladi.

Ekspert tizimlari mantiqiy algoritmlar asosida ishlaydi va ularga “AGAR”
….. boʻlsa, “KEYIN” … boʻlishi kerak mazmunidagi mantiqiy buyruqlar toʻplami kiritiladi. Masalan, Mekong tizimining qonun-qoidalari yoki mantiqiy amallari toʻplami 1000 guruhlangan qoidalardan iborat.
Yuqoridagi ET lardan tashqari, konsultativ ET lar sinfi ham mavjud. Bu tizimlar qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash, geoinformatsion bilimlarni qonun-qoidalar asosida shakllantirish va ma’lumotlardagi mavhumliklarni bartaraf qilish boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
Ekspert tizimdan samarali foydalanish uchun bu tizimni barcha holat va jarayonlar uchun ishlatib boʻlmaydi. Buning sabablariga toʻxtaladigan boʻlsak, ular uch turga boʻlinadi, ya’ni ET ni yaratayotgan paytda quyidagi uch muammoga duch kelish mumkin:

    • dastur xotirasiga toʻliq axborot kiritishni ta’minlash;

    • tizimning toʻla va sifatli ishlashi uchun yetarli boʻlgan baholash ishlarining kamligi;

    • hal qilinayotgan va tahlil qilinayotgan natijalarning ehtimollik xarakteridan kelib chiqib notoʻgʻri boʻlib qolishi.

Bizning hayotimiz uch oʻlchamli koʻrinishda kechsa-da, ba’zi GAT dastur ishlab chiqaruvchilari mahsuloti ikki oʻlchamli karta yaratish bilan cheklanmoqda, biroq uch oʻlchamli modellar dasturlari ham yaratilmoqda. Dastur yaratuvchilar hozirda uch oʻlchamli GAT turkumida uch oʻlchamli model yaratuvchi maxsus dasturni taklif qilishmoqda, lekin ular yaratayotgan modellar asosan geometrik tasvirlashga qaratilgan. Topologiya va mavzuning atribut ma’lumotlarda aks ettirilishi geoma’lumot modellashtirishda muhim sanaladi, ammo bu juda koʻp mehnat talab qiladi. Bundan tashqari, uch oʻlchamli GAT toʻliq ishlatilishi uchun taxminiy operatsiyalar ham kiritilishi lozim.
Ikki oʻlchamli GATda joyning muhim xususiyatlari grid kataloglar yoki chegaralari ichiga tasvirlansa, uch oʻlchamli GATda hajmiy birliklar bilan ishlaydi. Masalan, agar bizga berilgan kubni ikki oʻlchamli koʻrinishda koʻrmoqchi boʻlsak, unda uning faqatgina bir tarafini koʻrish yetarli boʻladi, agar uch oʻlchamli GAT orqali koʻrmoqchi boʻlsak, unda kubning barcha ma’lumotlari uni toʻliq tasvirlash uchun zarur boʻladi. Ikki oʻlchamni tasvirlashdan hozirda amaliyot va nazariy usullarni qoʻllashda keng foydalaniladi. Uch oʻlchamli GAT ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida GAT orqali hosil qilingan ba’zi uch oʻlchamli tasvirlar koʻrsatilgan (7.4 - va 7.5 - rasmlar).

9.4-rasm. GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar (Manba: Internet)














9.5-rasm. GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar
(Manba: ESRI Inc.)
Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo boʻldi. GNSS (inglizcha Global Navigation Sattelite System) global navigatsiya sun’iy yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS (Beidou) yoʻldoshlariga va keyinchalik Galileo tizimi yoʻldoshlariga ulanib, joyning yanada aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin.
9.1- jadval

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə