Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 4,31 Mb.
səhifə4/6
tarix29.09.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#124702
1   2   3   4   5   6
1.docx geo

- rasm. Mobil qurilma (Manba: Longley, 2005)

Bunda dala ma’lumotlari simsiz (wireless) internet orqali bir zumda yetkaziladi. Bu tizim Wireless LAN yoki qisqacha WLAN deb ataladi. Bundan tashqari, infraqizil port va blutuz (Bluetooth) orqali ham ma’lumotlar uzatilishi mumkin.
Mobil GAT oʻzining afzalliklaridan tashqari noqulayliklarga ham ega va bular jumlasiga, avvalambor, foydalanuvchi doimiy harakatda boʻlib, buning natijasida axborotni olish qiyinlashishi mumkinligini kiritish mumkin. Bu noqulaylik mobil qurilmaning siljishidagi har xil qoʻpol xatoliklar natijasida kelib chiqadi. Vaqt ham, agar foydalanuvchi shoshilsa va tezda qaror chiqarsa, xatolikka olib kelishi mumkin. Yuqoridagi noqulayliklarni hisobga olib, bu muammolarni mobil qurilmani ishlatishning markaziy muammosi deyishimiz mumkin. Yana bir noqulayligi quvvat manbayidir. Dala sharoitida ofis sharoitiga qaraganda quvvat manbayining doimiyligini ta’minlab boʻlmaydi. Masalan, akkumulatorlar quvvati tugab qolishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, ishning birmuncha choʻzilishiga olib keladi.
Mobil GATning eng muhim yutugʻi, bu shubhasiz, oradagi qogʻoz ishlarining olib tashlanganligidir. Internet va simsiz aloqaning rivojlanishi mobil GAT orqali eng yangi va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bunday oʻtkazish simlari albatta tekshiriladi, lekin hozirda uzatishlar avtomatik ravishda amalga oshirilganligi uchun xatoligi boʻlmaydi. Mobil GATning yana bir qulayligi dala ma’lumotlari raqamli koʻrinishda saqlanganligi uchun uni bemalol boshqa tizim yoki qurilmalarga oʻtkazish imkoniyatining mavjudligidir.
Onlayn geoaxborot tizimi yoki boshqacha nomi veb geoaxborot tizimi bu tashkilotingizdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun sizning ma’lumotlaringizni yetkazib beruvchi xizmat turidir. Milliy geodeziya va kartografiya tashkilotlari, geoinformatika markazlari, yer resurslari qoʻmitasi yoki fazoviy ma’lumotlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun ushbu xizmat turini joriy etish juda ham muhimdir. Bunda siz ishlayotgan biror-bir geoaxborot dasturi internet orqali (onlayn) mavjud boʻladi. Eng asosiysi, onlayn xizmatlar oddiy foydalanuvchi uchun ishlatilishi oson, ma’lumotni izlash va soʻrovlar oʻtkazish soddalashtirilgan boʻlishi lozim. Ammo ba’zi geoaxborot mutaxassislari uni birmuncha qiyinroq koʻrinishda ham yaratishlari mumkin. Onlayn xizmatlar bu usullar orqali pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirib, barqarorlikka erishishi mumkin. Yana bir muhim jihati shundaki, hozirgi kunda internet tarmogʻiga nafaqat shaxsiy kompyuterlardan, balki uyali telefon, planshetlar orqali ham kirishmoqda. Bu esa oʻsha qurilmalarga mos maxsus dasturlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Hozirgi kunda internet tarmogʻiga ulanish narxi arzonlashmoqda, tezligi esa ortmoqda. Bunday rivoshlanish geoaxborot tizimi dasturlarida onlayn ishlash imkoniyatini bermoqda. Shuning uchun onlayn geoaxborot xizmatlari kelajakda katta muvaffaqiyatga erishadi, deb ayta olamiz. Veb-GAT ham, oʻz navbatida, takomillashib bormoqda. Soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, veb-GAT bu GAT ma’lumotlarini onlayn tarzda veb- sahifalardan olish va ba’zi veb-sahifalarning GAT maxsus dasturlari kabi turli operatsiyalarni bajarish imkoniyatidir. Bunday internet orqali GATni aks ettirishning bir necha afzalliklari mavjud. Jumladan:

  • Butun dunyo boʻylab axborot olish imkoniyatlari, ya’ni internet dunyoning istalgan burchagida foydalanish uchun tayyor.

  • Standart interfeys: har bir veb-sahifa barcha uchun qulay boʻlgan izlash (browse) xususiyatiga ega va hech qanday qoʻshimcha dastur yoki tizim oʻrnatilishi zarur emas (odatda maxsus GAT dasturiga ishlash uchun mos dasturni oʻrnatish zarur boʻladi). Bu ortiqcha ishlardan xalos etadi.

  • Tezligi va ishlatish xarajati oʻrinli: barcha axborotlarni haqiqiy manbadan toʻgʻridan toʻgʻri olish mumkin.

Hozirgi kunga kelib yuqoridagi afzalliklarni hisobga olgan holda veb- sahifa orqali GAT amallarini bajarish GATning standart platformasiga aylanib bormoqda. Hozirda internet tarmogʻida ulkan koʻlamdagi axborot xizmatlari mavjud. GATni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yaratgan dasturlarning veb dasturlari jumlasiga ArcIMS, GeoMedia va boshqa dasturlarni kiritish joiz. Bunday rivojlanish davom etsa, kelajakda deyarli barcha foydalanuvchilar veb- GAT tizimiga oʻtib ishlaydilar. Bunday foydalanuvchilar uncha murakkab boʻlmagan GAT amallarini yoki GAT mahsulotlari (karta, grafik, jadval)ni koʻra olishi mumkin, lekin murakkab operatsiyalarda keng koʻlamli GAT ishlarini olib boruvchi mutaxassislar uchun bunday veb-GAT tizimi yetarlicha ma’lumot va imkoniyatlar bermaydi.
Ekspert tizimlar (ET) tushunchasi GATdagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida usullarni takomillashtirishidan keyin paydo boʻla boshladi. Bu tizimlar ma’lumot inson tarafidan bajariladigan qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish natijasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda GAT texnologiyalariga keng masshtabda ekspert tizimi jalb qilinmoqda. Ekspert tizimni soddaroq tarzda “qoʻllanilish sohasi qisqa boʻlgan aniq masalani hal qiluvchi sun’iy intellekt” deb tushunishimiz mumkin. Ya’ni ekspert mutaxassis oʻrniga dastur tizimda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni dasturlangan bilimlar asosida hal qiladi. Faqatgina ekspert tizimga qisqa ma’lumotlar va buyruqlarni kiritib qoʻyish va algoritmlar ham mos holda qisqa boʻlishi zarur. Bu yerda bilim deganda inson faoliyati yoki fanda ishlatiladigan faktlarning umumiy yigʻindisi tushuniladi. Ma’lumot aniq roʻyxatga olingan faktlar asosida boʻlib, bu ma’lumotlar asosida biz bilim olamiz. Ekspert tizimlarning ishlab chiqilishidan koʻzlangan maqsad, avvalambor, hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish zamonida paydo boʻlayotgan ulkan miqdordagi va turli xil axborotlardir. Bu, oʻz navbatida, axborotlar qayta ishlanishi va tahlilini avtomatlashgan tizimga oʻtkazish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, ekspert tizim boshqa avtomatlashgan tizimlardan oʻzining yuksak intellektga ega ekanligi va belgilangan boʻlim muammolarini hal qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi.
GATni samarali ishlatish va rivojlantirish yuqori darajali avtomatlashtirish va ekspert tizimlarni qoʻllash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ekspert tizimga ta’rif beradigan boʻlsak, u axborot tizimining bir sinfi boʻlib, foydalanuvchi yoki mutaxassisning buyrugʻisiz yoki amallarisiz oʻzida mavjud boʻlgan bilim, ma’lumot va algoritmlar asosida geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qiish va tasniflash ishlarini amalga oshiruvchi avtomatlashgan tizimdir. ET kirayotgan axborotni sinflarga ajratib, ularni kerakli formatlarga oʻtkazishi va mos oʻrinlarga tayinlashi ham zarur.
Ekspert tizimning ishlashi uchun uning bazasiga ma’lumotlar ikki tamoyil boʻyicha kiritilishi mumkin: yuzaki va chuqurlashtirilgan. Birinchi tamoyil boʻyicha ma’lumotlar ma’lum qonun-qoidalar asosida kiritilsa, ikkinchisida ramkalar yordamida kiritiladi.
GATdagi quyidagi masalalar ekspert tizim yordamida hal qilinadi:

  • videotasvirlarni qayta ishlash;

  • rastr formatdagi tasvirlarni vektor grafik modelga oʻzgartirish;

  • kartografik axborotlarni qayta ishlash;

  • turli turdagi axborotlarni qayta ishlash;

  • obyekt yoki ma’lum joyning modelini qurish;

  • GAT modellarini tahlil qilish;

  • geoinformatika asosida qaror qabul qilish.

GAT turli xil qiyin ma’lumotlar bilan ishlaganligi uchun sun’iy intellekt va ekspert tizimlarni jalb qilishda juda qulay muhit hisoblanadi, shu bilan birga ekspert tizimlarga boʻlgan ehtiyoj ham ulkandir. Ekspert tizimlar nafaqat GAT tizimida, balki boshqa tizimlarda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilishi mumkin. GATda ekspert tizim kartalarni tasvirlashda, kartadagi kerakli belgilarni ajratib olishda, mavzuli kartalar hosil qilishda, qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashda qatlamli strukturalarni yaratish kabi vazifalarni bajaradi.
GAT uchun moʻljallangan ekspert tizimni uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Axborot toʻplashda – skanerlangan kartografik tasvirlarni qayta ishlash jarayonida belgilarni aniqlashning avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.

  2. Modellashtirishda – aniqlangan ma’lumotlarni qayta tekshirishni avtomat- lashtirish tizimida qaror qabul qilish jarayonida foydalanuvchilar soʻrovini tahlil qilish avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.

  3. Ma’lumotlarni tasvirlashda – kartalarni generalizatsiyalash, joy nomlarini kiritish va boshqa bosma ishlarning avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.

Quyida GATda qoʻllaniladigan ekspert tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz:
MAREX – raqamli chiziqli ma’lumotlarni avtomatik ravishda generalizatsiya qilish uchun moʻljallangan dastur. Ma’lumotlar 1:24000 masshtabda generalizatsiya qilinadi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə