Student: Urinboyeva Mubina Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#154425
  1   2   3   4   5
Urinboyeva

Student: Urinboyeva Mubina Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: Tarix

Mavzu: O'zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o'rni va nufuzini ortib borishi

Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.

2.O‘zbekiston Respublikasida suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirilishi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo‘layotgan omillar. Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi. Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investisiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investision muhit, turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investisiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik) halqaro reyting va indekslarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash uchun mas’ul etib belgilangan. Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə