Student: Urinboyeva Mubina Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tarix



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#154425
1   2   3   4   5
Urinboyeva

2020 yilgi reyting natijalariga ko‘ra Biznes yuritish va Iqtisodiy erkinlik indeksida Yangi Zelandiya, Gong Kong hamda Singapurni yuqori 3 talik davlatlar qatorida ko‘rish mumkin. Indikatorlar bo‘yicha reytingi yuqori davlatlar tahlil qilinganda, Yangi Zelandiya Biznes yuritish indeksining korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (100.0) va kredit olish indikatorida (100.0), Singapur kontraktlar ijrosini ta’minlashda (84.5) hamda Gong Kong qurilish uchun ruxsatnoma olishda (93.5) dunyoda etakchilik qiladi. Umr ko‘rish davomiyligi 85.3 yil, kutilayotgan ta’lim yillari 18.1 yil, o‘rtacha ta’lim yillari 12.6 yil hamda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad 68 059.0 AQSh dollari bo‘lgan Inson kamoloti indeksida Norvegiya davlati 2001 yildan byeri (2007, 2008 yillar bundan mustasno) ushbu reytingni boshqarib kelmoqda. So‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytinglar tasnifiga ko‘ra, Biznes yuritish indeksida top 20-talik islohotchimamlakatlar, Iqtisodiy erkinlik indeksida davlatda iqtisodiyot asosan erkin bo‘lmagan davlatlar, Inson kamoloti indeksi bo‘yicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda o‘rnini quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha izohlash mumkin: - indikatorlar ko‘rsatkichining o‘zgarishi: Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 10 ta yo‘nalishning 9 tasida (to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishdan tashqari), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi (sud faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichidan tashqari) barcha indikatorlarda hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha umr ko‘rish davomiyligi indikatorida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan o‘sishga erishgan; - indikatorlar o‘rnining pastligi: turlari bo‘yicha eng so‘nggi reyting natijalariga ko‘ra, Biznes yuritish indeksi tarkibidagi 3 yo‘nalish (qurilish uchun ruxsatnomalar olishda 132-o‘rin, xalqaro savdoda 152-o‘rin va to‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilishda 100-o‘rin), Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi 6 yo‘nalish (sud faoliyati samaradorligida 123-o‘rin, davlat yaxlitligida 142-o‘rin, monetar erkinlikda 175-o‘rin, savdo erkinligida 129-o‘rin, investisiyalar erkinligida 169-o‘rin va moliyaviy erkinlikda 162-o‘rin) hamda Inson kamoloti indeksi bo‘yicha 3 yo‘nalish (umr ko‘rish davomiyligida 117-o‘rin, kutilayotgan ta’lim yillarida 128-o‘rin va aholi jon boshiga YaMDda 126-o‘rin) indikatori juda past ko‘rsatkich sifatida baholangan. Oxirgi to‘rt yil davomida barcha sohalarda bo‘lgani kabi mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash borasida ko‘plab shu jumladan, xalqaro reyting va indekslarda ham salmoqli yutuqlarga erishildi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə